❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Saida_Saparboyeva_
Assalomu alaykum man super kontrakt bo‘yicha savol bermoqchi edim o‘zim abituriyentman topshirgan yo‘nalishim bo‘yicha 86,10 bal olganman kirish bali esa 89,25 bal ekan.Agar man super kontraktga to‘g‘irlayman desam qancha pul chiqadi va har bir Oliy talim o‘zi belgilashi mumkin deyilgan.Masalan man hozi qaydan bilaman qancha pul to‘lashimni hali e'lon qilinmagan bo‘lsa.Shu unversitet o‘zi belgilashi mumkin deyilgan.Agar ular yuqori narx qo‘yayotgan bo‘lsalarchi.guruxga tashalgan Urduni super kantrakt narxlarini ko‘rib chiqdim bu qanchalik aniq ekanini bilmiman,agar man super kontraktga to‘g‘irlasam shu olgan balim doirasida qancha pul chiqadi anig‘i.Olgan balim va qancha bal yetmayotgani bo‘yicha pul hisoblansa super kantrakda faqat shu pul narxi bo‘ladimi shu yil bo‘yicha to‘lanadigan pul shunday bo‘ladimi,o‘zini kantrakti ham shuni ichida bo‘ladimi.Urganch davlat Universiteti maktabgacha va psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha super kantrakt narxi kerak,o‘zim shu joydanman shuning uchun.Iltimos shu yo‘nalish bo‘yicha olgan balim doirasida qancha pul chiqishini ma'lum qilib bersinlar.
Bu osonku universitet kontrakt summasini chiqarganidan song shu kontrak summasini (sizning balingiz 3,15 yetmayapti) siz 3 barobarini tolaysiz.
Kontrakt ham shuni ichida. Bu faqat bir yil boladi
Yana ozboshimchalik bolmaydi chunki davlat maksimal hamda minimal kontrakt summasini belgilab qoyadi
Assalomu alekum
Horijdan o'qishni ko'chirish uchun qachon va qayerga ariza berish kerak. Tojikiston Iqtisodiyot va moliya universtitetida 3 kurs bo'ldim. Keyingi yilda O'zbekistonga ko'chirib o'qisam bo'ladimi? Iqtisodiyot yo'nalishlari uchun kelgusi yil ko'chirish minimal bali nechi bo'ladi?
Jahongir Alyorbekov
Qirg'iziston respublikasidan ukamni o'qishini ko'chirish maqsadida O'zbekiston respublikasi DTM ga test topshirdik belgilangan bal toplandi belgilangan tartib bo'yicha davomi qanday bo'ladi?javob un rahmat!
Ahtam Avezov
SSV ga qarashli oliygohlarni xalq talimi vazirligiga o'tkazinglar.agar tibbiyot institutlari xalq talimi vazirligiga qarashli bo'lganida.xorijdan perevod ballari 100 ball bo'lmas edi.
Assalomu aleykum !
Kunduzgidan sirtqiga perevod qilayotganda ham ariza rad etilishi mumkin mi?
😉😉😉😉Otam davlatim Onam jannatim ikkisi ham mening omadim😉😉😉😉
Asalomu alaykum Abduvali aka õqishni qishgi simistrda kõchirsa bõladimi yoki qaysi holdagi talabalar qishqi simistrda õaishni kõchirsa bõladi iltimos javoni ayting
Qodirjonova Mahbuba 204
Assalom aleykum!testdan utgan bulsa,qachon buyruq chiqadi???
R avshanqulov🇺🇿🇫🇴
telefon nomerizga ochilgan bo'lsa qaytadan tiklab olsayiz bo'ladi shaxsiy kabinetizni
Qilib ko'rdim bo'lmadi. Hozir kisam ham, bu yerga faqat ariza topshirganlar kira oladi deyapti
Nilufar Namozova
👨‍🎓𝑴𝒊𝒔𝒕𝒆𝒓 𝕆𝕋𝔸𝔹𝔼𝕂 👨‍🎓 ㅤㅤㅤ
Manimcha chetdan perevot qilgani uchun ossongina yōlni tanlab. Xushnud aka aytganidek shu yōnalishni ōtgan yilgi ōtish balini chetdan perevot qiladiganlar uchun eng kam bal qilib belgilab qõyish kerak chunki bizda Jaxon Tillariga õtish qiyin abiturentlar yillab sarf xarajat qilib õqib tayyorlanishadi. Nega ōzimizdagilar qiynalib ōzimizga ōtadiyu lekin bazi aqillilar chetda 1 yilgina ōqib shartda uzbga ōqishini kõchirib oladi. Shumi xalollik. Agar bilimi bōlsa ōzimizga kirsin.
Менимча сизни фарзандинги йук ёки хали талаба ёшида эмас. Сабаби ота она булиб фарзандингиз ни ташвишига шерик булганингизда бошкача фикрлар эдингиз.Нима учун 56 бал олиб бойни боласи супер контракт туласа талаба булар эканда, чёт элда укиб келиб 90 балдан юкорисини олса Энг кам утиш балини йигиш керак. Кани бу ерда мантик . Сиз айтгандай булиши учун камбагал осилса хам етиб булмайдиган супер контракт бекор булиши керак
Surayyo Hamroqulova ²¹⁰⁶
Assalomu aleykum Xushnudbek aka meni savolim shundan iboratki bir OTM ichida mos yonalishga perevod olishni iloji bormi masalan jahon tillari maktabgacha va boshlang'ich talimda xorijiy til ingliz tili yonalishidan filologiya va tillarni oqitish ingliz tiliga , bunda hech qanday muammo bolmaydimi yoki bundayam super kontrakt summasi soraladimi yo bitta ariza bilan hal boladimi ? Iltimos shu masalaga ham toxtalib otsangiz
Hatamova
$HAHZOD
Tekin
Rostanmi kmlardir 80 90 mln diywdida
Assalomu alaykum. Meni qizim SamDu ning Kattaqo'rg'on filialidagi Ijtimoiy ish(oila va bolalar bilan ishlash) fakultetiga grant asosida o'qishga qabul qilindi. O'zimiz Samarqand shahrida istiqomat qilamiz. Qizimning o'qishini SamDU ning xuddi shu fakultetiga o'qishini perevod qilsa bo'ladimi va bu qanday bo'ladi. Shaharga ko'chirilsa byudjetda o'qiydimi yoki kontrakt asosida o'qiydimi? Shu masalada tushuncha berib o'tsaiz.
Зухра Машарипова
Xushnudbek yana bir savolim bor Yodju boshlang'ich ta'limga ona tili ingliz tilidan imtihon topshirdi davlat OTM ga xorijiy ingliz tiliga perevod qilish haqida ham tushuntirib bersangiz javob uchun oldindan rahmat iltimos Xorazm viloyati
Assalomu Aleykum
Man bu yil Irrigatsiya institutini bitirib magistraturaga o'qiwga topshirdim
Magistraturaga 2ta joyga topshirdim online dokument qabul qilishdi
1. Rossiyada joylashgan Volgatech nomli institut byudjetga kirdim.
2. O'zimizda Irrigtasiyaga topshirib u yerga ham byudjetga kirishga muvaffaq bo'ldim alhamdulillah.
Savolim: O'zbekistonda kunduzgi Rossiyaning institutida sirtqida magistraturani bitirsam bo'ladimi?
Keyinchalik hech qanday muammo tug'dirmaydimi bu holat.
Javob uchun oldindan raxmat.
Tadbir tashkilotchilariga tashakkur.
Show next 100 comments