This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Super kontrakt tizimi faqat ushu oliygohda emas balki oliy talimning hammasida olib tashlanishi kerak sababini yaxshiroq bilasizlar
Сайфиддин
super contrakt bor narsa .Kim nima desa desin .1.2.3.yoki 4 ball etmaganlarga joriy q'ilish kerak.Undan pastiga uzir !!!! tayorlanish kerak
ИРОДА ОЛИМЖОНОВНА
Ассалому алайкум. Қайсидир маънода супер ҳам керакдир, лекин меъёр белгиланса яхши бўларди.
Keep In Touch
man umumiy gapiryapman har bir institutga kirib chiqmaganman/ lekin degan tarafini aytishim mumkin qaysidir sohada ko'zga ko'ringan kimdir bormi degan oddiy savol bor? mayli bu savol eskidir lekin shu o'qituvchilarni talabasiku shular ham ertaga bulani 10 foizi yana talabalaga dars berib yana aylanaveradi/ 10 foiz bundan mustasno aytib qo'yay
Кечирасиз, мен Миллий университетнинг филология факультетида ўқиганман. Бирорта устоз бирор талабадан таъмагирлик қилмаган. Ҳозир ҳам шу домлаларнинг аксарияти ҳаёт, дарс беряпти. Журналистика соҳасидачм шу гап. Ўқимайдими, тадбирчими, пиарчими устозга аҳамияти йўқ. Мен кўплаб олий ўқув юртлари мисолида имботлаб беришим мумкин.
Biz oldinlari 130 bal bilan kontraktga ham ilina olmaganmiz hozir 130 pachti grant 56 kontrakt nimasi bu undan koʻra Otm kollejga aylantirildi deb qaror qabul qilinsin 😂😂😂
Olimova Shohida
Men ham shu fikrdaman
Taʼlim sifatini yaxshilash deganda Top mingtalik universitetlar qatoriga kirishni nazarda tutishmoqdami?
Olimova Shohida
Xushnut aka pachti hamma oliy talimda super kantrakt degan narsa yoqolsinñnnnnn
Shunday qilsine puli kòp otasini erkatoylari bosib ketdi institutni
Hamma oliy ta' lim yuq qilish kerak superkomtraktni
Olimova Shohida
Qirgiz pirgizlaniyam yoqotsin
Aziz S...
Oldingi tizim qanaqasiga yaxshi bo`sin.
Oldinlari faqat oʻqigan kirar edi hozirchi toʻgʻri oldinlari qingʻir ishlar kuzatilgan lekin kirishda korupsiya ancha yoqolgan
Hech qachon bu muomoni super kantrak hal qimidi.variantli test rejmi yoq qilinsa xaqiqiy bilmi borla kiradi tavakal bolmaydi.Bu narsa Uzbekistonda bolmaydi.Yangi tizim Dtm tuzish kerak uni tuzadigan odam tepada yoq☝️
Judayam tòģri qaror umuman boshqa oliy ta'lim muassasalari ham shunday qarorga kelishsa nur ustiga a'lo nur bòlar edi
Puli kop otasini erkatoylari emassss. Oqiyman deb kurashganlar ham bor ulani ichida
Yana korupsiya boshlanar ekanda
Olimova Shohida
Qirgiz pirgizlaniyam yoqotsin
Qirgʻizdan oʻqishini koʻchirgan talaba derazadan tushsa boʻladimi degan koʻzimizni oldida nimasi bu😂😂😂
Charoskhan Tursunova
Super kontraktda ham bilimlilar boladi ozgina omad yetishmay 1 2 bal yetmay qolishi mumkin lekin bazi imtiyozli talabalar bazi super qilgan talabalardan ham kam ball toplab grantda ham oqiyaptiku vaziyatni bu tarafini ham korib chiqilsa bolardi
Sizni fikriz to'g'ri, men ham superkontarktga kirganman lekin yahshigina harakat qilaman va bu harakatimga hamma kursdoshlar havas qiladi, lekin darsdan keyin men kutubxonada qolaman yoki o'qituvchilarning oldida qolaman, grandga kirgan kursdoshlarim yotoqxonaga borishi bilan kechki soat 8 gacha uxlaydi, buyam mayli men shuncha vaqt sarflab shuncha uyoqdan buyoqqa yugurib sessiyani 3 bilan yopaman ular shu yurishda 4 ga yopishadi yana stipendiya ham olishadi, eng yomon korganim o'qituvchini yoniga kirib byudjet edim stipendiyadan qolib ketmay 4 quyib bering deyishi 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️, guruhni yarmini kurs ishini bajarib berib men 3 oldim ular 4 olishdi, boshqa fandan esa jurnalda ularga 14 ta baho quyilgani uchun imtihondan ozod qilib 5 quyishdi men esa jurnalda 13 baho bulgani uchun imtihonga qatnashib 3 oldim, shunday asabim buziladi eslasam 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Сайфиддин
Takror aytaman 1.2.3.4 balgacha dabro.Undan pastiga keyingi yilga ruxsat deyish kerak
Wu iw yaxwi bopti 👍👍👍
Show next 100 comments