❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 5 сентябрь куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3952 comments

Show 100 more comments
Javohir Baxtiyarovich
Assalomu alaykum , Xushnudbek aka ! Men shu yili Toshkent Moliya institutiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilindim . Ma'lum bir maqsadlarim bor edi , buning uchun menga Buxoroda o'qish ko'p qulayliklar berardi. Hozirgi vaqtda o'qishni online shaklda boshlab, Toshkentga bormay turib o'qishni davom ettirsam bo'ladimi(yil davomida)? Agar imkoni bo'lsa buni uchun nimalar kerak bo'ladi? Javob uchun oldindan rahmat!
Jo‘rayeva
Turdosh bo‘lmasa ham peravot qilsa to‘lov qancha bo‘larkan
Muxiddin
Ассалому алайкум. Мани якинда тойим болди. Узим Тошкенданман келин Фаргонадан. Келин Андижонда тиббиётда укийди 5курсда укишни кучириш буйича ариза ташаб куйдик Тошкент тиббиёт институтига. Кучирса боладими юкори курс босаям. Узурли сабабларини аризада жойлаштирдик. Илтимос аникрок жабоини айтворселар. Олдиндан рахмат.
Assalomu aleykum. Men O‘zbekistonning bir OTMsidan ikkinchi OTMsiga yo‘nalishni o‘zgartirmagan holda ko‘chirishga ariza bergandim. Ariza natijasi 5-sentyabr 10:00 da rad qilinganlar uchun saytdagi kabinetida, qabul qilinganlarniki esa 6-sentyabr 16:00 da oqishni ko‘chirish uchun ariza topshirgan OTMsining rasmiy saytida chiqarkan. Shu saytni qanday topish va undan natijani qanday bilish mumkin? Javob uchun oldindan rahmat.
Салом овозли чат кайси каналдан булади акан???
OYDIN XAQQULOVA
Ассалому алайкум мен Карши ДУ да у́кийман 1 курсни тамомладим шу йил отмга топшириб Самарканд тиббийот университетига у́кишга контрактга кирдим 1 Чи у́киш жойимдан академически Олсамда Самаркандда у́кисам бу́ладими.
Surayyo Qobilova
Assalomu alaykum men ADUni Pedagogika institutiga kunduzgi yonalishiga oqishga kirdim. 3nafar voyage yet again farzandim bor.kichkinasi 2yosh qolaversa 20 Kun ilgari operatsiyaboldim. Oqishimni sirtqiga kochirsam boladimi.oldindan rahmat.
...... ???????Chetdan perevod qilganlarni darsi qachon bowalanadi???
Assalom alaykim men Qirg'izistondagi oliygohdan O'zbekistonga oqishimni kochiryabman imtihonda yetarli ball to'pladim ammo qachon mandat e'lon qilinadi va spravka qachon beriladi hujjatlarimizni olib kelishga?
Тиббий профилактикадан тиббий биалогик ишига кўчирса бўладими
Assalomu aleykum. Xorijdan oqishini kochirganlani buyrugi qachon chiqadi
Ссилкаси ташалами каналга???
Assalomu alaykum ichki perevod javoblarini qattan bilsam buladi
Oʻzbekistondagi OTM Xorijdagi OTM dan hujjatlarni olib kelish uchun beriladigan yoʻllanmani berishni kechiktirsa yaʼni 15-20- sentabrgacha choʻzilsa xorijdagi OTM da oʻqish boshlanib kontrakt toʻlashga toʻgʻri keladi shuni oldini olish maqsadida qandaydir chora koʻrishni iloji bormi yoki shu borada birorta maslahat berolasizmi?
Stipendiyasz chi
Show next 100 comments