❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum hammaga. Meni tanishim chet davlatdan perevod olish uchun imtixon topshirdi, afsuski internet yaxshi ishlamaydigan joyda yashaydiganligi sababli ovozli chatda qatnasha olmaydi, u menga bir qancha savol berdi manashu savollarni kamentariyada yozib qoldirsam va lozim topsalariz ovozli chatda manashu savollarni bersam va mutaxasisdan aniq javob olsam.
Tanishim òzbek qirģiz institutidan moliya ximoyasi fakultetidan Toshkent davlat iqtisodiyot univerisiteti bank ishi va auditi yònalishiga perevodga ariza yozgandi, imtixon natijalariga kòra 0.1 bal yetmay qoldi ya'ni talabni bajara olmadi. Endi u kontrakni 1.5 barobari miqdorida kontrak tòlab òqisa bòladi ya'ni super kontrak qiladi. Shu yerda savol tuģiladi kontrak pulini hammasini tòlash kerakmi oldindan yoki ish haqqidan òtkazadigan qilib ariza yozsa bòladimi.
Yana bir savol super kontrak tolab talabalikka qabul qilingandan sòng 1-kursdan òqiydimi yoki 2-kursdan davom ettiradimi(Qirģizistonda birinchi kursni tamomlab kelgan).
Yana bir masala Hujjatlari oldingi oliy talim muassasasida qolgan uni olib kelish uchun oldin bu yerda talabalar safiga qabul qilindi degan buyruq chiqishi kerakmi yoki òsha oldingi oliygohdan hujjatlarni olib kelib topshirgandan sòng talabalar safiga qabul qilinadimi. Oldingi oloygohdan hujjatlarini olishi uchun òzimizdagi qabul qilingan oliygohdan qandaydir malumotnoma beriladimi yoqmi shuni bilmoqchi edim. Javoblar uchun oldindan rahmat.
+77055999999
Yani royhatdan otgan nodavlat otmlar bekor qilinsa
Toreniyazova Ziyada Baxitovna QQR
Хали бунакаям ишлар кутяптими бизларни ,биз ишониб утирибмизку
Турли бахоналар кутса буладилар Вазирликданхам ОТМ ректорларидан хам.
To'liboy
Xorijdan O'zbekistonga perevod imtihonidan o'tdim, endi nima bo'ladi buyog'i men nima qilishim kerak qachon universitetga chaqirishadi imtihondan o'tganlarni hammasini o'qishga qabul qiladimi ????????
@ Mamatova Barno
Assalomu alaykum . O'qishni ko'chirish bo'yicha maksimal ball ololmagan va 2 yoki 3 ball yetmagan talabalar uchun ariz tashlash qachondan boshlanadi?Iltimos javobni ayting ! Oldindan Rahmat
Shoira Ro'zmetova
O'zbekistondagi bir OTMdan ikkinchisiga turdosh yo'nalish bo'yicha ko'chirishda uzrli sabab bor,oldingi o'qiyotgan OTM ruxsat bermasligiyam mumkinmi?
Yana arizada uzrli sabab aynan ko'rsatilishi shartmi(masalan, "doimiy yashash joyiga ko'chirish"deb)yoki mazmunan shunga yaqinroq sabablar ham qabul qilinadimi(masalan,"yashash joyim o'zgarganligi","yashash joyimdan uzoqdaligim"kabi)?
Abbosbek
Xorijdan O'zbekistonga o'qishni kuchira olmadim ya'ni balim yetmadi! Endi 2-kursda qachon kuchira olaman birinchi smistir oxirida imtihonlar bo'lmaydimi?
SH.D.O
Qanday ovozli chatga ulansak buladi
OTMda mavjud qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjat topshirib, oliy taʼlim olishi (hujjatlar qabuli davom etmoqda) bu nima digani kim biladi?
Savollarga kmdr javob beradimi
Husan Umarqulov
Oqishga kirdim.Kirolmagan OTMga super kontrakt tolab oqisam boladimi.tushintirvorila iltimos.aniq fakt bosa.
OG'ABEK Narzullayev
Assalomu alaykum boshqa Universitetga olsak agar pervod lkn yo'nalishdi filialiga o'tkizishgan busa unda biz ham usha yerga borib o'qishimiz kerak buladimi iltmos shunga bilganlar javob berila
Sarvinoz Haydarjonova
Assalomu aleykum men Namangan Davlat Universitetida sirtqi Makatabgacha talim yo'nalishida 2- kursni tamomladim . Sirti talim shaklidan qoniqmaganligim , sohamni to'liq o'zlashtira olmayotganim sababli shu universitetni Kunduzgi talimga ko'chirmoqchiman arizam qabul qilinadimi
Барнохон Гоипова Авазбековна
Ассалому алайкум Узбекистон худудидаги Хорижий олий таьлим талабаси масалан АКФА университети талабаси 2 боскичда конрракт тулови кимматлиги учун тулолмай уз худудидаги олийга кучириши кандай тартибда булади? Тугридан тугрими ёки имтихон асосидами?
Ovozli chatga qanday ulansak boladii
()()()()()()()()()()()()
Хориждан кучириш .Иркутский мед.университетдан Бухоро мед институтига кучириш. Проходной бал 100б..мен туплаган бал 53.80..Супер мупер тулашга шароитим йук.нима килсам булади ?Хорижда хам укишга шароит хам йук..Контрак канча тулагим керак?
Matluba Jabborova
Salom Xushnudbek.mening kızım Navoyi pedagogika institutiga talabalikka qabul qilindi.va kechki bolimiga. Biz Xarazmdanmiz. Kizimng oqishni Urganch davlat Üniversetiga kunduzli bolimiga kochira olamizmi. Kızım 5ta oliygoh tanlagan. Xammasiga toplagan bali etib turibdi. Xech bolmasa shulardan birisi yanı Tashkent pedagogika Üniversitetiga kochirish mumkunmi. Aldindan kattakon raxmat. Shu hakida maslahat bersangiz.
.
Show next 100 comments