📌Bugun KHISO olimpiada maktabining eng faol va yetakchi xodimlaridan biri — Zafarbek Ishchanovning tugʻilgan kuni!
🌟Hurmatli Zafarbek Azimbayevich! Sizni tavallud ayyomingiz bilan KHISO jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz! 📚Taʼlim yoʻlida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, masʼuliyatli yondashuvingiz va tashabbuskorligingiz biz uchun nihoyatda qadrli.
🔝Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar o‘z salohiyatini namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda. Jamoamizdagi yetakchilik, samimiyat va professional muhitni shakllantirishdagi hissangiz alohida eʼtirofga loyiq.
🤲Sizga mustahkam sogʻlik, cheksiz kuch-gʻayrat, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✨Har bir boshlagan ishingiz barakali, rejalaringiz esa doimo amalga oshuvchi boʻlsin! Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
⚡️Hurmat bilan, KHISO jamoasi😀
2 comments
Feruza
Ustoz tavallud kuningiz muborak boʻlsin bizga testlarni ulashishdan charchamang oʻquchingiz Dilyorbek Bagʻdodan
Абдуллаева Мухаббат Муродуллаевна
Ассалому алайкум Зафарбек тугилган кунингиз билан табриклайман, Яратган умрингизга, ризкингизга барака берсин, икки дунё саодатига эришиб юринг!