Хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади

ДТМнинг хабар беришича, ўқишини хорижий давлатлардаги ОТМлардан Ўзбекистонга кўчириш бўйича тест синовларида иштирок этиш учун 87 минг 486 нафар талабага рухсат берилган.

Ўқишни кўчириш учун ўтиш бали анча паст белгиланган бўлса-да, талабгорларнинг 72 фоизи минимал талабни бажара олмаган.

Атиги 6,3% талаба 100 баллдан кўпроқ балл ололган. ОТМларнинг жуда катта қисмида ўтиш бали сифатида белгиланган 66,1 баллни эса жами 30% талаба тўплай олган.

Тест синовида иштирок этган талабгорларнинг 50 фоиздан ортиғи 56,7 балл (максимал баллнинг 30 фоизини) ҳам тўплай олмаган.

Шунга кўра, ДТМ ота-оналарга мурожаат қилиб, хорижга имтиҳонсиз ўқишга олиб кириб, 1 йилдан кейин осонгина “перевод” қилиб беришга ваъда бераётган фирмаларга ишонмасликка чақирди.

Аввалроқ бакалавр босқичи учун тестга кирган 892 минг абитуриентнинг 36,8 фоизи 56,7 баллни ҳам тўплай олмагани ҳақида хабар бергандим.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
_ UZB_
Undan ko‘ra tabaqalashtirilgan kontrakt narxini pasaytirish kk
Ikromova Sayyora
Shu yil o'zi xorijsiz ham hamma past bal oldiku 60 ,70 ball bn kirgan o'quv yurtlar bo'ldiku Xorijdan kelganlar ham shulardan kam ball olgani yo'q
Lekin shuncha ball to'pab ham o'tgan bo'lsa ham unvestet quvvati yetmayabdi oddiy SamDU yurispedensiyaga 450dan Ziyod bolla pervod qildi barini o'qitishga texnik baza yetmaydi deb sirtqi yo'nalish ochishga ruxsat so'rayabdi. Bizda xali unvestetlarning texnik baza yetishmaydi lekin shuncha bolani olib oldi
Xorijdan pervot javob xatlari qachon chiqadi va darslar qachon boshlanadi. ??
Zamona
_ UZB_
Undan ko‘ra tabaqalashtirilgan kontrakt narxini pasaytirish kk
Uning uchun super kantrak to'lmay qo'yish kerak odamlar.Lekin odamlar shuncha pulni qaydan topyatikan bilmadim.Institut Marketing bo'limida odam qaynaydi-ya
_ UZB_
Sabab chet elga yoki qo‘shni davlatlarga topshirayotgan talabalar sarflayotgan pullarni O‘zbekistonda sarflasa manimcha to‘g‘ri bo‘ladi
Bita gap bilan aytganda O'zbekiston oliy talimga monjallangan davlat.
Shuningdek 150miliyon tolasa 35 bal bn kiritib qoyadi Qani adolat 87ming ozbek bolasi chet elda oqidi bizda adolat yoq Xatto ichki pervodlarni xam 50-60 milyon qilib qoyilgan
Oqigan kiradi oqimagn kirmeydi emmas pulga qarab hammasi O'zbekiston bu ketishda 25 yildan keyn ham talim soxasida rivojlanmaydi
DTM va oliy talim vazirligida ishlab ketayotgan xodim va xodimalarni biz sutudentlar boqamz .
Xikmatillayev
Litseylani javobi qachon chiqadi
_ UZB_
Yana bir sababi ularning ko‘pchiligining hujjatlari o‘qiydi
Енни ким блади 58 бал олганлар сиртикида канча туларкан супер контракни
__sabinaboyjonova__
Иброхимжон
Бемалол
1kurs to‘g‘ri onlayn o‘qidik lekin 2 kursda ilojsizmiz oflayn o‘qiyapmiz qiynalyapmiz uzoq anchagina yangi yilda perevod jarayoni yo‘lga qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi chunke ancha olisda o‘qishimiz bu Chet OTMlarda o‘qiydiganlarni ham uzurli sabablarini inobatga olsa yaxshi bo‘lardi qiynalyapmiz 🥺uzur noto‘g‘ri gapirb qo‘ygan bo‘lsam🥺
Блганлар илтимос айтворинглар
Тиббиетга 95 е 98 олганлар хам утмади улар тиббиет программасини укисинми е дтм га тайерлансинми озгина уларниям иктисодий томониниям хисобга олинглар илтимос четда укиш ослн эмас хамма бирдек емон бахоларга укимайди
Jamshid
Zamona
3-4 bal yetmasa ozgina tayyorlanish kerak grand ga o'qiydi
Bilimi bilan oqiwga kiromayotgan,grantga kiradimi?shu oxirgi 3-5yilgacha super digan narsa bomagan,tanish-bilish bogan,osha xozirgiga nisbatan ozgina yaxshi edi,puli bilan kirganlar sanoqli bolardi,hozir talabalarni sigdirolmayapti,hamma joy tok bolib ketgan,90 foizi tupoy talabalar
Jamshid
Super kontraktlarni chiqargandan keyin shunaqa boladi
Zamona
Super kantrak poraho'rlikni yo'q qilibdimish ,shunaqa deyishdi televizordagi bitta ko'rsatuvda
Ikromjon
154,80 tupladim utgan yili 167.3 bilan uqishga kirolmaganman.
_ UZB_
Endi tahlilni chuqurlashtirish kk
1. o‘ta olmagan talabalarning qancha qismi qaysi institutdan perevod qilmoqda
2. Buning sababi nima ?
(covid sabab o‘qiy olmagan )
( Masofadan o‘qigan)
Show next 100 comments