This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Òzi Òzbekiston hududida supper kontraktni butunlay yòq qilish kerak
Orifjon Safarov
Суперни ҳеч бўлмаса 1-тоифасини қолдириш керакмиди, 2-3 балл етмай қолган абитуриентга алам қилади.
ОТМ кискартиш лозим канакадур контрактлардан воз кечмасдан хар йили минглаб битрувчилар ОТМ тамомлаб йилаб ишга жойлаша олмайди.
Салохиддинов
Oxirida kirgan talaba, o'qimaydi degani emas, balki uni tayyorlovga borishga sharoiti bulmaganidan, bir ammalab kirgandir, u ham o'z bilimiga, o'qishga kirishiga ishonib topshirgan, qanday qilib u talabaga sen koproq pul tolaysan oxirgi bulib kirding deyish mumkin, agar u kop pul tulasa siz kam pul tolasangiz, bu bilan unga kuproq sizga kamroq bilim bermaydiku, yoki unga kuproq dars utib bermaydiku,
Yo‘q ular ko‘p to‘lashsin demoqchi emasman.Shunchaki yuqori o‘rindagi talabalarning to‘lov miqdorini oz-oz bo‘lsa ham kamaytirishsa demoqchi edim.
To‘g‘ri agar kam bal olganlar ko‘p to‘lashsin biz kam to‘laylik deganimda nohaqlikni kattasi bo‘lar edi lekin men boshqa narsani nazarda tutgandim.
O'zbekistondagi barcha Oliygohlarga super kontrakt olishni yo'q qilish kerak.O'zi O'zbekistonda kadirlar yetarli ish yo'q.25 stafka ish uchun 500-1000$ gacha berib kirishyapti.O'zbekistonda 2×2ni bilmaydiku lekin pulni kuchi bilan o'qishga kirib o'qidiganlar kam emas.Qo'shni davlatlardan O'zbekistonga prevod qilib kelyotganlar ham ko'p.Shuni ham yo'q qilish kerak yoki chetdan prevod qilib kelyotganlarga ham yo'nalishiga qarab O'zbekistondagi ball bilan baravar qilib qo'yish kerak.O'nta emas bitta aql forasatli kadr yetishtirsin yetadi shu ham
Matnazarova. M.
Assalomu alaykum hamma Instda superkantrakni yoq qilish kk
Matnazarova. M.
👍👍👍
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, men sizni doimiy kuzatuvchingizman. Mavzudan tashqari bir masala haqida sizni fikringizni bilmoqchi edim. Mana hozir maktablarda ham 24-yanvarga qadar dam olish belgilanganiga qaramasdan, lekin o'qituvchilar maktablarga majburan chaqirilib kun davomida vaqtlarini maktabda o'tkazish talab qilinmoqda. Albatta buni hech qaysi maktab mamuriyati tan olmaydi, ammo amalda shunday. Bunday holatga birorta qonuniy asos bormi? Ayni kunlardagi pandemiya davrida bu to'g'ri deb o'ylaysizmi? Men ta'lim sohasida ishlamasligimni takidlab qo'ymoqchiman, faqat o'qituvchilarni vaqtlari behuda ketayotganiga befarq bo'lgim kelmayapti.
nurik
Toʻgʻri, hayotimiz uchun muhim yoʻnalishlarni shu tizim joriy etilmogʻi lozim deb oʻylayman
Bu super muper umuman keraksiz edi o'zi. allaqachon vos kechish kerak edi bu tizimdan, 5 ta institut yoki universitetni tanlash ham kerak emas tavakkalchilar ko'payib ketdi.
RAKHIMOVA ZEBO
Ahmoqning katta kichigi bòlmaydi. Bilimning nima keragi bor òzi. 1 ball olgan ham òqisa. Iltimose, men Oliy ta'lim vaziri bòlgunimcha, ta'limni oboradigan joylaringga oborib qòymanglar. Qaytarib kelolmay sochimga oq tushmasin!!!
Бегали Куватов
Талабага диплом бермаслик керак, талаба буюртма килган билимни бериш керак, беролмаса контракт пулини ва талаба кетгазган вакт пулини кайтариб бериш керак...
Agar super kantrak olib tashlansa köplab OTM larga kirish uchun test sinovida bugungidan ham köp korrupsiya aralashadi. Qachonki DTM 100% test jarayonini shafoflashtirsa (qoğozda emas amalda) shundagina super kontraktni olib tashlasa böladi. Chunki bugun puli bor u bilimi kamroq oldin talkashga bergan pulini davlatga berayapti. (Six ham kabob ham kuymaydi) bu albatta shaxsiy fikrim.
Super kantrak va qoʻshni davlatlardan oʻqishni osongina koʻchirish bizning taʼlim tizimimizning eng achinarli xatosi hisoblanadi.
Бор эканку илмга эьтиборли ректор,узи хамма жойни аввалги паровоз билан укишга кирган талаба энди супер контракт билан укиб тугатадиган талаба босиб кетди.Узбекистонни ривожланишини уйлайдиган ректор топилганига рахмат. Яна бир маслахат иктисодчиларни,математик ва физикларда зам йукатиш керак,булмаса ривожланиш булиши кийин масала
Shukur
Assalomu alaykum bu toʻgʻri qaror hamma unverstet bundan oʻrnak olish kerak super kontrakt yoʻq qilish kerak Taʼlim sifatini bosqichma bosqich oshirish talabalarni ish bilan qamrab olishga e'tibor berish kerak super kontrakt hamma Universitetda yoʻq qilish kerak imtiyozlarni ham qaytadan koʻrib chiqish kerak va kamaytirish kerak shunda bilimli kadrlar yetishib chiqadi
Аник фанларнинг хаммасида супер контрактни тугатиш керак,саволларни кийинлаштириш керак бу менинг фикрим
Salom Xushnudbek aka kanalizni doim kuzatip boraman.Super kantiraklar yuq bulsa yana birovlarni urnidan kirgich odamlar kupayip ketadimi dep uylayman mayli yuq bumasin davlat budjetiga foyda buladi bazi bir ota onalar aldanip qolyapti uglizni qizizni uqishga kirgizaman dep aldaydiganlar kup .Xar bir ota ona bolasini uqishini xohlaydi xech bulmasa usha insetutda 1balldan 5ballgacha yitmaganlarga bonuslar e'lon qilsin yanayam biz kichkina odam uzimizni taklifimizni bildirdik
Feruza
Tòģri keyin òqish tizimini ham qattiq qilish kerak
Mana bu to'g'ri qaror.Bu masalani barcha moliyaviy mustaqillikga erishga oliy ta'lim muassasalari o'ylab ko'rishsa nur ustiga nur bõlar edi!
Albatta senatorlar bu super kontrakt boyicha oylab korishi kerak. Agar super kontrakt yoqotilsa yana masheniklar paydo boladi. Masheniklar foydalangandan super kontrak bolgani maqul, lekin oqish jaroyonida korupsiyani yoqatish kerak.
Show next 79 comments