❗️DIQQAT BILAN TANISHING!

www.khiso.uz platformasidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma:

1:
Dastlab CHROME brauzerga kirib, u orqali khiso.uz saytiga kirasiz. Aslo telegramning o‘zi orqali kirmang!
+: Iloji boʻlsa kompyuter orqali kiring.

2: O‘ng yuqori burchakda turgan Ro‘yxatdan o‘tish tugmasa bosib, ma'lumotlarni to‘ldirib, shaxsiy akkaunt (profil) ochish kerak. Agar bu ishni bilmasangiz video orqali o‘rganing: 👉 youtu.be/VIm3x31f5zI

3: Profil ochgandan keyin, shaxsiy ma'lumotlar bo‘limidan ism-familiya-sharifingizni kiritishingiz shart! Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi va natijalarda ismingiz koʻrinmaydi.

4: "Olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini korasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

💰 Agar olimpiada to‘lovli bo‘lsa hisbongizni to‘ldirishingiz kerak. Bu haqida batafsil ushbu postda tushuntirilgan: 👉🏻 t.me/khiso3024

Asosiy qoida: Olimpiadada qatnashish vaqtida telegram, imo, whatsappdan xabar yoki oddiy sms kelsa, telefon qoʻngʻirogʻi boʻlsa va siz unga javob bersangiz, internet uzulib qolsa yoki "bilmasdan chiqib ketsangiz" olimpiada yopilib qoladi. Siz undan boshqa qatnasha olmaysiz. Chunki sayt sizni “gʻirromlik” (cheating) qilyapti deb qabul qiladi. Shunday ekan tinch holatda qatnashing.

5: Hamma uchun olimpiada yakunlangach yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

❗️ Oldin ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, lekin parolingizni unutdingizmi? Unda ushbu video orqali parolni tiklashni o‘rganib oling: 👉 youtu.be/dg6iy8nPNMo

51 comments

Show 13 more comments
Bu sayt umaman talabga javob bermaydi ekan kecha umuman ishlamadi bugun misol ishlab turganimda kompyuter uchib qolgandan keyin kirsam qaytadan kirib bo'lmadi 15ming osmonga uchdi 👍
Eliyeva Sayyora
Natijalarim chiqdi Lekin ism familyam chiqmayapti
Rimajon Azadovna
Men kecha to'lov qilgandim ro'yxattan o'tilgan degan joyida testni chiqarmayapti
Men oqituvchiman menga olimpiada shiqmayabti attestatsiya testlari kerak edi yangi bolimida faxat oquvchilar ushun olimpiada korinadi
🌟ERKINOVNA🌟
Dekabr oyida registratsiyadan o'tganman, lekin parol esimdan chiqibdi, qanday tiklasam bo'ladi?
Rimajon Azadovna
Yangi degan bo'limda ham yo'q nemis tili
Ozoda Tolipjonovna
Kecha farzandim meni telefonimdan foydalangan.Test yechish uchun.
Men óqituvchiman .
Men hammasiga kirdim,lekin testga kira olmayapman,yordam bering.
Ozoda Tolipjonovna
Xozir tólov qildim lekin hech qanday test yóq,iltimos
Pul tolov qildim lekkin tarix faniga emas rus tilga tushib ketdi qanday qautarsa boladi
Ozoda Tolipjonovna
Soat 13.30 dan beri harakat qilyapman hech qanday test yóq
Комилжон Тураев
Меn to'lov qildim lekin Boshlang'ich testiga kiraolmayabman boslangan deganni bogandan keyin wi fi uzildi shundan keyin ochmayabdi hali bir savolni ham ko'rmdim
Bizda Tarbiya attestatsiya testlari chiqmayabdi
Каримова Дилноза
Biz 10 mingdan ziyod tashladik to'lovni,balansda minus chiqyapti. Shuni ishlashni osonroq qilib qo'ysa bo'lmaydimi?
Show next 17 comments