Алишер Усмонов ажратган маблағ сув тошқинидан жабр кўрган сирдарёликларга тарқатилади

Россиялик тадбиркор Алишер Усмонов томонидан ажратилган маблағ яқин кунларда «Сардоба» сув омбори бузилишидан жабрланган аҳолига тенг қийматда бўлиб берилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 13 май куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида айтиб ўтган.

Kun.uz манбаси хабарига кўра, Алишер Усмонов ажратган хайрия маблағи ҳозирда Республика Маҳалла фонди ҳисоб рақамида турибди. Маблағлар Рамазон ҳайитига қадар тарқатилиши кутилмоқда. Бунга қўшимча тарзда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ажратилаётган маблағлар ҳам жабрланган аҳоли учун очилган пластик карталарга ташлаб берилади.

Йиғилишда Шавкат Мирзиёев тадбиркор Алишер Усмонов нафақат ўз ҳамюртларига, балки офатдан жабр кўрган қозоғистонликларга ҳам ёрдам берганини таъкидлаб, унга миннатдорчилигини билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

260 comments

Show 100 more comments
––––•(-• Unknown•-)•––––
Ishqilib hayriya pullari jabrlanuvchilar qoʻliga eson omon yetib borsinda! Ularga ajratilgan pullarni tiyin tiyinigacha hisob qilish kerak. Boʻlmasa nafsi buzuqlar uni ham yeb qoʻyishadi
Yusupov Shonazar
Exxxx hayriyat ey va nihoyat. Ôwa pullar ham kalamuwlani qôliga tuwsa deb qôrqan edim
Sanjar MuZaffarOV
Shunchaki qiziq: O'zbekistonda nechi foiz odamni nafsi buziq yoki kalamush yuqorida aytilganidek?
Yana bir taklif: Mana shu fojeaga sabab bölganlarning hammasi aniqlanib, shunchaki qamoq emas, juda katta jarimaga tortilsin. Kerak bölsa, mol-mulki musodara qilinsin. Keyin bu pullar sirdaryoliklarga uy qurib berishga yönaltirilsin. Hatto butun uy-joy xarajatlarini ösha kalamushlar böyniga ortish k.k. Umrining oxirigacha ishlab topgan oyligidan davlat hisobiga undirish k.k. Bunaqa iymonsizlarni mol achchiģi b.n jazolansa, shunda Sirdaryo aholisining ahvolini tushunishadi😡😡😡
Xudoyberdiyev Umid
404 mliondan qanchasi karupsiya bulgan bulsa ushancha pulni xalqa bersa buyam adolatdan bulardi. Behzod akani fikri tugri
Boshqalarga ham örnak sifatida körsatish k.k televizorda
Xudoyberdiyev Umid
404 mliondan qanchasi karupsiya bulgan bulsa ushancha pulni xalqa bersa buyam adolatdan bulardi. Behzod akani fikri tugri
Shunchaki 404 millionning bir qismini qaytarish bu muammo emas. Aholi körgan zararni kim böyniga oladi? Yana davlatmi? Yöq, bunaqasi ketmaydi. Yemoqning qusmoģi bor. Ularni ayovsiz talash, bor-budidan judo qilish xalq uchun munosib intiqom bölardi
Kommentariyalar har xil ekan , ko‘pincha korrupsiyaga qarab ketyapti. Tabiiyki xalqning fikridan kelib chiqib shunday fikr bildirishgan. Qanday xulosa qilishga hayronman , lekin agar shu odam chin dildan shu ishni qilgan bo‘lsa Ro‘za Ramazon oyida juda katta savob ishga qo‘l urgan bo‘ladi.
Töģri, ularning ham oilasi, bola-chaqasi bordir. Lekin sardobaliklar ham butun oilasi b.n boshpanasiz qolsa-yu, nega endi bunga aybdor bölganlar oila baģrida, issiqqina örnida ötirishlari k.k?
Солиев А.В.
Топганини баракасини берсин,Рахмат шу инсонга
Qozoqlar ozlari quraversin. Kompensatsiyani tola boldi aralashma. Ozinni xalqin uyiga qaytolmay qoldi. Kadarst hujatlari hammasi bor. Owa hovli joylarni oz orniga qoyib quriwsa, nari borsa 1 yoki 2 sotix yeri qowninikiga otib ketadi. Bir qator bir chiqiz boylab bu qiwloqlar qurilsa, yaxshi ish bolardi. Lekin eng yolgonchi xalq boldik.
Lekin birovning haqqi teshib chiqmaydi bizga
Пластикга, 20% давлат божи ушлаб колиб, обналичкага 15%, и кунига 50 минг ечиш шарти билан
Shunday insonga katta rahmat.Suv omboridan aziyat chekknlarga katta yordam berdi.
Kurbonali Khayrullaev
Khaydarov
Бунча нафрат , асил хакикатни билмай
Balki faqat siz xaqiqatni bilmassiz?!
Jumanjini nardasini qaytadan tashlayotganday tuyulayabdi menga, Karimov davrini shabadasini his qilayapman
𝓐𝓼𝓱𝓾𝓻𝓶𝓮𝓽𝓸𝓿𝓪 𝓟𝓪𝓻𝓿𝓲𝓷𝓪
Рахмат
Баҳром Отабоев
Мамлакатимизда бундай амалиёт бўлмаган. Мен пуллар тарқатилмаса керак, деб ўйлардим. Менимча, қозоқ ҳукуматининг А.Усмонов ҳайрия пули хусусидаги позицияси мухтарам ҳукуматимизни ҳам шундай йўл тутишга мажбур қилди. Шахсий фикрим.
Show next 64 comments