This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент кимё-технология институти келгусида «супер-контракт»дан воз кечмоқчи

Бу ҳақда институт ректори Ботир Усмонов АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

«Биз кейинги йилдан бошлаб супер-контрактга талаба қабул қилишдан воз кечишга ҳаракат қиламиз. Чунки биз таълим сифатига асосланган «бренд» яратишни мақсад қилганмиз. Шу боис фақат иқтидорли ва ишлаб чиқарувчиларга маъқул келадиган номзодларни талабаликка қабул қиламиз», — дея таъкидлаган ректор.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган институтда кейинги ўқув йилидан тўлов-контракт миқдори ошиши мумкин. Аммо бу фақат янги қабул қилинадиган 1-курс талабаларига тааллуқли бўлади. Институтнинг 2-4-курс талабаларида контракт миқдори ўзгармайди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Guljahon Xushvaqtovna
Assalomu alaykum mani fikrimcha superdiyam harbiy farzandlariga nogironlarga berilayotgan imtiyozam olinsa chunki kup tupoyla shular grandma uqiyopti
Assalomu alaykum nogiron soʻzini qoʻllamang iltimos imkoniyati cheklangan deng.
Shu commentni oqiyotganlar boʻlsa iltimos nogiron soʻzini qoʻllashni bugunn ayni hozrdan nutqimizdan yoʻqotaylik Bu N****n soʻzi juda ham insonni dilini sindiradigan soʻz oʻzilar ham bilaszlar . Oʻzi qiynalib yashaydigan insonga bunday gap bn murojat umuman nohaqlik.
-E'zozxon Tojieva-
Zo'r qaror bo'libti
Tibbiyot institutlarida ham shu qarorni yo'lga qo'yish kerak
-E'zozxon Tojieva-
Barcha berilgan imtiyozlarni ham olib tashlash kerak,,,Xaqiqiy bilimli yoshlar o'qisin
Воз кечишга харакат киламиз дегани зали воз кечдик дегани эмас,бунга тускинлик киладигалалар чикади,курамиз,лекин яхши булади билимлар колиб кетмоқда.
Айникса тиббиет олийгохлар хам урнак олишсин
Dilfuza Qo'ldosheva55433
Perovod xaqida ham post yozing
Укитувчи макоми тугрисидаги Конун лойихаси мухокамаси нима булди шу хакида хам ёзинг
Magistraturani qareylar, bemaza qovun urugidek kopayib ketdi. Eeee ta'lim tizimi hecham yo'lga qo'yilmayapti.... davlat faqat moddiy tushumni o'ylayapti.
Ajoyib qonun, shu bn birgalikda harbiylar farzandlariga berilayotgan imtiyoz ham bekor qilinishi asosli deb o'ylayman.
Assalomu alaykum
Hushnudbek aka ohirgi habarizda qishgi ta'til yana cho'zilganini yozib keyin yana o'chirib tashladingizmi?
Asrorov Doniyor
Hamma instutla shunday qilsa yaxshi boladi chunki bilim doirasi ham kk faqat pul bilan kiradigon bo'lsa ertangi kunda malakali kadrlar kamayib ketadi
Marg'uba Mahammadaliyevna .
Assalomu alaykum Hushnudbek supper kontrakt o'zi bo'lmagan narsa deb o'ylayman .Hamma istitutlar shunday qilsa yaxshi bo'ladi , chunki, bilim doirasida faqat puli borlar yani bilimsiz kirib o'qib ertangi kelajakni qanday o'qitib tarbiya berishadi. Bu borada sizning fikringizga qo'shilaman.Umum ta'lim maktablarda oliy ma'lumotga ega bo'lmagan ko'p stajga ega o'rta maxsus o'qituvchilar juda ko'p.Ular ba'zi oliy ma'lumotli o'qituvchidan yaxshidir.O'rta maxsus o'qituvchini maqomi tobora pastga tushib ketyapti.Sizdan shuni iltimos qilardimki, "Maqsadli qabul" doirasida o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilarni o'z ish o'rnilarini saqlab qolishsin .
Nilufar Namozova
тугри карор булибди, тиббиет ва юридический , педагогика йуналишларида хам супер контракт ни бекор килишса жуда яхши буларди
Dildora_
Ozi pul borlar uchun bb qoldi oqish bu yogi chetga osson kirib oqimay perevod Kim oylab chiqargan bolsa ham shuni girt ahmoqlik
Super kantrakt qarorla bir tarafdan tugʻridir ammo qoʻwni mamlakatlarmizda oʻqib kelyotganlarni esa batamom yuq qilw kerak
Rustamovna
Assalomu alayku.Sizning kanalingizda eng ishonchli xabarlar yoritiladi.Nodavlat ta'lim muassasalari haqida kengroq to'xtalib o'ting.Nodavlat OTM bitiruvchilari Davlat tashkilotlarda ishlash huquqiga egami?
Nodavlat OTMlardan Davlat OTMlariga perevod qilish mumkinmi?
Мен студент бўлмаганман, лекин шу фикрга қўшиламан.
Assalomu alaykum. Meni fikrim õqishga erkinlik berish kerak.
1. Kadr kôp bõlsa tanlash imkoni bor.
2. Diplom orzu bõlib qolmaslik kerak.
3. Maktablarda beznes darslarini õtish kerak. Bolalarga beznes uchun bilim va kõnikma berish zarur.
4. Faqat nazariya bilan cheklab qolmay , biz ham olamshumil yangiliklar qilaylik.
Xalmatova Muxayyo .
Judayam yaxwi qaror qiliwibdi hozir imtixonga kirib chiq ozroq bal to'plasang super qilamiz deydigonlar juda ko'p bilimigamas puliga iwonib qolgan ko"pchilik svodsiz bilimsiz odamni diplomi kimga kerak boshqa oliygohlar ham wunday qilishsa zo'r iw bo"lardi
Сизни одобингизга, билимингизга, фиерлашингизга ҳавас қиламан.Оддийгина айтганда катта ҳурмат қиламан.Фейсбукда каналингиз бўлса, албатта аъзо бўламан.Хоразмга,Гурланга,мактабимга меҳмонга келсангиз жуда зўр бўларди,албатта келинг
Ўқувчиларимга ҳам катта мотивация бўларди
Show next 24 comments