2021-yilning eng yaxshi oʻquvchilariga maxsus statuetka, diplom, kitoblar va bayram sovgʻalari joʻnatildi!Hurmatli ota-onalar! Kundan kunga hayotimizning o‘zi isbotlab qo‘ymoqdaki, ilmdan o‘zga najot yo‘q. Bu haqida ming yillar oldin buyuk ajdodimiz, hadis ilmining sultoni Imom Al Buxoriy hazratlari bejizga “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay” demaganlar. Prezidentimiz ham takror takror aytadilar “Eng yaxshi investitsiya - bu farzand ta’limiga tikilganidir”. Farzandingiz ta’limidan vaqtingizni va e’tiboringizni ayamang!
Aziz oʻquvchilar! Mening qadrli ukajon-u singiljonlarim!
Yangi yil bu qaysidir ma’noda inson oʻz oʻzi bilan hisoblashadigan fursat. Men har safar oʻzimga “Ushbu yilda nimalarga erishdim-u, nimalarga erishishim kerak” degan savol qoʻyaman. Siz ham yangi yilda faqat katta maqsad qoʻying! Mehnatdan qochmang. Mening shiorim “Qilib boʻlmas ish yoʻq, qilib koʻrilmagan ishlar bor”. Hammasi sizning qoʻlingizda, uddalay olishingizga men ishonaman!
Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!