❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
DEMAK MENING TURDOSH YÒNALISHGA BOSHQA VILOYATDAN ÒZIMNING YASHASH JOYIMGA QILGAN PEREVODIM IJOBIY HAL QILINGANMi
Tanishim òzbek qirģiz institutidan moliya ximoyasi fakultetidan Toshkent davlat iqtisodiyot univerisiteti bank ishi va auditi yònalishiga perevodga ariza yozgandi, imtixon natijalariga kòra 0.1 bal yetmay qoldi ya'ni talabni bajara olmadi. Endi u kontrakni 1.5 barobari miqdorida kontrak tòlab òqisa bòladi ya'ni super kontrak qiladi. Shu yerda savol tuģiladi kontrak pulini hammasini tòlash kerakmi oldindan yoki ish haqqidan òtkazadigan qilib ariza yozsa bòladimi.
Yana bir savol super kontrak tolab talabalikka qabul qilingandan sòng 1-kursdan òqiydimi yoki 2-kursdan davom ettiradimi(Qirģizistonda birinchi kursni tamomlab kelgan).
Yana bir masala Hujjatlari oldingi oliy talim muassasasida qolgan uni olib kelish uchun oldin bu yerda talabalar safiga qabul qilindi degan buyruq chiqishi kerakmi yoki òsha oldingi oliygohdan hujjatlarni olib kelib topshirgandan sòng talabalar safiga qabul qilinadimi. Oldingi oloygohdan hujjatlarini olishi uchun òzimizdagi qabul qilingan oliygohdan qandaydir malumotnoma beriladimi yoqmi shuni bilmoqchi edim. Javoblar uchun oldindan rahmat.