Шу тупроқдан топдим бахтимни,
Фарзандимни севганча севгум.
Юртга бўлган муҳаббатимни,
Мендан тортиб ололмас ҳеч ким.

Азиз юртдошлар. Мустақиллигимизнинг 29 йиллик байрами билан Сизларни ғойибона табриклаш насиб қилганидан хурсандман. Бугунги алғов-далғов кунларда тириклик энг катта неъмат эканлигини янада яхшироқ англадик, чамамда.

Озодлик ва мустақиллик ҳам худди шундай катта неъмат, у хоҳ бир давлатнинг мустақиллиги бўлсин, хоҳ бир шахснинг озодлиги, фарқи йўқ, унинг қадрига етиш керак.

Она Ватанимизни Яратганнинг ўзи бало-қазолардан асрасин. Юртимиз тинч, халқимизнинг дастурхони тўкин бўлсин. Ютуқларимиз кўпайсин, муаммоларимиз камайсин. Ҳукумат янада халқчиллашсин, халқимизнинг ҳаёти янада фаровонлашсин.

Мустақиллигимиз бардавом бўлсин!

Ҳурмат билан,
Хушнудбек!


👉 @xushnudbek 👈

171 comments

Show 4 more comments
Assalomu alaykum .Barchani MUSTAQILLIK BAYRAMI bilan muborakbod etaman.Mustaqilligimiz abadiy bòlsin.
Islombek
Assalomu aleykum Xushnudbek. Samimiy tilaklaringiz uchun sizga ham raxmat. Sizga hamda oila a'zolaringizga ham bayram muborak bölsin. Iloxim iwingizni bundan kn ham rivojini beraversin.
Hammani mustaqillik bayrami bilan muborakbod etaman. Ilohim mustaqilligimiz bardavom, yurtimiz hamisha tinch va osoyishta bo‘lsin
Pardayev.О.Т.PP/227
Рахмат Сизгахам муборак булсин мустакиллик байрами
Juda ham ajoyib she'r ekan. Xammaga mustaqillik bayrami muborak bòlsin
Assalomu alekum barcha kanal a'zolari sizlarni Ózbekiston Respublikasining ENG ULUG' ENG AZIZ BAYRAMI MUSTAQILLIK kuni bilan tabriklayman.Yurtimiz tinch ,osmonimiz musaffo Yurtboshimiz omon bólsin.Mustaqilligimiz abadiy bólsin!!!!
UmarovaSM
Sizga ham bayram muborak. Ilohim aytganlaringiz kelsin. Siz ham shu yurt shu xalq uchun jonkuyar inson sifatida bardavomiy ishlar qiling.
Assalomu alaykum! Hamma yurtdoshlarimizga mustaqilligimizning 29 yilligi muborak bo‘lsin. Shu jumladan sizga ham Xushnud aka. Kanalizga gap yo‘q👍👍👍
Assalomu alaykum. Barchamizga mustaqilligimiz qutlugʻ boʻlsin.
Birgalikda bo'lsin hammamizga mustaqilligimizning 29 yilligi muborak bo'lsin
Xushnud aka ishlaringizga rivoj,har doim ezgulik ulashib charchamang.....
Азизбек Матмуратов
Ассалому алайкум! Барча юртдошларимизга байрам муборак бўлсин!
Б.Б.Б $$$
Барча юртдошларимизни мустакиллигимизни 29 йиллиги байрами билан табриклайман.Юртимиз тинч, осмонимиз доимо мусаффо булсин.Келаси йилда байрамларни
Rahmat sizga ham muborak bo‘lsin Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin.
hammani tabrkliman bayram blan abadiy bo’sn mustaqlligmz
Барчамизга байрам муборак булсин!!!
Байрам муборак абитуриентла омад
Assalomu alaykum barchaga kuningiz xayrli otsin. Bugungi bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklab qolaman. Xushnudbek aka sizga ham bayram muborak bolsin ishlarizga omad!!!
Assalomu alaykum YURTDOSHLARIM! Sizlarni bugungi Musatilligimizning 29 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog'lik, xonadoningizga fayz-u, barokat, tinchlik-xotirjamlik tilayman. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov tomonidan biz farzandlariga hadiya etilgan Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!!!
Xushnudbek sizga ham bayram muborak bo'lsin. Sizdek YURTPARVAR insonni dunyoga keltirgan ota-onangizni boshlari omon bo'lsin. Kanalingizni doim kuzatib boraman gap yo'q sizga..
Ummu Mumina
Байрам Муборак ватандошлар
Азизбек Матмуратов
Lola
Juda ham ajoyib she'r ekan. Xammaga mustaqillik bayrami muborak bòlsin
Музаффарбек Мирзабековни Водий садосида Ха-Йўқ деган лойихаси бор. Шуни охирида хар доим манашу шеърни айтади. Жуда ажойиб шеър.
Show next 100 comments