This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 30 more comments
Toʻgʻri bu bilan talim sifatiga 1 qadam tashlash mumkin orqaga yurilgan qadamni ortiga qaytarilmoqda. Talim sifati baribir bir toifadaku
G'iyosiddin
Super kantraktni yo'qotib kantraktni oshiradi. Bar bir xalqqa qiyin
Ситора
Tòģri. Hamma òzining bilimiga tayanishi kerak. Shunda zòr kadrlar yetishib chiqadi
Hali super kontrakt bilan o'qishga kirganlar bitirmadi bitirishsa ahvol yaxshi bo'lmasa kerak.
Soni bor sifati yuq
Kimyo texnologiyaga superga hech kim kirmaydi ozicha Amerika kashf qigandek gapirmasin
Yuridik yoki Narxoz gapirsa ishonamiz
Shukrona Qalb
Zor qaror bolibdi
Boshqa inisitutlarda ham qo‘llash kerak
Talim sohasidan super kontraktni chiqarishsayam bolardi
Mustaqillik berilgan 35 ta universtitet ham kontrakt miqdorini agar oshirsa bu jamiyatda tabaqalanishni keltirib chiqaradi manimcha
Nima bolgandayam qoyil shu muassasaga qolganlariyam shundan ornak olishsa yaxshi bo'lardi. Mayli hamma oliy ma'lumotli bo'lgani yaxshidir. Lekin sifatsiz boyvachalarni nima keragi bor bizga
&&&&&&&&
Soni bor sifati yuq
Shodmonov Doston
Super kontrakni yuqotish kk hamma narsani pul bn hal buladi degan paydo buladi
Мащхур 98
Ана энди бошланади энг кизиги. Кани кани корамизу
1.44.22.
Тугри. Супер контракт умуман булмаслиги керак. Супер контракт да укиганлар ишга борганда оддий сухбатдан хам ута олмаяпти
Assalom alekum Xushnudbek aka Qoshni davlatlarga oqishga topshrganlar davlatimiz tomonidan peravod qilib berladi degan xabarlar yurbdi bu xabar qanchalik rost iloji borcha qowni davlatlarga oqishga topwrganlarning peravodi haqida malumotlar berib turing avvaldan raxmat
Oki
Shukurullo Tolipov
Oliy ta'limda super kontraktdan butunlay voz kechish kerak.
Show next 100 comments