❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Iltimos qilib aytaman kiii bir yil chetda ofline tarzda oqidim kunduzgi talim shaklida bu yerda ham Yangi institutida ham kunduzgi talimda oqishni hohlardim
Assalomu alaykum, men shu yil 148.05 ball bilan sirtqi biologiya(turlari bo'yicha) ga o'qishga qabul qilindim. Med Institutga perevod qilishni xohlayman. Sirtqidan kunduzgiga o'zgartirishim mumkinmi? Qanday tartibda?
Yaxwi yangilik eshtaylik.Utish balini tibbiyotga 66.1 qlib berishsa ekan viloyatga.
Манукян Мухаббат
Ассалом алейкум!!!Мени саволим узбек тилли гурухдан рус тилли гурухга топширса боладими университет ичида банда хеч кандай толов йоки???? Лекин университет ичида рус тилли гурух болмаса бошка университет га топширса бу ндачи толов боладими ёки ???????
$HAHZOD
Nodir Egamberdiev
Turdosh yunalishlar tekinmi brat
Xa faqat norm sabab keltirsaiz otb ketas
Òzbda wu payitgacha talimda no haqliklar bòladi lekin hamma jjm
Nafosat Sayfiddinova
Magistratura mandaaaaaaatttttt
Ahtam Avezov
Abduazimov Akmal
Assalomalekum men xorijdan Uzbga perevot qildim 50.6 ball yig'ibman endi nima qilsam bo'lad
140 millionni qurtday sanab berasiz.to'grirogi beramiz.qanday nohaqlik.shunday emasmi.
Ассалому алейкум, переводдан йикилганлар Бир йил окиб Яна топширса ва отса переводдан, 3 курсдан окийдими йоки 2 курсданми? Ва супер контракт нархларини бир сораб корсангиз, качон чикаркан
Madinabonu Po‘latova
Assalomu aleykum Xushnudbek aka avalam bor shu suhbatni o‘tkizayotganiz uchun kottakon rahmat. Men Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasidan TTA ga perevod olmoqchi edim lekin imtihonlarga 1 oy qoganda ballar oshrilgani sababli tayargarli ko‘ra olmadik vaholangki bunga vohtimiz ham yoq edi o‘zi qozog‘iston institutida sessiya yopish imtihon topshirishlar hujjatlarni tahlash bn ovora edik va 100 ball to‘play olmadik shunday bo‘lsada super kontrakt bilan o‘qimoqchimiz lekin med va yuridik unversitetlar super miqdorlari juda baland iltimosim shundan iboratki super kontrakt miqdorlarini aholining realni hayotidan kelib chiqib hech bo‘lmaganda shuni insof va adolat bilan belgilashlarini so‘rayman. Oldindan rahmat.
Shukurjon Azizov
Men ancha oldin qirg'iztonda o'qiganman. 2005 yil achislena bo'lganman. Menda "akedemiski' qog'oz bor men biyildan keyin ko'chirish bo'yicha ariza topshirsam bo'ladimi. Jovob uchun raxmat.
Nafosat Sayfiddinova
Chiqarmikan shu yil
2021-yil aniq chiqadi lk bugun erta chiqmasa keragoooov
Menda bir taklif bor uzurli sabablar royhatiga masofani uzoqligini ham kiritish kerak. Masalan Farg'onalik bola yoki qiz Qoraqalpogiztonda oqiyotgan bolsa U( talaba) oqishini yaqinroq joyga misol uchun Namanganga yoki Toshkentga kochirishga imkon berilsa yaxshi bolar edi. Agarda oz hududida shu talaba oqiyotgan yonalish bolmagan taqdirda.
ирода
хориждан Перевод килганларга укиш качондан бошланадии
Show next 100 comments