❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Xurshidbek
Oldindan rahmat
Ассаломуалайкум! Мен Россия олийгоҳида юриспрудунция йўналишида 1 курс сиртқи бўлимни тугатдим, Тошкент давлат юридик университетига кундузги бўлимга перевод қилиш учун тестда 122 балл олдим. Талаб бажарилди ёзуви чиқиб турибти. Энди нима қилишим керак? Жавоб учун олдиндан рахмат!
Assalomu Alekum. Men kunduzgi shakldan sirtqiga perevod qilgandim arizam qabul boldi lekin 50% kontrakt to'lanmagunca buyruq chiqmasmish. Shu qonuniymi?
Dilrabo Berkinovna
Qazogistonda M Avezovda òqiyman. Hozirda 2 kursdaman. 2 yildan buyon perevod uchun topshirilayotgan imtihondan òta olmayabman. Endi Qozogistonda bitirib kelsam diplomim bòyicha nosertifikatsiya ishlari qanday bòladi. Shu haqda tushuncha bersangiz. Oldindan raxmat.
Ahtam Avezov
Iltmos super kontrakt narxlarini arzon qilinglar.100 balni 70 yoki 80 ballga tushiringlar.farzandlarimizni o'z vatanimizda o'qishini xoxlaymiz.
Malika
Xasan Yusufjonov
Taxminan bu qancha degani
Masalan ped tibiyot sohasiga perevot qlsa 10 15 20 baravar tolidi 80 120 160 mln
🧿{МоЯ ДоРоГОЯ}🧿Safura Sayfiyeva
Assalomu alekum Hurmatli soha xodimlari ! Sizlarga bir iltimos bilan murojaat etmoqchiman. Men Sayfiyeva Safura Faxriddin qizi 2002-yil 9-yanvarda Qashqadaryo v.Qarshi sh.tug'ilganman.O'tgan o'quv yili davomida Qozog'iston davlati Taraz shahridagi Taraz Xalqaro Gumanitar Institutida Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishida o'qigan edim. Mana shu pervod davomida arizam ham qabul qilindi,to'lovlarni ham amalga oshirgandim. Lekn oilaviy vaziyatim tufayli imtihonga kira olmadim. Chunki DTM tomonidan belgilangan imtihon kunim 24-avgust kuni soat 17:00 da edi. Men esa xuddi shu kuni soat 11:40 larda Qarshi shahar perinetal tug'ruq markaziga bordim. Meni u yerda dardim kelgani sababli duxtir nazoratida olib qolishdi. Soat 20:50 da o'g'il farzandli bo'ldim. Shu tufayli davlat imtihonida qatnasha olmadim.Lekin qayta imtihon o'tkazilmaydi deyishmoqda. Nahot, Davlatimizga kerakli kelajakda askar bo'ladigan o'g'lon dunyoga keltiraman-u ,menga va menga o'xshagan talaba qizlarga Davlat tomonidan amaliy yordam berilmasa? Axir, jannat onalar oyog'i ostida-ku ! Men va mendek yosh bolali, yosh oilali talaba xotin-qizlar har bir viloyatimizda bor-ku. Prizdentimiz hozirda Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir ko'pgina qarorlar chiqazganlar. Qozog'iztonda o'qishimni davom ettiraman desam yosh bolam bilan borishga oilaviy imkoniyatim yo'q. Shuning uchun so'ramoqdamanki, DTM tomonidan qayta imtihon olinishini yoki olinmasa menga amaliy yordam berishlaringizni iltimos qilib so'rayman.
Adawmasam siziki yanvarda perevod bosa kere
Saparova
Turdosh yonalishlar tekinmi
Javlon ******
Nodavlat OTMdan davlat OTMlarga uqishni kuchirsa buladimi
Assalomu alekum savolim bor edi
Qarenda man Angrenliman oqiwimni fargonadan toshkentga milliyga ozimni sohamga kochirmoqchiydm ariza yozganman sherigim ham bor sherigimga oliy talimdagilar super tolaysan deyiwibdi toshkent toshkent viloyatiga qarashlimas deyiwibdi
Toshkent viloyatidagi talabalar oqiwini bowqa viloyatdan super kontraksiz toshkentga otkiza olishmaydimi
$HAHZOD
Xa
Saparova
Turdosh yonalishlar tekinmi
tekin deb aytilgan edi lekin uzrli sabab so'rayaptilarku
Toshkent shahar va toshkent viloyati bir hududga kirmaydimi wuni ham bilaylik ertaga iltimos
Show next 100 comments