This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 98 more comments
Chetdan perevod qilish tartibini ham òzgartirish kerak
Pedagogikadan super kontraktni umuman olib tashlash kerak deb o'ylayman,õzi bilim bilan kirganlardan yetuk kadrlar kam bo'lsa
Umidjan Maxmudov
Жуда тўғри қарор...
Хусниддин
Аввало тиббийот суппер суппер контрактлардан воз кечиш керак
5 10 йилдан кейин хамма шунака килса керак
Super kontraktni yoqotish yangilik emas prosta eskilikka qaytish undan kora boladigan ishni qilishsin
Mayli superkontraktni olib tashasin lekin qolgan talabalar olgani kasriga kontrantini oshirishga nma bor xalqni shunchalik boy deb deb o'ylaydimi bular
Nigina
1234
Kimyo texnologiyaga superga hech kim kirmaydi ozicha Amerika kashf qigandek gapirmasin Yuridik yoki Narxoz gapirsa ishonamiz
Usha yuridik bilan narxozni ko'rvomiz kim qanaqa uqivoti. Bitirgandan keyinchi magazinga sotuvchilik qivotganlayam bor. Tak wto yuridik narxoz busin nomi ulug' surpasi quriq
Matluba Sahiyeva 💐💐💐
Rahmat shu rektorga!
Oʻzi supper kontrakt siz oʻqigan kadrlar salohiyati ham jaaa zoʻr emas 65% supper kontraktga balo bormi uzbda huddi zoʻr oʻqtib qoyadigandey😂😂😂
Мanzura SHAMS*
Яхши ўқияпти, тадбирбоз эмас. Ҳатто грандга кирган талабалар билан тенг баҳога ўқияпти
hozir institutlarda baho degan tushuncha o'qituvchini saviyasiga bog'liq/ o'qituvchilani 75 foizidan ko'pi yaxshi bahoga bilmasa qayerdan bilamiz yaxshi studentlarni
Nigina
Usha yuridik bilan narxozni ko'rvomiz kim qanaqa uqivoti. Bitirgandan keyinchi magazinga sotuvchilik qivotganlayam bor. Tak wto yuridik narxoz busin nomi ulug' surpasi quriq
Men talabasini aytmadim ximtex nega qurqmay vos kechamiz deb karillash sababini aytyapman 1 2ta superdan vos kechish jalkamas hamma gap shunda
Raxmat lekin shu rektorga UZB kelajagini shunaqa qilib oʻylanadi moliyaviy taraflama emas
Nigina
Rektor malades ekan!!!! Hamma universitet va institutlardan yo'qolsin super kontrakt bilimi borlar kirsin. Yiqilganlar tayyorlansin!nima keragi bor puli borlar uqib,ammo miyada hech nimasi yo'qlar!
Unda ishlab chiqarishga mos imtihon olish kerak har bir oqish zamon talabiga mos kadr oladi shunda va chiqaradi
Keep In Touch
hozir institutlarda baho degan tushuncha o'qituvchini saviyasiga bog'liq/ o'qituvchilani 75 foizidan ko'pi yaxshi bahoga bilmasa qayerdan bilamiz yaxshi studentlarni
Бу қиз ЖОКУга кирган. Ўзим журналист бўганим учун устозларининг ҳам савиясию билимидан хабардорман.
Show next 100 comments