Бугун, соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган «Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

Бугун аниқ бир мавзу танланмаган, мухлислардан келган саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.

Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзилдан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

YouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Саволларингизни изоҳ сифатида қолдиришингиз мумкин, имконим етганига жонли эфирда жавоб қайтараман 👇


👉 @xushnudbek 👈

172 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev. 3- sentabrdan OTMlarda online o'quv yili boshlandi. Afsuski, kundan kunga tashkil qilingan platformadagi darslar sifati pasayib, hatto 3-kundagi, ya'ni kecha bo'lishi kerak bo'lgan bitta ma'ruza va bitta seminar darslari bo'lmadi. Talabalar davomatdan qo'rqib, o'qituvchini kutaverib 240 minut vaqtlarini isrof qilishdi. Mutasaddilar bilan esa bog'lanib bo'lmayapdi. Darslar shunchaki, ho'jako'rsinga o'tilayotgandek, nazarimda. Ko'p o'qituvchilar dars davomida robotga o'xshab dars o'tishyapdi, shunchaki slaydni o'qib berish bilan kifoyalanishadi. Undan ko'ra slaydni o'zimiz 20 minutda ko'rib chiqganimiz afzalroqku, 120 minut vaqt sarflagandan ko'ra. O'zi OTMlardagi dars sifatini, o'qituvchilar saviyasini muntazam tekshirib turadigan biror mustaqil, keng vakolatli tashkilot bormi? Agar bo'lmasa, shunday tashkilot tuzish taklifini bildirsangiz. Axir qachongacha hamma sifatli ta'lim uchun chetga chiqib ketadi. Iltimos, shular haqida to'xtalib o'tsangiz, ko'rsatuv davomida
O‘zbekiston respublikasi fuqarosi sifatida ona tilimizni himoya qilishimiz har birimizning burchimiz, biz hozir kelajak avlodga vatanga muhabbatni oiladan, bog‘chadan, maktabdan boshlashimiz kerak. maktablarda imloviy savodxonlik darslari yo‘q, matn tahlili yo‘q, badiiy adabiyot mutolaasi yo‘q biz yana dars soatlarini qisqartirayapmiz? qaysi davlatda bo‘lyapti o‘z ona tilisini dars soatlarini qisqartirish! men o‘qituvchi emasman oylik maosh uchun gapirmadim jamiyatni bir vakili sifatida gapiryapman. Bugungi kechki dasturda shu masalaga ham to‘xtalib o‘tishingizni iltimos qilar edim hurmatli huquqshunos blogger Xushnudbek Xudoyberdiyev
Тураева Бахор
Ассалому алейкум Хушнудбек Худойбердиев саволим чет мамлакатдан укишини кучириш бн боглик онлайн тестни утиш бали хакида хеч каерда малумот йук биз ота- оналар сикилиб кетдик чет давлатларда укиш бошланиб кетган.Мабодо бали утмаса бориш кандай булади тезрок бир карор чикаришса яхши буларди.Утиш бали 2017йил 56.7балл деб эьлон килинган шу бу йил ун хам тугри келадими.
Sardorbek. Gulimov
Salom Hushnudbek aka bugungi yuridik klinika loyihangizda bola pulini olish va bola parvarishi uchun olinadigan pullar haqida ma'lumot bering .nega bu pullar mahalla oqsoqollari orqali chiqadi ?
Apellatsiya haqida tushuncha bersangiz tartibini men olgan ballimdab noroziman tekshirishda xatolik ketganiga aminman qanday qilib apellatsiya bersam bo‘ladi apellatsiya berish uchun viloyatlarga murojat qilsa bo‘ladimi
Qanday tartibda ko‘rib chiqilasi
Iltimos apellatsiya haqida ma'lumot bering
Sanjar Saidahmedov
Mandat .uz sayti ishga tushirilishiga mutlaqo qarshiman
Apellatsiya haqida ma'lumot bering qanday bersak buladi tartibi qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi
Apellatsiya haqida ma‘lumot bering
😎😎😎
Assalomu aleykum. Savolim shundan iboratki shu yil super kontrakt narxini ham 10% kam to’lash mumkinmi?
Ассалому алайкум мени саволим Россия ТОП-1000 ликда укиетган талабаларнинг хужжатлари качон куриб чикилади шу хакда маьлумотларни берсангиз
Raxmatilla
👀
O'tkirjon Quchqorov
Assalomu alaykum! Men o'qituvchiman. Ilgari eshitgandim. Hodim sog'lig'ini tiklash uchun 1 yilga akademik ta'til olishi mumkin ekan, deb. Hozirchi? Shuncha muddatga ta'til olsa bo'ladimi?
Javohir_Sobirov
Assalomu aleykum Xushnudbek aka meni savolim bu yilgi super kontrakt narxlari biroz yengillashtirilmaskani? Masalan 56 balldan tepaga qarab 10 ballik sistemada super kontraktni tabaqalashtish mumkin
Shu masala hammani qiynayapti Chunki 60 ball olgan abituriyent bilan 130-140 ball olgan abituriyentning super kontrakt narxlari bir xil.
Bu adolatsizlik bo'lmaydimi?
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Savolim UZ IMEI haqida toʻliq ma'lumot bersangiz.Boshqalarning pasportiga boshqa odamlarni telefonini roʻyhatdan oʻtkazganlarga nima jazo bor?Pasport egalari nima qilish kerak?
Салом Хушнудбек! Савол ЙХХ оид! 1. Мобиль фото- радар урнатилган машиналар шахарни ичида "Фоторадар" махсус белгиси урнатилмаган худудда тухтаб туриб еки юриб тезликка рейд утказиши мумкинми? 2. ГАИ дислокациясида Бобуршох ва Навои, ..... кучалар буйлаб деган езув тушурилган б.б, бу кучаларни айрим жойларида махсус белги бор, колган жойларида йук... лекин дислокация шу худудни барча ерига тегишли деган иддао хам булди... конуний жихатдан кандай?
Show next 15 comments