❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Hayot saboqlari
Assalomu aleykum xushnudbek aka men shu yil Ôzbekiston milliy universitetining satsiologiya fakultetiga ôqishga qabul qilindim (sirtqi ta'limga) bu fakultetni bitirsam qayerlarga ishlashim mumkin
Boshqa tanlagan yunalishlarimga perevod yoki super kantrakt qilsam bôladimi iltimos javob bersangiz
Assalamu alikum men Kunduzgi talimda oqiyman shuni kechki talimga kochirishni iloji bormi? bor bolsa keyinchalik Magistratura da oqishimga tasiri yoqmi?
🆂🅷🅰🆇🅽🅾🆉🅰
Assalomu alaykum savolim bor edi man oilaliman shu yil BUXDUga kantraktga uqishga kirdim uqishimni online qildirsam buladimi hech bulmaganda bir oyga farzandim biroz betob bulgan shunga maslahat bervoriyla
Otabek Quldoshev
Assallomu alaykum men neft va gaz fakultetiga uqishga kirdim turdosh bulmagan yunalishga pervod Qilsam buladimi
Assalom aleykum men O'zbekistondagi bir OTM dan ikkinchi OTM ga doimiy yashash joyim uzoq bolganligi uchun onlayn ariza yozgan edim shu arizamni bekor qilsam boladimi.Yani oldingi OTM da oqisam boladimi . Javob uchun oldindan rahmat.
()()()()()()()()()()()()
СУПЕР КОНТРАКТ КАНЧА БУХОРО МЕД.ИНСТИТУТИДА? КИМГА МУРОЖОАТ КИЛИШИМ КЕРАК?
Assalomu alaykum! Men Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 5111200-O‘zbek tili va adabiyoti (kunduzgi) ta'lim yo’nalishi 1-kursni tamomladim (davlat grandi asosida). Doimiy ro'yxatdan o'tgan yashash joyim Namangan viloyatida bo’lganligi sababli Namangan davlat universitetining 5120101-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili (kunduzgi) ta'lim yo’nalishiga davlat grandi asosida o’qishimni ko’chirishim mumkinmi.
Ariza topshirganman shaxsiy kabinetimda yakuniy qaror uchun Oliy taʼlim vazirligiga yuborilgan turibdi, demak mening arizam ijobiy qabul qilinganmi.
Shu oʻrinda taklif xam bor edi, muddat juda choʻzilib ketdi, vaxolanki qancha ovoragarchilik, shaxsan oʻzim yakuniy qaror chiqmaganligi uchun Namangandan Qoraqalpogʻistonga keldim, yoʻlkira xarajatlari, kelib ijaraga uy qidirish, bir oylik ijara xarajatlari, qancha ovoragarchilik, menha oʻxshaganlar qancha, kelasi yilda shular inobatga olinsa yaxshi boʻlaridi
Паризода
Укишни кучириш буйича купро Бал етмаганлага канча супер кантрак булади
Xushnudbek aka mani savolim bor edi chat paytida imkoniyat bering
Sherzod Jabborov
Кизим бу йил Шахрисабз пед институтга сиртки булимга талаба булди, Чирчик пед институтга 1 балл етмай колган, суперконтракт килиб чирчикка перевод килсам буладими
Assalomu alaykum Xushnudbek. Men OTM talabasiman, grandda o‘qiyman. O‘qishimni ko‘chirmoqchiman. Yaqinda grandda o‘qiydigan talaba boshqa OTM ga grand shaklida ko‘chishi mumkin bo‘lgan qonun borligini bilib qoldim. Bu ikki hil holatda bo‘larkan.1 imkoniyati cheklangan talabalar va 2 kvota bilan qabul qilingan talabalar. Men ham kvota bilan kirganman lkn u viloyatlar uchun berilgan kvota edi. Ushbu holat men o‘qishimni ko‘chirolamanmi.Iltimos shu savolga javob bersangiz
Хожиева Нилуфар Махкамовна
Ассалому алайкум Хушнудбек мен кизими укишини Фаргона Политехника институтини Енгил саноат мутахасислигидан АДУни математикасига перевод килиш учун ариза онлайн жунатган эдим узимиз Андижон вилоятида яшаймиз Переводимиз нотурдош йуналишга булганлиги учун энди супер контракт канча булади
Layli
Assalom alekum perevod qilgan talabalarga oqish qachondan boshlanishini aytib berin iltimos
Salom men O SH tehnolagiya unverstetidan
Toshkent davlat Traspirt unversitetiga Elektr energetikasi (tarmoqlati va yònalishi boyicha) perevot yozgandim keyinchalik bilsam o'tish bali 104 belgilabdi men 66.1 deb o'ylagandim mening to'plagan balim 72.40 bo'ldi bunday holatda nima bo'ladi?
Assalomu alaykum! Men kechki ta'lim shaklida tahsil olaman. Ma'lumki ta'lim shaklini o'zgartirishda OTM rektoriga murojaat qilinadi. Kechki ta'lim shaklini kunduzgi ta'lim shakliga o'zgartirish ham faqat avgust oyida amalga oshiriladimi yoki 1-semestr yakunida o'zgartirsam bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
Husan Umarqulov
Oqishga kirdm.Kirolmagan OTMga super kontrakt tolab oqisam boladimi.tushintirvorila iltimos.
Assalomu alaykum. Chetdan uzb ga perevod qilganlar un oqish qachondan boshlanadai? Bu masalada kimga murojat qilish kk? Perevod qilgan OTM bn gaplashsak ozizmiz chaqiramiz deb hali ham darak yoq
....R....
Assalomu aleykum, BuxMTI neft va gaz yoʻnalishidagi perevod super kontrakt narxlari qancha boʻladi, wu haqida aytib yuboring iltimos.
O’qishni ko’chirishda men guvohnomani olaolmadim,to’lov qabul qilingan bo’lsa ham , kimdadir shunaqa bo’ldimi?
Show next 100 comments