Алишер Усмонов ажратган маблағ сув тошқинидан жабр кўрган сирдарёликларга тарқатилади

Россиялик тадбиркор Алишер Усмонов томонидан ажратилган маблағ яқин кунларда «Сардоба» сув омбори бузилишидан жабрланган аҳолига тенг қийматда бўлиб берилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 13 май куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида айтиб ўтган.

Kun.uz манбаси хабарига кўра, Алишер Усмонов ажратган хайрия маблағи ҳозирда Республика Маҳалла фонди ҳисоб рақамида турибди. Маблағлар Рамазон ҳайитига қадар тарқатилиши кутилмоқда. Бунга қўшимча тарзда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ажратилаётган маблағлар ҳам жабрланган аҳоли учун очилган пластик карталарга ташлаб берилади.

Йиғилишда Шавкат Мирзиёев тадбиркор Алишер Усмонов нафақат ўз ҳамюртларига, балки офатдан жабр кўрган қозоғистонликларга ҳам ёрдам берганини таъкидлаб, унга миннатдорчилигини билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

260 comments

Show 78 more comments
Olloh rozi bolsin. Alisher Burhanovich Namangan vil. Chust tum. Olmos ShFY dan chiqqan oila farzandi. Hozirda kim bolishidan qatiy nazar minglab xalqqa foydasi tegiyatti. Xalqni duosini olishdek sharafli ishlarr qildi gap yoq.
Бобур Абдурахмонов
Alloh o'zi iymonini, ilmini, boyligini ziyoda qilsin!
Sinovli kunlarda shirin so‘zi, odobi, hulqi, mehnati va albatta moddiy tomondan Yaratgan egam qodir qilib qo‘ygan barcha ehson qilgan aka-uka, do‘st-qadrdonlarning jonlari sog‘, iymonlari basalomat bo‘lsin! Qilgan ehsonlarini o‘rnini O‘zi g‘oyibidan ming qilib to‘ldirsin! Hammamizniyam shular singari ehson qilguvchilardan qilsin! Barchangizga butun xalq nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Umringiz uzoq, joningiz sog‘ bo‘lsin!
Бобур Абдурахмонов
Davlataliyeva Zarnigor
Shunchani beryapgan ekanlarku aytib deb bo'lsa ham. Maqtashga arziydigon ish qilyaptilar. Qancha maqtasak qancha gapirsak kam. Yaxshi tomondan ham qarash kerakku
Ular sukut saqlab berayaptilar. Shunchaki prezidentimiz minnatdorchilik bildirayaptilar. Biz ham minnatdor bolsak arzidi manmcha😊😊
Бир сўм бўлса ҳам пулни ҳақиқий жабр кўрган одамга берилсин. Шу ерда ҳам таниш билиш бўлмаслик керак. Тезроқ бериш керак. Сирдарёда қурилиш материалларини арзонлаштириш бўйича ҳукумат қандайдир чора кўриш керак у ерда катта қурилиш ишлари бошланаяпти бу берилган ҳайрия пуллари етмайди уй қураётган молхона қураётган умуман қурилиш қилаётган аҳолига қулайлик бўлиши керак.
Эшитишим бўйича, бу Ҳалқ кейинги босқич ҳаёти ПАРНИКда ўтаркан, жуда катта жойларга парник қиларкан Алишер окамиз, карочи ҳамма парникда!
Zuxra Ibragimova
Ассаломуалайкум!Ҳамма нарса ўз йўлигакуя,энди хайрия учун ажратилган маблағку,буни устига рўза кунлари,бу ўз эгаларига етказилади деб умид қиламиз.Кейин биз қачонгача ҳар бир нарсага ҳадик билан қарашнитўхтатамиз,шундай кунлар келармикан?
Lesa arenda
Shunaqa beg'araz exsonlar qiladigan saxiy boylar ko'paysin yurtimizda.
LAZIZXON
Аллох узи рози булсин умирлари узок иймонлари саломат булсин.
TÒYCHIEV A
Ollox nazar solgan inson exsonga qodir bòladi omadini bersin
Sherzod Burhoniddin
Toʻgʻrisi shu A.Usmonovga boʻlgan laganbardorlik chegarasiga yetib keldi! Davlat tvʼsida xam Usmonov, klipda xam Usmonov. U odam Oʻzbekiston fuqarosi emas, xorijiy xomiy, balki bas qilish kerakdur uni koʻklarga koʻtarishni, koʻrdik koʻklarga koʻtarilganlarni. Ammo xolis Allohni roziligi yoʻlida qilgan boʻlsa, albatta qabul boʻlishini yaratgandan soʻrab duo qilib qolaman!
Xalqni qiynalganida yonida yelkadosh bo'lib turibdi Usmonovga kabi insonlar, Olloh rozi bo'lsin ulardan, kerak bo'lsa bundanda ko'kka ko'tarish kerak bunaqa insonlarni! Toshqindan talofat ko'rganlar bilan yonma yonman, ular shunday insonlar ko'magiga juda muxtoj, uysizlik, hech vaqosiz yaxshash osonmas!
Sherzod Burhoniddin
Toʻgʻrisi shu A.Usmonovga boʻlgan laganbardorlik chegarasiga yetib keldi! Davlat tvʼsida xam Usmonov, klipda xam Usmonov. U odam Oʻzbekiston fuqarosi emas, xorijiy xomiy, balki bas qilish kerakdur uni koʻklarga koʻtarishni, koʻrdik koʻklarga koʻtarilganlarni. Ammo xolis Allohni roziligi yoʻlida qilgan boʻlsa, albatta qabul boʻlishini yaratgandan soʻrab duo qilib qolaman!
Oʻtirgan joydan gapirish sizga oʻxshaganlar uchun odat. U xorijiy homiymi, yoki rus millatiga mansub odammi hozir buni kimga farqi bor. Xalqqa foydasi tegyaptimi?! Demak u inson. Odamlarga ham xayronsanda!!! Oʻzi yordam bermaydi, lekin yordam berganni-da koʻrolmaydi. Yordam bergani uchun 1-sanʼatkorlar tanqidga uchragan edi, endi esa Usmonov. Salgina insofga kelinglar. Gapni kovlashdan oldin ,,men xalq uchun nima qildim,,- degan savolni beringlar oʻzlaringga.
Assalomu alaykum!
Talafotdan jabr ko'rganlarga eng kerakli va eng to'g'ri yordam: ularga o'zlari istagan sharoit va uy-joyni barpo etib berishdir. Bu juda katta sarfni talab qiladi, ammo davlatimiz, xalqimizning qo'lidan keladi. Katta xarajatlarni to'g'ri yo'naltirish vaqti keldi.
Show next 100 comments