This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Barno
Хушнудбек илттмос Призидентимиз фармонига асосан олий талимга сиртки булимига хужжат топширган, лекин кира олмаган педагог ходимлар учун максадли кабул ташкил килинган ва хужжат тайёрланган эди. шу хакида бирор малумот бера оласизми.
Hamma OTMlarda super kontrkatni yuqotiw kk menimcha
Xushnud akani lichkasiga qanaq yozsam buladi
Bizda kirish qiyinu bitirish oson uni teskarisi bulsa yaxshi chunki talaba bitirish qiyinligini biladi keyin o'qiydi o'qish bilan ish boshqa boshqa hech qachon ishlab chiqarishga kelganda kitobiy bo'lmaydi
Super kontraktni yoqotishi yaxshi ammo kontraktni ko'tarishi yomon bo'pti chunki o'zbek xalqida faqat oylikda ishlaydigan aholi ko'p qayerdan to'laydi buncha kontraktni bechora xalq o'zi yesinmi yo topgan pulini davlatga to'layversinmi qachongacha yuramiz bunaqa qilib😑😑
Taʼlim tizimidagi adolatsizloklarni deb oʻqishga kira olmasdan sarson boʻlib yurgan "sal boʻlsa ham bilimi boʻlgan" abituriyentlar uchun kompensatsiyani kim toʻlab berar ekan? Shu savolga kimdir javob bera oladimi?
Манимча 70-80 % одамлар супер контракни бекор килиш тарафдори булса керак.
Яхши буларди йук килинса мед институтда хам
Hammaga omad va hayr bu bizni yozishmalarimiz oddiy bir chatda aylanaveradi aylanaveradi baribir yuqorida oʻtirganlar nima desa oʻwa boʻladi vaqtinggizni foydali narsaga sarflang Hammaga omad yor boʻlsin✋✋✋
Kimyo texnogiya institutini o'zi bir ahvolku qanaqa qilib ta'lim sifatini oshirmoqchi, agar rosttan ta'lim sifatini oshirmoqchi bo'lsa 70-75% o'qituvchilarni ishdan olish kerak.
Super kontrakt bilan muammo hal bo'lmaydi. (Shaxsiy fikrim albatta)
Hoh tibbiyot bo'lsin hoh iqtisod birgina test hech narsani belgilab bermaydi amaliyotni kuchaytirish kerak oliy talimda
Super kontraktni hamma institutlardan olib tashlash kerak emas faqat balini belgilab qoyishsin masalan kiriw baliga 5balgaca yetmaganlargina tõlab õqiydigan qiliwsa yaxwidi chunki nechi yillab õqiganlar 1ballni deb 1yil yutqizib qõyiwi mumkin shunichun kiriw baliga azgina yetmay qolgan abituriyentlargina super kontrakt tõlagani yaxwi dp õyliman manmcha abituriyent kirish baliga 1-2ball yetmagan ballni yigiwi uchunam ancha õqigan boliwi kerakda masalan Toshmi Yuridik universitetlarida ballar yuqori bõladi xatto 165ball olganlar ham kirolmaydi wuncha ball yiggan odam qancha õqigan bõliwi kerakligini hamma abituriyentlar tushunsa kera
Hamma institut shunday qilish kerak
Bunda ko'ra tibbiyotdan olib tashlash kerak birinchi
Qozog'iston haqidagi postlarga komment ochilmadida yaxshi gaplar boridi.
Kontraktni hamma o‘qishga qabul qilingandagi nechanchi o‘rinda turganiga qarab to‘laydigan qaror chiqarishsa yaxshi bo‘lardi.Necha yillab mehnat qilib,repetitorlarga borib tayyorlanib birinchi o‘rin kontrakka kirgan talaba ham,tayyorlanmay taxmin bilan kirgan eng o‘xirgi o‘rindagi talaba ham bir xil kontrakt to‘lashi nohaqlik menimcha.
Yoki bo‘lmasa yengilliklar yaratilishi kerak.
Assalomualaykum Xushnudbek aka juda tug'ri qaror bulibdi bizni institut ham shunday qilarkin
Bizda oliy ta'limda bollar o'qishga qiynalib kiradi kirgandan so'ng nohaqliklar tufayli o'qimaydi bu kimga foyda bu yerda qanaqa kirishni emas balki tizimni o'zgartirish kerak
Show next 100 comments