Алишер Усмонов ажратган маблағ сув тошқинидан жабр кўрган сирдарёликларга тарқатилади

Россиялик тадбиркор Алишер Усмонов томонидан ажратилган маблағ яқин кунларда «Сардоба» сув омбори бузилишидан жабрланган аҳолига тенг қийматда бўлиб берилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 13 май куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида айтиб ўтган.

Kun.uz манбаси хабарига кўра, Алишер Усмонов ажратган хайрия маблағи ҳозирда Республика Маҳалла фонди ҳисоб рақамида турибди. Маблағлар Рамазон ҳайитига қадар тарқатилиши кутилмоқда. Бунга қўшимча тарзда Ўзбекистон ҳукумати томонидан ажратилаётган маблағлар ҳам жабрланган аҳоли учун очилган пластик карталарга ташлаб берилади.

Йиғилишда Шавкат Мирзиёев тадбиркор Алишер Усмонов нафақат ўз ҳамюртларига, балки офатдан жабр кўрган қозоғистонликларга ҳам ёрдам берганини таъкидлаб, унга миннатдорчилигини билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

260 comments

Show 100 more comments
Alisher Usmonovga gap yuq xalq dardiga sherik bulyapti omadini bersin biz faxrlanamiz wunday yurtdoshimiz borligidan
Elbek Hudayqulov
Усмонов яхши иш килибди нимаям дердик бирига минг берсин у кишини
Elbek Hudayqulov
Лекин факат у кишимас узимизда бошка донги чиккан бойлар борку улар жиммикан а бу масалада
Umri uzoq bo'lsin
Khaydarov
Бунча нафрат , асил хакикатни билмай
Bilganlarimni aytaymi sizga? Unda eshiting: Bilganim shuki, bu fojega yomģir va selning hech qanday aloqasi yöq. Yana shuniyam bilamanki, bu fojeaga shamolning ham ta'siri yöq. Bilganim yana shuki, ushbu suv ombori aslida özi siģdirishi kerak bölgan suvning 0.,3 % ini ham siģdirolmay yorilib ketgan (qanday sharmandalik🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️). Yanayam aniqroq qilib aytsam, 100 litr suv siģadigan bochka hatto yarim litr suvni siģdira olmagan. Bu degani, bochkaning qolgan 99,5 litr suv siģimini saqlashi kerak bölgan devorlari temirdan emas, loydan ishlangan. Yana bir biladigan haqiqatimni aytaymi, o'sha yerda uysiz-joysiz qolib, maktab va kollejlarning sport zallarida kun kechirayotgan jabrdiydalar qanchamizning qavm-qarindoshimiz va yaqinimiz. Ularni biz qöllab-quvvatlamas ekanmiz, öģri-kazzoblarning kuni tuģadi. Vaqti kelib öshalarning kasriga özimiz ham qolganimizda kech böladi. Yana bir biladigan haqiqatim ham bor. Siz ayni paytda men gapirayotgan va körga hassadek ayon bölib turgan haqiqatga köz yumayapsiz. Shukr, hozirgi anchagina oshkoralik hukm surayotgan davrimizda blogerlarimiz tinmay xalq manfaati uchun xizmat qilishyapti. Lekin biz ham faqat urra-urra qilib har bir yangilikka qarsak chalaversak, siz aytayotgan asl haqiqatlar yopiģliq qozonda qolib ketaveradi.
Xalqi uchun jon kuydirib, yordam qilayotgan Alisher Usmonovning esa umrlari uzoq bölsin🤲🤲🤲
Hayronman X asrda qurilgan Xonbandi suv ombori hali ham turibdi buzilgani yoq lekin quriliganiga endi 3-4 yil bolgan Sardoba suv ombori buzildi
Мени бир савол кийнайди" дамбани курганлар кани? Нима учун улар давлатни пулини еб куша куша уй мошина кушсидан хотин олиб мазза килиб яшаши керагу оддий халк болларини ризкидан киркиб пул бериши керак. Майли бераверамиз халк бошига ташвиш тушди, лекин пулни еворган корни катта семиз харомхурлардан пулни кайтариб ололмайдими давлат. Уларга хамма нарса мумкин эканда а?" Менимча дамбани куриб топширганларни руйхати рахбарларда булса керак. Ёки уларам хамтовокмикан
"Asr qurilishi"da bosh-qosh bölganlar katta-katta oyliklarni halqumidan o'tkazib yuborishdi, qanchadan-qancha qarsaklar-u maqtovlar, olqishlarga musharraf bölishdi. Mayli, halollari bölsin. Lekin "Asr fojeasi"ning sababchilari ham xuddi shunday "olqishlar"dan bahramad bölishi va ayni paytda jabrdiydalarga ham katta-katta oylik tölashlari shart va zarur!
Aziz_oken
(ALISHER USMONOV) Malades ozbek xalqida oqibat, odamgarcili degan narsalar kucli
Ogʻir kunlarqoʻshaloq kelmoqda.
Kelinglar birga boʻlaylik
Birga yengib oʻtaylik har qanday kulfatni ham
🌐КАНАЛИМИЗГА МАРХАМАТ!!!

🚗 Автомашина
🏬 Уй-жой
💻 Компьютерлар
📃 Янги қонунлар
🎥 Приколлар

📌Барчаси бизнинг каналда.

❗️Дарвоқе шу реклама орқали каналимизга уланганингизни айтсангиз рекламангизни БЕПУЛ жойлаб берамиз.

@Vodiymarkaziybozori 👈каналга уланиш.

https://t.me/joinchat/AAAAAERkg7MZDI6mmJqc1w
АЛИШЕР УСМОНОВ БАРЧА ЁРДАМИНГИЗ УЧУН КАТТА РАХМАТ!!! Биз сиздек юртдошимиз борлигидан фахрланамиз!
Мисс Изабель
Спасибо вам! живите вечно
Alisher Usmonovdek vatandoshimiz borligidan faxrlanaman. Shunday sahovatli, el boshiga ish tushganda qo'l qovushtirib o'tirmaydigan, bir yoqadan bosh chiqarib birlashadigan xalq ekanligimizdan, O'ZBEK qilib yaratgani uchun Ollohimga behisob shukurlar qilaman.
Menimcha suv omborini qurganlar xam Yulduz usmonovaga oxshab kechirim soragan ))) axir biz demokratik davlatda yashamiz osha yuqorida aytilgan qorni katta semizlar va Yulduz usmonovaga xamma narsa mumkin faqat oddiy xalqqa emas
Aybdorlar qachon jazolanadi? Yoki yana bir biridan bemani qarorlar chiqarib xalqni chalgitib ketaveradimi bular? Keyin agar pul mahalla jamoatiga berilgan bolsa unda pul egali bolib ketibdi allaqachon. Endi nimani tarqatadikan.
Alisher Usmonovga Katta rahmat shunday kunlarda Yordam beryapti. Gap yoʻq.
Show next 15 comments