NAJOT ILMDA

Ўтган йили ҳужжат топшириш онлайн бўлганидан кейин ҳамма ёққа топшириб кўргандим: бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам, иккинчи мутахассисликка ҳам.

Мақсад: тизим қандай ишлаётганини текшириш ва шундан келиб чиқиб абитуриентларга маслаҳатлар бериб бориш.

Фақат ўтган йили карантин сабабли тестларга бормадим. Бу йил эса тестга ҳам бордим.

Мақсад: тизимни қандай ишлаётганини текшириш, жараёнларни ўз кўзим билан кўриш.

Аммо ўқишга кириш ниятим йўқ эди.

Шу сабабли тестда шунчаки ўзимни текшириш учун фақат мажбурий блокларни ишладим, асосий бални берадиган мутахассислик фанларини белгиламадим. Аниқроғи NAJOT ILMDA деб ёзиб чиқа қолдим.

Чунки ўқиш истагида бўлган қайсидир абитуриентнинг ўрнини эгаллаб, унга жабр қилгим келмади.

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан натижам:

Она тили: 10
Тарих: 9
Математика: 7

2003 йили мактабни битиргандим, менимча, натижа ёмон эмас :)

❗️Унутманг, НАЖОТ фақат ва фақат ИЛМДА! Илм олинг, илм олишга интилинг! Шунда кам бўлмайсиз, менга ишонинг.


👉 @xushnudbek 👈

754 comments

Show 100 more comments
Жамила Хайтбоева
5 та математик олтин медал оган экан нега улани хечкаерда курсатишмайди улагаям мошина пул ховли жой беришмидими ахир илм олиш спортданам кийинку
Xuushnudbek aka bu harakatingiz, hujjat topshirib,imtihonga borib,uning tafsilotlarini abiturientlarga ma‘lum qilib...qoyil...g‘ayratingizga, himmatingizga😊
Umuman olganda buni bilgan edik(atayin qilinganini)
Assalomu aleykum,ikkinchi mutaxasislikka hujjat topwiriw,kvotalari haqida malumot beraolasizmi.oldindan rahmat
Nigina🖤
Men shuni kutgan edim. Sizni shunchaki testni ishlab chiqqaningiz ham ancha baland bal bo'lardi. Rahmat sizga. Haqiqatni himoya qilganiz uchun ham
Zarina Norova
Malades, rahmat sizga
Жавохир Хужамбердиев
Хушнуд ака чарчаман, сиздек пок калбли инсонлар борлиги учун дунё юксалмокда
Mashallah, etim jimirlab ketti. Qani endi hamma sizday fikrlasa...
Nega deputatlikka nomzodizni qo’ymaysiz? Men sizday keng felli va fikrli yoshlarni prezidentlikka nomzodlar qatorida ko’rishni istar edim.
Feruzbek Usmonov
Aka ikkinchi mutaxasislikka qabul boshlandimi
Raxmat sizday insonni tarbiyalab o'stirgan ota onanangizga katta raxmat
Assalomu alaykum albatta gaplaringiz rost lekin uni ortidagi mehnat oson emas.
Assalomu alaykum!
Najot ilmda deymizu lekin biz sportni ragʻbatlantiramiz jin ursin undan hozir pul kelyaptida (faqat hozirni oʻylayapmiz).
Mana yaqinda Kuchli oʻquvchilar jahonda oltin kumush medal olib keldi ularga faxriy yorligʻ lekin sport sohasidagilarga uy 200 000$
Bu bilan men ularni ishi yomon demoqchi emasman lekin,kelajakni ham oʻylash kerak !
Hozir faqat shoior bosib ketdi hamma joyni Yoshlar kelajagimiz degan ,xop lekin ular kelajak boʻlishi uchun hozir ularni toʻgʻri yoʻnaltirish kerakmi ?
Mana zoʻr natija olib keldi ularga faxriy yorligʻ berildi ,qani endi shular bir mativatsiya olib kelajakni oʻylasa 😏
Safarov Sohib
👏👏👏👏
Zamira Qulnazarova 14-maktab
👏👏👏
Sherzod Murodov
Respekt👏👏👏
Bunaqa yozib chiqish bilan ish bitmaydi harakat qilib oʻqish ham kerak
Нуритдинова М_
Respect! Ajoyib!👍 Alloh rozi bo'lsin! Sizdek inson bo'lish bizga ham nasib etsin, Xushnudbek aka!
Allohga shukr
Assalomu alaykum. Alloh rozi bo‘lsin. Abiturentlarga jabr qilmabsiz. Ammo men mana 2 yildan beri o‘qishga topshiraman. Alloh nasib qilmayapti. Bu yil ham o‘xshamabdi. Sizdan bitta maslahat olmoqchi edim. Javob keladimi yo‘qmi bilmayman. Xorijda ta‘lim olmoqchiman
Sirtqi talim qilin firma bilan. Perevod masalasi va diplom o‘tadimi yo‘qmi rosa o‘ylanayapman. Qiz bola bo‘lganim uchun yana bir yil tayorlanishim muammoda. Ota oanam bu yil umid bilan kutishgandi
Afsus nasib bo‘lmadi. Firma bilan kirish haqida to‘liq tushuntirseyz rosa xursand bo‘lardimda. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin. Amin🤲
Show next 8 comments