😀 Nihoyat bugungi matematika olimpiadasi natijalar va g‘oliblarni e'lon qilamiz!
Bugun 1-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan oflayn olimpiadada
jami 276 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari
soat 21:00 dan boshlab elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.
🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 28 nafar o‘quvchi turli darajadagi
medallar bilan taqdirlanadi.
Taqdirlash marosimi mart oyi 2-yarmida o‘tkaziladi.
📊 Eslatib o‘tamiz,
2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining
reyting ballari jamg‘arib boriladi va
"YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi.
😀 Barcha hududdagi natijalar aniqlangach, ba'zi o‘quvchilar
"SUPER FINAL" ga yo‘llanma olishadi.