Шу тупроқдан топдим бахтимни,
Фарзандимни севганча севгум.
Юртга бўлган муҳаббатимни,
Мендан тортиб ололмас ҳеч ким.

Азиз юртдошлар. Мустақиллигимизнинг 29 йиллик байрами билан Сизларни ғойибона табриклаш насиб қилганидан хурсандман. Бугунги алғов-далғов кунларда тириклик энг катта неъмат эканлигини янада яхшироқ англадик, чамамда.

Озодлик ва мустақиллик ҳам худди шундай катта неъмат, у хоҳ бир давлатнинг мустақиллиги бўлсин, хоҳ бир шахснинг озодлиги, фарқи йўқ, унинг қадрига етиш керак.

Она Ватанимизни Яратганнинг ўзи бало-қазолардан асрасин. Юртимиз тинч, халқимизнинг дастурхони тўкин бўлсин. Ютуқларимиз кўпайсин, муаммоларимиз камайсин. Ҳукумат янада халқчиллашсин, халқимизнинг ҳаёти янада фаровонлашсин.

Мустақиллигимиз бардавом бўлсин!

Ҳурмат билан,
Хушнудбек!


👉 @xushnudbek 👈

171 comments

Show 100 more comments
Комолдин Насирдинов
Рахмат табриклар учун.Байрам барчага муборак бу́лсин.
Tushunmimande shuncha muammolar bilan qanaqa qilib miyyanglarga bayram sig'yabdi
Сохиба Ураловна
Assalomu alekum hammani mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklayman .Hushnudbek sizga xam sog'lik salomatlik tilayman.Mustaqilligimiz abadiy bolsin.
Abbosova G
Assalomu Alaykum Qadrdonlarim,barchangizni ulug' kun bilan chin qalbimdan tabriklayman, Prezidentimiz ham eson bo'lsin, ilohim!!!Mustaqilligimiz tufayli yoshlarimizga ilm olishlari uchun juda keng yo'llar ochildi,ayniqsa Hushnudbek ,ukajon,sizlarga judayam havas qilardik,Zakovatda.Olloh ga shukr, bu yil katta farzandim Mustaqilligimiz arafasida Germaniyaga Magistraturaga Grant yutib oldi!!!
Abdulboqi Olimjonovich 13 maktab
Tilaklaringiz o'zingizga, xalqimizga, barchmizga yo'ldosh bo'lsin
К о м и л
Офарин.
Assalomu alaykum! Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin! Yurtimizda tinchlik-xotirjamlik, sog'lik-omonlik, fayz baraka, to'kin-sochinlik, arzonchilik hukm sursin! Alloh nazaridan qolmaylik aslo. Xonadonlarimizda faqat yaxshi kunlar bo'lsin!
Bu sinovli kunlar ortda qolib faqat tarix bo'lib eslansin! Sabr-bardosh, yaqinlar sog'ligi, jon omonligi, farzandlar kulgusi, oila birdamligi, ishdagi xotirjamlik, halol rizqdan ayirmasin, inshaAlloh!
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Sherbek Xolbo'tayev
Assalomu alaykum
Rahmat sizga ham mustaqillingiz ona yurtimizning 29 yillik bayrami bilan tabriklayman Ishlaringizga omad
Мухаммадов Эркин
Солом
Мухаммадов Эркин
Совол берсак жовоб бўладими
robert
Happy Independence day of Uzbekistan, my dudes. I am very happy this moment. Everytime will be that as good as. From Turkey, Robert, Asadbek and Suleymaan
Мухаммадов Эркин
Ўзигизга ёзолмайман
Dusmurodov Shukhratkhon
Tushunmimande shuncha muammolar bilan qanaqa qilib miyyanglarga bayram sig'yabdi
Mustaqilligimiz uluģ ne'mat, qancha qiyinchiliklar bn erishilgan shunday kunni e'tiborsiz o'tkazib bo'lmaydi, hurmatli vatandosh
Chori_Zokirovich
Salom Xushnudbek.
Prizdent topshiriği bilan yaqinda talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etilishi tòğrisida habarlar chiqgandi.Bu yolğon habarmidi??? Sizda shu mavzu tòğrisida ma'lumot bormi???
Iltimos shu yangilikka aniqlik kiritib utsangiz.
Bugun Mobi.uz operatoriga qunğiroq qilgandim.bizda u habar tòğrisida hech qanday ishlar bulmayapti deyishdi.
Д.И.
Ассалому алайкум Хушнудбек.
Самимий, чиройли табриклар учун рахмат.Сиздек ёшларни сафи купаяверсин Омин! Килаётган ишларингизни кузатиб бораман ва фахрланаман сиздек ёшларимиз бор экан хамма нарсани уддасидан чикаоламиз.Ота онангизга Рахмат!!!
Chori_Zokirovich
Barchaga bayram muborak.
Barcha yurtoshlarimga Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami muborak bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin, ilohim!!!
Mustaqilligimiz abdiy bolsin!
Show next 26 comments