This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Abdullayev Xurshidbek (TKTI)
Raxmat. Zo'r
Fotima Ergasheva
Zo‘r qaror
Charoskhan Tursunova
AKT_Magistr 5A130201
1 2 balni tushunsa boʻladi 10 va 15 ballarnichi
Hop superkontraktni yoqotar ekan unda imtiyozlarchi togri shuncha ball yetmay super qilganlar bor lekin kirish balini yarimni ham toplar toplamas granta oqiydiganlarchi o'zbda faqat granda imtiyozlilar oqiydi yaqinda instlarda ham faqat imtiyozlilar qabul qilinadi buni ham ko'rib chiqish kerak deb óylayman
Bu kelajakda yaxshi kadrlar chiqarish uchun to'g'ri qaror. Boshqa OTM lar ham o'z sohalariga qarab, hech bo'lmaganda talaba bo'lish uchun o'tish ballini kamida maksimal ballning 30-40%i qilib belgilasa yaxshi bo'lardi. Chunki oliy ta'limni o'zlashtirish uchun ham fundament bo'lishi kerak.
Byudjet yoki kontrakt asosida oʻqiydigan talabalar 100% bilim bilan oʻqishga kirgani yoki yoʻq hammaga maʼlumku. Ular bilimliyu boshqalar bilimsizmi. Bizda oʻqishga kirish qiyin lekin uni bitirish muammosiz. Kirgan albatta bitirib chiqadi. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda kirish oson bitirish qiyin. Kontrakt toʻlayman deyaptimi pulini olib oʻqitaverish kerak. Fanlarni oʻzlashtirolmadimi oʻqishdan chetlashtirish kerak. Har yili avgustda qanday oʻyinlar boʻladi bilmaymizmi. Oʻqishga qabul qilinganlardan qaytadan imtihon olinsa ahvol kunday ravshan boʻladi. Xullas befoyda bu gaplardan. Institut mustaqil boʻlgani uchun nima toʻgʻri deb bilsa oʻshani qiladi. Bu fikrlarni qaror chiqaradiganlarga hech qanday ahamiyati yoʻq.
Эээ бу инстни яна битта найранги буни оркасида факат пул турибди хаммаси ёлгон
Зўр булибди 100% қўшиламан
Zór fikr. uzb ni kóp universitetlar oddiy kontraktga ham arzimidi super uyoqda tursin
Malades buni mustaqillik desa liberallizmga biroz yaqinlashish desa boʻladi. Qolgan och boʻlgan iqtisod yuridik toshmiy va boshqa pedagogik inst va univerlar deyarli hammasi ham oʻrgansa yaxshi boʻlardi. Oʻqituvchi kam deb leksiya darslar online qilingan . Oʻqituvchi yetarli boʻlsa xona yoʻq deydi. eee koʻzilar ochlik qilmay sifatni ham oʻylelar degim keladida shu barcha univeralarga sifatni ham oshirsin sonni ham oshirsin hech kim qarshi boʻlmidi shunda .
Hurriyat Ibragimovna
OTM har qanday savodsizga diplom berishni to’xtatishi kerak aslida. O’qishga kirdimi OTM talabiga javob bermasa o’sha vallomatdan voz kechishni yo’lga qo’ysin shundagina falon po’l to’lasa ham bilimi bo’lmasa diplom ololmasligini anglaydi savodsiz boylar. . Foydasiz biznesga pul tikmaydi shunda odamlar. Savodsiz kadr tayyorlashda OTM 100% aybdor chunki har qanday kishi kirdimi albatta diplom oladi. Bu juda achinarli hol
Assalomu alaykum mani fikrimcha superdiyam harbiy farzandlariga nogironlarga berilayotgan imtiyozam olinsa chunki kup tupoyla shular grandma uqiyopti
Бу бевосита ўқитувчиларнинг ҳам қисқаришига олиб келади
Guljahon Xushvaqtovna
Assalomu alaykum mani fikrimcha superdiyam harbiy farzandlariga nogironlarga berilayotgan imtiyozam olinsa chunki kup tupoyla shular grandma uqiyopti
Assalomu alaykum nogiron soʻzini qoʻllamang iltimos imkoniyati cheklangan deng.
Shu commentni oqiyotganlar boʻlsa iltimos nogiron soʻzini qoʻllashni bugunn ayni hozrdan nutqimizdan yoʻqotaylik Bu N****n soʻzi juda ham insonni dilini sindiradigan soʻz oʻzilar ham bilaszlar . Oʻzi qiynalib yashaydigan insonga bunday gap bn murojat umuman nohaqlik.
-E'zozxon Tojieva-
Zo'r qaror bo'libti
Tibbiyot institutlarida ham shu qarorni yo'lga qo'yish kerak
-E'zozxon Tojieva-
Barcha berilgan imtiyozlarni ham olib tashlash kerak,,,Xaqiqiy bilimli yoshlar o'qisin
Воз кечишга харакат киламиз дегани зали воз кечдик дегани эмас,бунга тускинлик киладигалалар чикади,курамиз,лекин яхши булади билимлар колиб кетмоқда.
Айникса тиббиет олийгохлар хам урнак олишсин
Dilfuza Qo'ldosheva55433
Perovod xaqida ham post yozing
Укитувчи макоми тугрисидаги Конун лойихаси мухокамаси нима булди шу хакида хам ёзинг
Magistraturani qareylar, bemaza qovun urugidek kopayib ketdi. Eeee ta'lim tizimi hecham yo'lga qo'yilmayapti.... davlat faqat moddiy tushumni o'ylayapti.
Ajoyib qonun, shu bn birgalikda harbiylar farzandlariga berilayotgan imtiyoz ham bekor qilinishi asosli deb o'ylayman.
Show next 37 comments