❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Четдан перевод килганларга качондан бошланади укиш жараёни
Assalomu alaykum! Ismim Muhammadizzat Men Andijonlikman doimiy yashash joim Andijon viloyati Andijon tumani. Lekin men o'qishimni Nukus davlat universitetidan Toshkent davlat yuridik universitetiga o'qishimni ko'chirdim 3-kursga 2kursni Nukusda o'qidim sirtqi ta'lim shaklida, Toshkentga kunduzgi ta'lim shaklini belgiladim. Andijondagi OTM larda yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) fakulteti yo'q shuning uchun Toshkentga ko'chirishga majbur bo'ldim. Endi mening holatimda o'qishim ko'chirilsa tabaqali kontrakt bo'ladimi, yoki oddiy shartnomaviy kontrakt asosida o'qiymanmi. Fakultetim turdosh fakultetga ko'chirdim yurisprudensiyadan yurisprudensiyaga. Juda kech yozganimni bilaman lekin shunday bo'lsada javob uchun oldindan rahmat.
Садокат Гайбуллаева
Асалому алайкум Хушнудбек укишга контрактга кирган талабалар кантрактини тулолмай укишда укимай куйса урнига киролмаган талабалардан укитса буладими контрактни тулаб олдиндан рахмат жавоб учун
Icki pervod javoblari ijobiy chiqandan song uzimz kucrgan institutlarda oqishni davom ettramizmi yoki qaror chiqishini ham kutish kerakmi?
Ассалому алекум Киргизистондан перевод килаëтганди 1 курсни тугатаяапи 2 курсни тугатиш вактида ички пероводга приза колдирса буладими
Хурматли Абдували Холиков кизим 5 йилдан буён тошкент давлат стаматология факултетига топширади лекин кираолмайди утган йили Киргизистонга стаматология факултетига укишга кирди буйил перевод килиш учун хужжат топширди ватестдан утди тест натижаси 79.5 % ни курсатди. Хозирги кунда 10 кунлик чакалоги бор .турмуш уртоги ишламайди .Узбекистонга утказиш учун бирорта лиготалар борми .Супер кантирак нархи баланд масми канча тулаш мумкин турмуш уртогини ногиронлиги бор .жавоб учун олдиндан рахмат жавобини кутаман. Манашундай кули калта инсонларни кулласаларингиз бир умур призидентимизга ва у кишининг кул остидаги инсонларга бир умир миннатдарчилик билдирамиз ва ватан учун жони дилдан хизмат киламиз
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka,yaxshi qilibsizlar shu mavzuni ochib. Pervodda kirdi chiqdi tekshiriladimi. Facebookdan sizga yozgandim. Iloji bòlsa bir ta'nishib chiqing,iltimos. Savob uchun,yordamingiz mwnga judayam kerak.Namunaxon Bakhadirovnaman.
Ассалому алайкум, Хушнудбек. Куйидаги саволимга аниклик киритиб беринг, илтисос. Углим юридик университетида 1курсга кабул булди. Бунда 1факультетдан 2чи факультетга перевод буладими ва нечанчи курсдан. Олдиндан рахмат.
Assalom aleykum mana shu yili toshkent davlat tehnika instetutiga kantrakt asosida qabul qilinganman oilaviy sharoitim oģirligi sababli shu yonalishni sirqi zavushni bulimiga utqazsam buladmi iltimos javob berizlar
Assalomu alaykum men bu yil SamDAQi ga Arxitektura(turlari bóyicha)yónalishga óqishga kirganman lekin men boshlanğichda óqimoqchi edim 1 yildan keyin kóchirolamanmi yo yana qaysi yónalishga kóchirolaman Gulduga
Gulxumor
Assalomu aleykum Perevodga ARIZA YOZGANDIM QARDU DAN BUXDU ga ko'chirish haqida.SHOAROITLA O'ZGARDI ENDI UNI QANDAY QAYTARSAM BO'LADI ,saytda bekor qilsa bo'ladigan joyi Yuq ekn Qarshida O'QIMOQCHIMAN SHU SAVOLIMGA JAVOB BERINGLA ILTIMOS. Arizam qabul qilinsa 6-sentabrdan men keyin Qarshida qayta o'qiy olmaymanmi???
Assalom alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz, meni savolim bor edi. Men QDPI da maktab menejmenti yo‘nalishini 1-kursini tamomlab TDPU maktab menejmentiga o‘qishimni ko‘chirish bo‘yicha turdosh yo‘nalishga ariza yozgandim, lekin uzrli sababim mavjud emas, ham doimiy yashash manzilim Samarqandda, doimiy yashash manzilimda meni yo‘nalishim mavjud bo‘lmaganligi uchun Toshkentga ariza yozgandim, endi nima bo‘ladi perevodim hal bo‘ladimi shu savolga javob bersayiz iltimos javob uchun oldindan rahmat. Transfer.edu.uz saytiga kira olmayapman parolimni esdan chiqarib qo‘ygandim qayta parol qo‘ymoqchi bo‘lsam telefon no‘merimga yangi parolni smsi kelmayapti shu savolimga ham javob bering saytga qanday kirsam bo‘ladi. Rahmat
Assalomu alaykum perevod natijalari ertaga chiqsa ,oldingi óqish joyimizga bormay tursak ham bóladimi?
Улугбек Мурадов
Ассалому алайкум ,менинг углим тошкент тиббиет академияси даволаш ишидан Самарканд тиббиет институтига даволаш ишига яшаш жойи узгарганлиги буйича ариза берганмиз,жавоб хали йук,шу буйича саволимга аник жавоб берсангиз .Рахмат.
Dildora Soatovna
avvalambor assalomu alaykum. menda bir taklif bor edi. bir otmda bir yo'nalishga perevod qilyotkanlarga masalan Nizomiyda matematikada sirtqi yo'nalishida o'qiyotkan talaba, xuddi shu Nizomiyga Matematikasiga lekin kunduzgisiga ko'chirmoqchi bo'lsa bu turdagi talabalardan oshirilgan miqdordagi kontrakt talab etilishiga mutlaqo qarshiman. taklifim chetda qolmaydi degan umiddaman. shu holatga siz ham o'z taklif fikr va munosabatingni bildirsangiz . e'tibor uchun kattakon rahmat
Salom Xushnudjon qizim 2-kurs UrDUda biologiya turlari bo'yicha o'qiydi Buxoroga perevod tashladik 2 kursdan ham perevod bo'ladimi chunki 2ta bolam kontrakt bilan o'qiyapti biri Toshkentda uzoq viloyatda o'qitish biroz qiyin bo'lyapti
Mohichexra
Assalomu alaykum perevod natijalari ertaga chiqsa ,oldingi óqish joyimizga bormay tursak ham bóladimi?
Javoblar bugun 10.00 dan keyin chiqadi. Hamma jovoblar 16.00 dan keyin eʼlon qilinadi. Transfer.edu.uz sayti orqali 10.00 dan keyin shaxsiy kabinetizga kirib koʻring.
Show next 100 comments