Хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади

ДТМнинг хабар беришича, ўқишини хорижий давлатлардаги ОТМлардан Ўзбекистонга кўчириш бўйича тест синовларида иштирок этиш учун 87 минг 486 нафар талабага рухсат берилган.

Ўқишни кўчириш учун ўтиш бали анча паст белгиланган бўлса-да, талабгорларнинг 72 фоизи минимал талабни бажара олмаган.

Атиги 6,3% талаба 100 баллдан кўпроқ балл ололган. ОТМларнинг жуда катта қисмида ўтиш бали сифатида белгиланган 66,1 баллни эса жами 30% талаба тўплай олган.

Тест синовида иштирок этган талабгорларнинг 50 фоиздан ортиғи 56,7 балл (максимал баллнинг 30 фоизини) ҳам тўплай олмаган.

Шунга кўра, ДТМ ота-оналарга мурожаат қилиб, хорижга имтиҳонсиз ўқишга олиб кириб, 1 йилдан кейин осонгина “перевод” қилиб беришга ваъда бераётган фирмаларга ишонмасликка чақирди.

Аввалроқ бакалавр босқичи учун тестга кирган 892 минг абитуриентнинг 36,8 фоизи 56,7 баллни ҳам тўплай олмагани ҳақида хабар бергандим.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Ақмарал Сахратдиновна
Бұл көрсеткішпен кіру балын жоғарылатпасаңыз да болар екен..
Jamshid
Eldor Yo'ldoshev
Horijdan osongina pervot qilsa adolatsizlik oʻzimda 50bal toʻplab 500 000 000 toʻlasa adolatli
Bilimi bor,3 yoki 4bal yetmagan,superkontraktga puli yetmagan nima qilsin,90mln tolab oqisinmi,nme hamma perevodchilaga osilib olgan,ozi super kontraktni olib tashlab,ozgina bal yetmaganlaga yana bir sinov,imkoniyat,kvota ajratish kerak
Omadli ekanda bir qiliği xudoga yoqqan banda ekan
_ UZB_
Tahlil uchun rahmat aka lekin siz ham reklamani to‘xtatingda ko‘pchilik sizni aniq ma‘lumot beradigan ya‘ni to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan inson deb biladi
Mukambar Raxmonaliyeva
Akademik litseylarning mandati qachon e'lon qilinishi haqida biror xabar bormi?
__sabinaboyjonova__
Иброхимжон
Омад .
Uzur yana bir dona savolim qolib ketdi
_ UZB_
_ UZB_
Undan ko‘ra tabaqalashtirilgan kontrakt narxini pasaytirish kk
Ikromova Sayyora
Shu yil o'zi xorijsiz ham hamma past bal oldiku 60 ,70 ball bn kirgan o'quv yurtlar bo'ldiku Xorijdan kelganlar ham shulardan kam ball olgani yo'q
Lekin shuncha ball to'pab ham o'tgan bo'lsa ham unvestet quvvati yetmayabdi oddiy SamDU yurispedensiyaga 450dan Ziyod bolla pervod qildi barini o'qitishga texnik baza yetmaydi deb sirtqi yo'nalish ochishga ruxsat so'rayabdi. Bizda xali unvestetlarning texnik baza yetishmaydi lekin shuncha bolani olib oldi
Xorijdan pervot javob xatlari qachon chiqadi va darslar qachon boshlanadi. ??
Zamona
_ UZB_
Undan ko‘ra tabaqalashtirilgan kontrakt narxini pasaytirish kk
Uning uchun super kantrak to'lmay qo'yish kerak odamlar.Lekin odamlar shuncha pulni qaydan topyatikan bilmadim.Institut Marketing bo'limida odam qaynaydi-ya
_ UZB_
Sabab chet elga yoki qo‘shni davlatlarga topshirayotgan talabalar sarflayotgan pullarni O‘zbekistonda sarflasa manimcha to‘g‘ri bo‘ladi
Bita gap bilan aytganda O'zbekiston oliy talimga monjallangan davlat.
Shuningdek 150miliyon tolasa 35 bal bn kiritib qoyadi Qani adolat 87ming ozbek bolasi chet elda oqidi bizda adolat yoq Xatto ichki pervodlarni xam 50-60 milyon qilib qoyilgan
Oqigan kiradi oqimagn kirmeydi emmas pulga qarab hammasi O'zbekiston bu ketishda 25 yildan keyn ham talim soxasida rivojlanmaydi
DTM va oliy talim vazirligida ishlab ketayotgan xodim va xodimalarni biz sutudentlar boqamz .
Xikmatillayev
Litseylani javobi qachon chiqadi
Show next 100 comments