❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Assalomu alekum. Manda quyidagicha savol bor edi. Ikkinchi marta ichki perevod qilib bo'ladimi. Masalan boshqa viloyatdan o'z viloyatiga turdosh yo'nalishlardan biriga perevod qilib kelgan keyin ba'zi sabablarga ko'ra(moliyaviy) turdosh yo'nalishga sirtqiga perevod qilsa bo'ladimi. Bu vaziyatda qanday qulaylik bor.
Assalomu alaykum men bu yil Andijon mashinasozlik institutining Intelektual muxandislik tizimlari(tarmoqlar va soxalar bo'yiicha) yo'nalishiga grant asosida o'qishga qabul qilindim.Qolgan yo'nalishlarning 3 tasida kontraktga tushdim.Qabul vaqtida maqsadli qabulni to'g'ri tanlamaganim sababli o'zim xoxlagan qiziqqan informatika va matematika yo'nalishida o'qishimni iloji yo'q ekan.Endi men qachon, qay tarzda, Andijon Davlat pedagogika institutining informatika va matematika yo'nalishiga o'qishimni ko'chirishim mumkun.
Javob uchun oldindan raxmat.
(Savolimni albatta o'qing bu men uchun judayam muxim.iltimos.)
Ichki perevod faqat birinchi kursni bitirib bo'ladimi yoki 1-semestrni tugatgandan keyin qilsa ham bo'ladimi, 2-kursni bitiribchi
Assalomu alaykum ozroq kech ovoli chat tashkil qilinibdi
Munisa
Assalomu aleykum men oqiyotgan yonaliwim ozimizni viloyatda yoq men muzeyshunoslik yonaliwida oqiyman turdow yonaliwmdan viloyatimda tasviriy sanat Bor lekn men chiziwni ch harfiniyam bilmayman lekn ozimi soham tarixga juda yaqin deb bilaman Wu yonaliwni yozdm endi arizam rad etiladimi
Сапаева Дилафруз
Ассалому алейкум мен козокистон халклар достлиги университутдан урганч давлат университутига перевот килмокчиман олган балим 69 2 бизга окиш качондан болади жавоб учун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum men 2- kursga uttim Hozir kinda zavuwniga utqazmoqchi edim endi utqarsam buladimi
Assalomu alaykum meni ayolim shu yil o'qishga kirdi lekin uni tug'riq kuni yaqin homiladorlar va tug'ruq kuni yaqin ayollarga ham o'qish offline shaklida bo'ladimi yoki online shaklidami. Agar online shaklida bo'lsa Kim bilan uchrashish kerak Nima qilish kerak javob uchun raxmat !!!
Diyorbek
Assalomu aleykum Xushnud aka bitta universitet ichida fakultet bitta faqat yoʻnalish oʻzgarsa ham super kontrakt toʻlasa perivod boʻladimi
Assalomu alaykum Xushnudbekjon perevod natojalari ertaga ya'ni 06-sentyabrda chiqsa an'anaviy darslar ham ertaga boshlanadi. O'qishni ko'chirtirishdan maqsadim doimy yashash joyidan uzoq bo'lganligi sababli ko'chirishga ariza berganmiz. Ertaga o'qish uchin qizimni oldin o'qigan joyiga yudorishim kerak-mi ? Yoki ertani o'ziga o'qishi ko'chiriladigan OTMga boriladimi? javob uchun oldindan rahmat!
Salom. men xorijiy oqishdan perevod qilmoqchi edim, imtixonda otish balini yetarlicha yigdim, bizga hali hech qanday habar kelgani yoq perevod ishlari qachon korib chiqiladi bizga bu yerdan nimadur beriladimi uyogdan xujatlarimizni olip kelish uchun, hujattlarni olib kelib tagdim etganimizdan kin oqishni davom etirib ketaveramizmi ozimizda hech qanday momolarsiz
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh, Xushnudbek aka ozgina haqqoniylik qocilmadimikan, cetdan arzimagan 66.1 bn kocirilsayu, biz uzb otmlariga kirib mos yonalishlarga ham tabaqalashtirilgan kantrakt tolasak haqqoniylikmi, togri sabablar yoqdir kocirishga lekin sifatli ta'lim olgimiz keladi nufuzli universitetlarda, sabablari bolmasa ham mos yonalishga tabaqalashtirilgan kantrak tolashga mutloq qarshiman
Matluba
Assalomu alaykum. Men hozir qirg‘iziston talabasiman. O‘zimizga perevod qilib, 60 bal yig‘dim. Yoshim 34da. O‘zim oilaliman. 3ta farzandim bor, 4-ga homiladorman. Hozirgi sharoitda farzandlarim bilan birgalikda o‘qiyapman. Farzandlarimdan orttirib, kantraktning 8-10 baravarini to‘lashga qurbimiz yetmaydi. Men kabi ayollarga o‘zimizda qolib o‘qishi uchun biron bir imtiyoz bormi.
1 Assalomu alekum Xushnudbek aka men Navoiydan o‘qishimni Qashqadaryoga ko‘chirish uchun ariza topshirdim lekin Fanlar farqi institutlarda 7 ta bunda men o‘qishimni ko‘chirolamanmi

2 Uzrli sababim bor va o‘z yopnalishimni o‘zgartirmagan hola yana shu yo‘nalishga ko‘chiryapman men kantrakdan tashqari pul to‘limanmi
Assalomu alaykum Perevod un ariza yozgandm malum sabablarga kura arizani bekor qilmoqchiman agar bugun javob ijobiy chiqsa ham arizani bekor qilib avvalgi joyimda uqisam buladimi?
Nargiza Haydarova
Asalomu aleykum meni qizim but yil Toshkent stamatalogiya inistitutiga xalq taboati fakultetiga o'qishga kirdi 2-kursdan uni davolashga o'tkazsa bo'ladimi
Assalomu aleykum men xorijiy oliy ta'lim muassasida uzbekistonga uqishini kuchirish imtihondan yetarlicha bal to'pladim. Ammo talim shaklini sirtqi belgilagan edim.endilikda men uni kunduzgiga uzgartirmoqchiman .sababi kelajakda òz sohamda yetuk kadr bulib yetishmoqchiman.buning imkoni bormi
Assalomu alaykum o'qishni tiklash bo'yicha natijalarni qachon qanday bilsa bo'ladi
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka magistrni mandati haqida bilmaysizmi? DTM chiqaradimi OTM mi?
Дилрабо Мухамедова
Иккинчи курсни тугатиб,учинчи курсга хорижий олийгоҳдан ўзимизга ўтиш учун ариза бериб тест топшириш мумкинми? Агар мумкин бўлса, қайси фанлардан тест топширади? Ўзимизда нечанчи курсга ўтказилади?
Show next 100 comments