Алишер Усмонов ажратган маблағ сув тошқинидан жабр кўрган сирдарёликларга тарқатилади

Россиялик тадбиркор Алишер Усмонов томонидан ажратилган маблағ яқин кунларда «Сардоба» сув омбори бузилишидан жабрланган аҳолига тенг қийматда бўлиб берилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 13 май куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида айтиб ўтган.

Kun.uz манбаси хабарига кўра, Алишер Усмонов ажратган хайрия маблағи ҳозирда Республика Маҳалла фонди ҳисоб рақамида турибди. Маблағлар Рамазон ҳайитига қадар тарқатилиши кутилмоқда. Бунга қўшимча тарзда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ажратилаётган маблағлар ҳам жабрланган аҳоли учун очилган пластик карталарга ташлаб берилади.

Йиғилишда Шавкат Мирзиёев тадбиркор Алишер Усмонов нафақат ўз ҳамюртларига, балки офатдан жабр кўрган қозоғистонликларга ҳам ёрдам берганини таъкидлаб, унга миннатдорчилигини билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

260 comments

Show 61 more comments
Хушнудбек, балким Сиз эшитгандирсиз, Кўпгина ИИБ ходимларини 1кунлик иш ҳақи ва тўловларга мажбурлашди, АҚШ 100.000$ шу қишлоқни тиклашга пул ажратди, илтимос СИЗ шу жойларга ажратилган пулларни, калькуляция қилиш эксперти бўлиб шуни ҳам хисобласангиз!??? Бу ерда ҳам КОРРУПЦИЯ бор, Ҳалқ учун қанча пул ажратилаяпти , АММО ҳалқ қўлига қанчаси тегаркан???
Alloh rozi boʻlsin. Xalqimizning xar birini shunaqa exsonglarni qilishga qodir qilib qoʻysin ilohim.
Pulga kelsak xech kim yeb keta olmaydi sababi shu pulni taqdiriga 34.1milion xalq xamda butun dunyo qarab turibdi. Demak pulni egalariga yetib bormasligidan tashvishlanishimizni keragi yoʻq.
TashbayevaNilufarIsroilovna
Бизнинг Наманганлик у'глонларга хам ,(Алишер Усмонов),Наманганлик куе'вларга хам(Хушнудбек Худойберганов)ларга гап йук👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
Alisher
Yaxshiyam Alisher Usmonov borakan, boʻmasa.....
Ilohim baraka topishsin, boyligiga boylik qo'shilsin.
Ozbekiston fuqarosi boladimi chet fuqarosi boladi qolidan yordam berish kelyaptiki yordam beryapti uni koklarga kotargan ozimiz bolamiz uni ozi kotarilvogani yoq. Xayron qolaman uyda otirib qolimizdan yordam berish kemediyu yordam bergan odamlardiyam kovlashtirib yomonlab nima keregi bor. Oldin shunchali sahovatpesha inson bolib oleli. Alloh rozi bolsin. Ozbekistondi ozidayam Alisher Usmonovdaqa tadbirkorla yetarli kordizmi shunchali ehson qilganini, bildizmi, hayotga realroq qarela yomonmi yaxshimi ozbekmi yoqmi yordam kere payt yordam beryapti
Лекин усталик билан еб кетишши боплашади. Шунга хамма пул аник эгаларига боришиша шубха билан кариди
Yaxwi odam ekan baribiram bermasayam hckm hcnmal demasdiku. Rahmat deylik insonlarga kovlakovlani yiģiwtrelikk🙏
Baraka topsin bunday ulugʻ ayyom kunlarida qilgan exsonlaridan olloh rozi boʻlsin.
𝑴𝒂𝒇𝒕𝒖𝒏 𝑲𝒉𝒂𝒕𝒂𝒎𝒐𝒗𝒂
Alloh rozi bolsin bu insondan🤲🤲
Alloh Alisher Burxonovichdan oʻzi rozi boʻlsin ,🤲🤲🤲
Бобур Абдурахмонов
Sherzod Burhoniddin
Toʻgʻrisi shu A.Usmonovga boʻlgan laganbardorlik chegarasiga yetib keldi! Davlat tvʼsida xam Usmonov, klipda xam Usmonov. U odam Oʻzbekiston fuqarosi emas, xorijiy xomiy, balki bas qilish kerakdur uni koʻklarga koʻtarishni, koʻrdik koʻklarga koʻtarilganlarni. Ammo xolis Allohni roziligi yoʻlida qilgan boʻlsa, albatta qabul boʻlishini yaratgandan soʻrab duo qilib qolaman!
Iyee og'ayni u bazilaga uxshab bir qoli bilan ehson qilib bir qoli bilan kameraga olgani yoq. Shunchaki ehsin qildi. Uni xalq olqishlayapti va bunga arzidi ham. Bilasmi u hozirgacha(2020) Uzb ga 40.000.000$ hayriya qildi. Ishoning bu dollar uyingizga hovlingizga sig'maydi. HIS QILING
Чёрный Лорд
Списка бойича онлайн толанса хич ким гапиролмеди салбий фикрлар таркалишини олдини олинади дп ойлеман
Olloh rozi bolsin. Alisher Burhanovich Namangan vil. Chust tum. Olmos ShFY dan chiqqan oila farzandi. Hozirda kim bolishidan qatiy nazar minglab xalqqa foydasi tegiyatti. Xalqni duosini olishdek sharafli ishlarr qildi gap yoq.
Show next 100 comments