Алишер Усмонов ажратган маблағ сув тошқинидан жабр кўрган сирдарёликларга тарқатилади

Россиялик тадбиркор Алишер Усмонов томонидан ажратилган маблағ яқин кунларда «Сардоба» сув омбори бузилишидан жабрланган аҳолига тенг қийматда бўлиб берилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 13 май куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида айтиб ўтган.

Kun.uz манбаси хабарига кўра, Алишер Усмонов ажратган хайрия маблағи ҳозирда Республика Маҳалла фонди ҳисоб рақамида турибди. Маблағлар Рамазон ҳайитига қадар тарқатилиши кутилмоқда. Бунга қўшимча тарзда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ажратилаётган маблағлар ҳам жабрланган аҳоли учун очилган пластик карталарга ташлаб берилади.

Йиғилишда Шавкат Мирзиёев тадбиркор Алишер Усмонов нафақат ўз ҳамюртларига, балки офатдан жабр кўрган қозоғистонликларга ҳам ёрдам берганини таъкидлаб, унга миннатдорчилигини билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

260 comments

Show 100 more comments
Alloh rozi bo'lsin. Topganini qayoqdagi mashina raqamlariga millionlab sarflab yurganlar bor. Yana internetga maqtanib falon pulga oldim deb reklama qilib quyishadi. Shuncha puli bor ekan kimgadir foydasi tegsin deb uylab ham ko'rishmaydi.! Ana shunday hayr sahovatni ko'p qiladigan insonga Alloh yana beraveradi. Alloh panohida asrasin.
Мани фикрим. Агар Козогистон дунйога курсатиб бермаганида Сирдарё хали анча вакт халво ни кака деб юрарди.
Ha bu yili mahalladan yordamlar yanada barokatli bolganinig sababi shu ekanda Alloh rozi bolsin
Munisa Raxmonova
Qiziq-da qanchadan pul tarqatilsa,ish qilib pul to'g'ri taqsimlansin
𝓝𝓲𝓵𝓾𝓯𝓪𝓻
Оталар боласига яримта нонни,
Жигарлар кариндошига бир ог’из ширин су’зини раво ку’ролмаётган бир вак’тда,
Жабр курган инсонларга миллионлаб доллар маблаг’ини аямасдан, ку’мак беришга х’аракат к’илган чин маьнодаги инсонни тах’лил к’илишнинг у’зи бемаьнилик...
Танк’ид к’илиш эса- пасткашликдан бошка нарса эмас.
Шукримиздан бегона к’илмасин
Аллох’им!
Ушбу мукаддас ва мукаррам мохи рамазонда биров хакида билиб- билмай ноу’рин гапиришдан ( гапим танк’идчи ,, ростгу’йларга тегишли) сак’лансак яхши бу’ларди.

Барчага соглик омонлик,
Сув тошкинтдан жабр ку’рган Азиз инсонларга ку’мак берган,
Карантин вактида саховат к’у’лини биродарига узатиб билган юртдошларимизга Яратган Эгамнинг марх’амати ёг’илсин!
qozogiston 1000 $ dan Tarqatibdi bizda qancHa beriwarKan
Prezidentimiz sog‘ salomat bo‘lishsin, Sardobaliklarga olloh sabr toqat bersin ollohim, hayr ehson qilganlar umri uzoq bo‘lsin.
Yoq Alloh hayriyalar oz egalariga yetib borishiga ozi yordam berdi hozir butun dunyo odamlari qalbida yahshilik qilish kerak degan ezgu istaklar mavjud.
mana 14kundan oshdi nega xalixam suv ombor qurishda qatnashganlardan va unga javobgar bolgan insonlardan interyu olinmayapti negaa?
nega buni xam unittiryapti eslatilmayapti nega? shunchalik so'z erkinligi yoqmi aa? nega bandadan qorqyapmizu Allohdan qorqmayapmiz?
Xushnudbek aka siz shunaqa payt ko'proq xalq bn bolishingiz kerak nega sizxam ozingizni orqaga olyapsiz va boshqa narsaga chalg'itayapsiz
aytgancHa Yana Bir gap Bu damba buziLgan joyi qayta tiklandiham deylik yana kim uni bowqa bir qismi yorilib ketmasligiga kafolat beradi balki uni hama joyini baquvvat qilib qurish kerakdur axir malumotlarga qaraganda u dambaga hatoki sement armatura iwlatilmagan bugun shu ertaga bowqa nuqtasidan yana yoriliwi mumkin adawmasam
Zamiraxon Ashurova
Мана шундай саховатпеша миллатдошмиз борлигидан фахрланаман. Оллохим эхсонларини хайрлисидан қилсин
Hali hamon bu dambani qurgan odamlar yuzaga chiqib malumot beriwmadi 🧐qiziq Juda qiziq manimcha baliq bowidan sasiydi degan gap rost wekille
Bular qanday odamlar a? Olloh rozi bòlsin pullarini barokatli qilsin. Kamentlarni òqidim xalqimiz xaliyam bazi mansabdor shaxslarga ishonmas ekanligini kòrib turibman bir tarafdan toģriyam lekin davlatni qilgan ishlariniyam etirof etish kerak
Alloh pullarini yanayam ko‘paytirib qaytarsin shunday sahovatli boylarni yurtimizdan ko‘paytirsin
Ashurov Olimjon
Барака топсин умрлари узок булсин
Зулфизар
👍👍👍👍
Алишер Усмоновга оллох берсин..
Gulruh♥️🌊
Nima uchun haligacha aybdorlar jazonalmayapti. Ularning ko'zlarni shamg'alat qilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Oshkora va qatitq qo'llik bilan, va eng muhimi, adolat va insof bilan tergov ishlarini olib borish kerak. Mayli jabrlangan aholiga moddiy yordam berilar, uylarini qayta tiklab berishar, ammo qalb yaralariga malham bo'la olishadimi!!!!!
Garchi uzoq yillar xorijda yashagan bo'lsada, xalqi, ona vatani uchun qilgan bunday saxovatini haqiqiy vatanparvarlik desa bo'ladi. Ayni shu zaminda xalqni pulini yeb, xaromdan davlat orttirgan, pul uchun hatto iymonini ham sotadigan doim suvdan quriq chiqadigan vijdonsizlarga esa insof bersin. Har bir ish uchun javob beriladigan kun bor albatta!
Bekjanova Fotima
Allohim Ikki dunyo saodatini nasib qilsin qilgan exsonlarini oz dargohida qabul qilsin Barchamizni Mana shundek sahiy boylardan bolishimizni nasib qilsin
Show next 100 comments