This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Barcha OTM lar shunaqa qilishsa yaxshi bulardi. Maktablarda õz fanini yaxshi bilmaydigan kadr kopayib ketti. hattoki õquvchi ulardan yaxshiroq.
Nigina
☆❤Abdullayeva Madina❤☆
Supperga faqat oqimaganlar kirmaydi emas ular ayrim talabalardan 1000chandon kuchlu oqiydi lekin ayrim sabablarga kora kirish imtihonidan yiqiladi holos lekin budjet asosida oqishga kirganlardan ham zor oqiydigonlari bor.
Eng zo'r o'qisa kirish balidan 4 bal bas osn sizningcha ham boraylik 10 ball pas osin. Undan kami kamda! O'qimagan tupoylar ham bor bu haqiqat 40 30 20 ballab yig'olmaganlarchi
Мanzura SHAMS*
Бу қиз ЖОКУга кирган. Ўзим журналист бўганим учун устозларининг ҳам савиясию билимидан хабардорман.
man umumiy gapiryapman har bir institutga kirib chiqmaganman/ lekin degan tarafini aytishim mumkin qaysidir sohada ko'zga ko'ringan kimdir bormi degan oddiy savol bor? mayli bu savol eskidir lekin shu o'qituvchilarni talabasiku shular ham ertaga bulani 10 foizi yana talabalaga dars berib yana aylanaveradi/ 10 foiz bundan mustasno aytib qo'yay
...typing
Super kontrakt bu- oshkora korupsiya.
Ta'lim sifatiga ham ta'sir qiladi
☆❤Abdullayeva Madina❤☆
Supperga faqat oqimaganlar kirmaydi emas ular ayrim talabalardan 1000chandon kuchlu oqiydi lekin ayrim sabablarga kora kirish imtihonidan yiqiladi holos lekin budjet asosida oqishga kirganlardan ham zor oqiydigonlari bor.
ha manam shunaqa odamla bilaman. Hozir 1 ta si Magistraturaga o`z kuchi bilan kirib o`qivotti. Bilimli kuchli talaba bo`gan. 4 yil oldin kiromaganidi. Test tizimi har doim insonni bor bilimini ko`rsatishga yo`l bermidi.
Rektorni fikriga 100% qoshilaman. Songa emas endi sifatga ishlash kerak. Sifatsiz kopayib ketdi. Kirolmaganlar supper tolaguncha yana bir yil sabir qilib qattiq tayorlansa uzini kuchi b.n kirsa soxani masulyatini xis qila oladi. Nomiga kunim otsa boldiga ishlidiganlar nomiga kelib ketadiganlar kamayadi
Super, muper qilib, pul yig'ib olishyapti, bitirganiga ish yo'q
Oqilaxon Tursunova
Tibbiyot,ximiya texnologiyalari,yadro fizikasi,yuridik institutlarda super kontrakt bo'lmasligi kerak.Farg'ona univarsitetida perevod,sirtqi ,superkontrakt... ko'pligi uchun o'qish 2 smenada.
Ajoyib qaror. Eng avvalo Med Institutlar super kontraktdan voz kechishi kerak. Savodsiz texnik texnikani buzadi, lekin savodsiz shifokor esa.... o'ylash ham daxshat. Iloji bo'lsa supper kontraktlarni barcha sohadan yo'qotish OTM lar reytingini eng asosiysi yaxshi kadrlarni saqlab qolishni asosiy omili bo'lib hizmat qiladi.
😊Gulmira
👍👍👍👍👍👍
Bilimi bor,Alloh bergan qobilyatini yuzaga chiqargan inson, o'qishi kerak
Eeee xullas jonga tegdi Xushnudbek aka koʻtaring shu muammoni oldingi OTM ga kirish tizimi qollansin kirish qiyinlashsin mana otmga kirishda ancha korupsiya yoʻqoldi oldingi tizim yaxshi edi faqat mehnat qilib oqigan kirsin
Умида Бахрамовна
Супер контрактдан пед ва мед университетлар воз кечиш керак
Ta'lim sohasida ham super kerakmas, chalasavod o'qituvchi ko'p shundoq ham
Фаррух Одилов
Суппер контракт йўқ бўлса яна чўнтакка ишлидиган пайтлар қайтиб келар эканде.
"Яшасин соққакашлик"
Nigina
Rektor malades ekan!!!! Hamma universitet va institutlardan yo'qolsin super kontrakt bilimi borlar kirsin. Yiqilganlar tayyorlansin!nima keragi bor puli borlar uqib,ammo miyada hech nimasi yo'qlar!
Hech kim bilib tushmidi.Har bir oqish ozidan kelib chiqib amaliy imtihon olsa qolgan imtihonla 2 daraja bolsa imtiyozla qoshilmasa hech qanday test variantini yoq qilsa koramiza kimla oqishga kira oladikan
Bu hali voz ke4ildi deganimasku 1 yildan keyin fikri 6zgarib qoliwi mumkin, quruq gap xolos xammasi. Majlis 6tkazib hammani vaqtini olib bular 6zi4a yig'iliwvolib qurub gap bn ommaviy axborot vositalari ovora qiliwni nima keregi bor. Hali j6jani kuzda saneymiz deydiku. Keyingi yilga 2 baravar k6p aupper oladi hali rektor 6zgarsa, ch6ntagini t6ldiriw kerakku axir yangisiyam.
one person....
Yaqin 5 yilda bu super uqiyotganlarni asoratini kuramiz... Afsus...
Davletova Sayyora
Bu ishni oldinroq qilish kerak edi, hechdan ko'ra kech bo'lsa ham qilishyaptiku, buni qolgan OTMlar ham qo'llashsa juda yaxshi bo'lardi. Shu paytgacha super kontraktga o'qiganlar hech yaxshi natija ko'rsatishmayapti.
Show next 100 comments