❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum perevod natijalari ertaga chiqsa ,oldingi óqish joyimizga bormay tursak ham bóladimi?
Улугбек Мурадов
Ассалому алайкум ,менинг углим тошкент тиббиет академияси даволаш ишидан Самарканд тиббиет институтига даволаш ишига яшаш жойи узгарганлиги буйича ариза берганмиз,жавоб хали йук,шу буйича саволимга аник жавоб берсангиз .Рахмат.
Dildora Soatovna
avvalambor assalomu alaykum. menda bir taklif bor edi. bir otmda bir yo'nalishga perevod qilyotkanlarga masalan Nizomiyda matematikada sirtqi yo'nalishida o'qiyotkan talaba, xuddi shu Nizomiyga Matematikasiga lekin kunduzgisiga ko'chirmoqchi bo'lsa bu turdagi talabalardan oshirilgan miqdordagi kontrakt talab etilishiga mutlaqo qarshiman. taklifim chetda qolmaydi degan umiddaman. shu holatga siz ham o'z taklif fikr va munosabatingni bildirsangiz . e'tibor uchun kattakon rahmat
Salom Xushnudjon qizim 2-kurs UrDUda biologiya turlari bo'yicha o'qiydi Buxoroga perevod tashladik 2 kursdan ham perevod bo'ladimi chunki 2ta bolam kontrakt bilan o'qiyapti biri Toshkentda uzoq viloyatda o'qitish biroz qiyin bo'lyapti
Mohichexra
Assalomu alaykum perevod natijalari ertaga chiqsa ,oldingi óqish joyimizga bormay tursak ham bóladimi?
Javoblar bugun 10.00 dan keyin chiqadi. Hamma jovoblar 16.00 dan keyin eʼlon qilinadi. Transfer.edu.uz sayti orqali 10.00 dan keyin shaxsiy kabinetizga kirib koʻring.
Mohichexra
Assalomu alaykum perevod natijalari ertaga chiqsa ,oldingi óqish joyimizga bormay tursak ham bóladimi?
1-2 kun oʻqishga bormay turishingiz mumkin chunki jurnal degan narsa 1-2 kundan keyin shakllanadi deb eshitdim
Ш Е Р З О Д
Assalomu alekum Xushnudbek aka sizga bir masala bo'yich murojot qilayotuvdim mening farzandim 2015 yilda yanvar oyida tug'ulgan oldingi yil 6 yoshli bollarni ham maktabga oluvdi endi olmayabdi ERP degan sayt qabul qilmayabdi deyabdi bog'chadan chiqarib oluvdim maktabga olamiz degani uchun lekin maktabga olmayabdi qayerga murojat qilsam bo'ladi iltimos yordam bering.
Assalomu alekum perevod masalasida sovolarim boridi 66 balmas 65.9 bal yigdm 1 bal yetmadi super kontraktga ilinganimi qatan bilsam boladi yoki qatga murojat qisam boladi
Assalomu alaykum men asli Samarqandlikman SamDCHTIda oʻqiyman ammo shu yili Toshkentga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtdik.Men oʻqishni koʻchirish uchun ariza yozganman sababim uzrli boʻladimi yoki men ham tabaqalashtirilgan kontrakt boʻlamanmi?
Kontrakt uchun oilaviy sharoitimiz toʻgʻri kelmaydi, shu hisobga olinadimi. Meni ish faoliyatim, oilam hammasi Toshkentda.
Shu savolimga aniq va toʻliq javob berishlaringizni soʻrab qolaman. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Xushnud aka Mani jonli efirga olib chiqing shaxsan uziga savollarim bor EDI Abduvali akaga iltimos.
Show next 100 comments