❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Men o'qishimni o'zimning institutimda fakultetdan fakultetga mos turdosh yo'nalishga ko'chirish un ariza topshirgandim.Lekn o'qiyotgan yo'nalishim da bizning shaharda kadr kerak emasligi 4 yil o'qib kelib ish topaolmasligimni bilgan holda o'qish ko'chirmoqchi edim.Bu uzrli sabab bo'lolmaydi shuning un Super-kontrakt asosida amalga oshirilar ekan.Ichki perevodlarga ham qandaydr imkoniyat berilsin faqat pul bb qoldikuu
Perevod imtihonlarida 66.1 balldan o'tkazgan talabalarning ro'yhatlari oliy ta'lim muassasalariga qachon berilar ekan?
6-sentyabr kunidan talabalarga yotoqxona berish boshlanarkan. Ammo perevod qilgan talabalar 6-sentyabrdan Oliygoh yotoqxonasi uchun ariza yoza olmas ekanlar. Universitetim bilan telefonda bog'langan edim. Ular aytishdilarki: qachon bizga Oliy Ta'lim vazirligi ro'yhat bersa shundagina siz yotoqxona uchun ariza yoza olasiz deb aytishdilar.
Lekin bizni ro'yhatimiz oliy ta'limga berilguncha yotoqxona to'lib qolishi numkin. Mandat saytida 66.1 balldan o'tkazilgan talabalar ro'yhati barchasi turibdi. Oliygoh aynan DTM ro'yhat berishini kutmasdan shu sayt orqali o'z talabalarini bilib olishsa bo'lmaydi. Nega aynan DTM ro'yhat berishliklarini kutishliklari kerak?
Biz perevod qilayotgan talabalar, ayniqsa qizlar boshqa bir viloyatda kvartirada turishimiz ozroq muammo bo'ladi. Shu sababdan ham iltimos qilardim. Oliy ta'limdagi OTM lar DTM ro'yhat berishliklarini kutmasdan. O'zi tayyor bo'lib turgan ro'yhatdan foydalanishsinlar.