Шу тупроқдан топдим бахтимни,
Фарзандимни севганча севгум.
Юртга бўлган муҳаббатимни,
Мендан тортиб ололмас ҳеч ким.

Азиз юртдошлар. Мустақиллигимизнинг 29 йиллик байрами билан Сизларни ғойибона табриклаш насиб қилганидан хурсандман. Бугунги алғов-далғов кунларда тириклик энг катта неъмат эканлигини янада яхшироқ англадик, чамамда.

Озодлик ва мустақиллик ҳам худди шундай катта неъмат, у хоҳ бир давлатнинг мустақиллиги бўлсин, хоҳ бир шахснинг озодлиги, фарқи йўқ, унинг қадрига етиш керак.

Она Ватанимизни Яратганнинг ўзи бало-қазолардан асрасин. Юртимиз тинч, халқимизнинг дастурхони тўкин бўлсин. Ютуқларимиз кўпайсин, муаммоларимиз камайсин. Ҳукумат янада халқчиллашсин, халқимизнинг ҳаёти янада фаровонлашсин.

Мустақиллигимиз бардавом бўлсин!

Ҳурмат билан,
Хушнудбек!


👉 @xushnudbek 👈

171 comments

Show 100 more comments
Mustaqillik bayrami xammamizga muborak bo"lsin azizlar!!!!
Assalomu alaykum hammaga karantin tugasa oqish boshlanar ekanmi kmni habari bor
Baxt Qasri♥
Ассалому алайкум юртдошлар барчангизга байрам муборак булсин Хушнудбек сизга ижодий ишларда омад тилайман москвадан бир мухлис
Азиз юртдошлар!

Сизларни халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами – Ўзбекистон давлат мустақиллигининг 29 йиллиги билан самимий муборакбод этаман.

Ушбу қутлуғ дамда барчангизга сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик ёр бўлишини, хонадонингиздан файз-барака аримаслигини тилаб қоламан !
🇺🇿🇺🇿MUSTAQILLIK MUBORAK!🇺🇿🇺🇿

Yurtga keldi to'y-tantana, keldi zo'r shodiyona,
Karnay-surnay navolari taraladi har yona.
Katta-kichik bir-biriga mehribonu parvona,
Xalqim sizga Mustaqillik bayramingiz muborak!

Bu kun asriy orzularing ushalgan kundir Xalqim,
Bu kunlarga yetolmasdan o'tib ketganlar ming-ming.
Qayta qurildi, jonlandi Toshkentu Samarqandim,
Xalqim sizga Mustaqillik bayramingiz muborak!

Yurtim uzra hilpiraydi Mustaqillik bayrog'i,
Ayting, bu dunyoda bormi o'zbekdanam boyrog'i?
Dala to'la nozu ne'mat, kuvi to'la sairyog'i,
Xalqim sizga Mustaqillik bayramingiz muborak!

Yigirma to'qqiz yil oldin Yurtim ozod, hur bo'ldi,
O'shanda tug'ilgan go'dak pahlavon yigit bo'ldi.
Do'stlarimiz qo'l berishdi, dushman kuyib kul bo'ldi,
Xalqim sizga Mustaqillik bayramingiz muborak!

Vatanim, ulug' vasfingni bitmoqqa ojiz qalam,
Chiroying qancha madh etmay tuyuladi shuncha kam.
Sendan ayro tushganlarning qalbin kemirar alam,
Xalqim sizga Mustaqillik bayramingiz muborak!

Mehri daryo Xalqim sizga Mustaqillik muborak!
Muruvvatli, sofdil Xalqim Mustaqillik muborak!
Senga tabrik yo'llar o'g'ling, vujuding bir parchasi,
Qabul ayla tanti Xalqim Mustaqillik muborak!
Assalomu alaykum qalisizlar xayrli kun barchaga bugun yaxshi kun Mustaqillikning 29-yilligi muborak. Shu kunlarga yetkazgan avvalo Allohga behisob shukurlar bo'lsin. Va shuni ham ta'kidlash kerakki shu kunlarga kelish uchun jon fido qilgan birinchi prezidentimiz Islom Karimovga rahmatlar bo'lsin. Boshim yerga tekkuncha ta'zim qilaman. Bu kunlarga yanada chiroy va qulay shart - sharoit yaratib berayotgan xalqimizni o'z farzandlaridek ko'rayotgan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga shon - sharaflar bo'lsin. Shu o'lkada dunyoga kelganimdan faxrlanaman
Assalomu alaykum Xushnud aka Rossiyadan poyezd reyslari yo‘lga qo‘yiladi degan xabar tarqaldi shunga aniqlik kiritib bersangiz iltimos rostmikin. Yo‘llar ochilishi haqida ma'lumot yo‘qmi
🎀Mohinur🎀
Mustaqillikni 29 yilligi mubborak bolsin
САИДА МУЙДИНОВНА
С ПРАЗДНИКОМ НЕЗАВИСИМОСТИ!!! ЖЕЛАЮ ВСЕМ СЧАСТЬЯ,ЗДОРОВЬЯ И МИРНОГО НЕБА НАД ГОЛОВОЙ. ХУШНУДБЕК,УДАЧИ ВАМ!!!🎈
N.Raxmataliyevna
Assalomu alaykum Xushnudbek bayram muborak bolsin
N.Raxmataliyevna
Xushnutbek judayam chiroyli vidiorolog tayorlagandim sizga jonata olmadim bayramga bagishlangan
Assalomu alaykum. Butun Oʻzbekiston ahlini mustaqillik bayrami bilan tabriklayman.
N.Raxmataliyevna
N.Raxmataliyevna
Mustaqilligimiz abadiy bolsin
Mohigul Olimjonova
Assalomu alaykum Xushnud aka sizga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman, yaqin kunlarda hademay til bayramimiz yaqinlashmoqda, yurtimizda bu bayramni keng tadbir sifatida nishonlash haqida fikr bildirildi, kanalingizda siz ham bir tanlov tashkil etsangiz xohlovchilar tilga oid ijodiy ishlarimiz bilan qatnashadi, agar taklifim ma'qul kelsa xursand bulardan, e'tibor uchun rahmat
Хуршид тоғооо гап бўлиши мумкин эмас👏👏👏
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar Bayram muborak
yo maniki
Байрам муборак булсин дустлар
Nasibaxon Bo'ronova
Ayomingiz muborak. Ota onangizga ming rahmat. Meni o'g'lim ham sizga o'hshasin.
Show next 4 comments