❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
O'zi belgilangan kontraktni muayyan summasi bor wu summadan 1 so'm ortiqcha to'lov ham tabaqalawtirilgan to'lov kontraktiga kiradi endi prezident qaroriga kelsak sababsz ko'chirmoqchi bo'lganlar tabaqalawtirilgan to'lov kontrakti minimal miqdorida pul to'lanadi deylgan demak bu summa minimal kontraktni 1,5 barobaridan bowlaniwi kk chunki talaba 0,1 ball hamm yetmasa u tabaqalawtirilgan to'lov kontrakti to'laydi yani 1,5 barobar.wunday ekan prezident hej kimga qiyinchilik yoki to'siq bo'ladigan qaror chiqarmaydiku, hammaga imkoniyst bo'lsn ko'chiriwga qiynalmasn db wu warorni chiqariwgan hamda qaysidr manoda korupsiyani yoq qiliw uchun ham,nega bizlar qarorni bowqacha talqin qilib 82 mln to'lawimiz kk. Oldingi tizimdagi 1000-2000$ qayerdayu hozirgi korupsiyasz tizim 8000$ qayerda,wu adolatmi.
Javob uchun raxmat.
Savolim shuki o'tgan o'quv mavsumida Xorijiy oliygohda o'qigan talabalarning pasportida kirdi chiqdi pechati bo'lishi kerakmi?
Men kunduzgi ta'lim shaklida o'qishim kerak edi lekin universitet barcha ta'lim shaklidan qat'iy nazar online dars o'tdi. Shuning uchun borib o'qimadik. Shunday bo'lsa ham hujjatlarda kunduzgi ta'lim shakliligicha qoldi.
Endi perevoddan keyin bizni pasportda kirdi chiqdi pechati bo'lmaganligi uchun talabalikdan chetladishadimi?
Ma'lumot uchun joriy o'quv mavsumida pandemiya tufayli O'zbekistonda ham talabalar onlayn ta'lim olishdi.
(Xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan bo'lsam uzr so'rayman. Javob uchun oldindan rahmat.)