Хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади

ДТМнинг хабар беришича, ўқишини хорижий давлатлардаги ОТМлардан Ўзбекистонга кўчириш бўйича тест синовларида иштирок этиш учун 87 минг 486 нафар талабага рухсат берилган.

Ўқишни кўчириш учун ўтиш бали анча паст белгиланган бўлса-да, талабгорларнинг 72 фоизи минимал талабни бажара олмаган.

Атиги 6,3% талаба 100 баллдан кўпроқ балл ололган. ОТМларнинг жуда катта қисмида ўтиш бали сифатида белгиланган 66,1 баллни эса жами 30% талаба тўплай олган.

Тест синовида иштирок этган талабгорларнинг 50 фоиздан ортиғи 56,7 балл (максимал баллнинг 30 фоизини) ҳам тўплай олмаган.

Шунга кўра, ДТМ ота-оналарга мурожаат қилиб, хорижга имтиҳонсиз ўқишга олиб кириб, 1 йилдан кейин осонгина “перевод” қилиб беришга ваъда бераётган фирмаларга ишонмасликка чақирди.

Аввалроқ бакалавр босқичи учун тестга кирган 892 минг абитуриентнинг 36,8 фоизи 56,7 баллни ҳам тўплай олмагани ҳақида хабар бергандим.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Jasur Komiljonovich
Xushnidbek uziz ham ko'p reklama qilasiz shu xorijga o'qishni ,nega ?
Zamona
2018 da 30 ta bolishni boshlagan
Sardor
Repititorga borib tayorlangan b.n hayoli boshqa joyda. Oqish kerak ekanligini masulyatin bilmasa uzida tartib bolmasa bekorga vaqt utadi bekorga pul ketadi. Bechora ota onalar oglim qizim repititorga borib ham kira olmadi deb imtixonlar qiyin deb uylashadi. Zaring bolsin yoki zoring bolsin deb yuraveradi. Keyin supper kantrak, yoki chetga uqishga jonatadi perevod qilamiz deb. Lekin bimaydiki bolari masulyatsizlik qilayotganini, bilmaydiki ortiqcha hoy havasga uchadi. Bu natogri fikir va men bu borada kelajak u.n Xushnudbekning fikriga toliq qoshilaman. Shuning u.n hurmatli ota onalar va abyuturentlar uz kelajakingiz u.n sal masulyatli boling. Bolaringizga yana bir imkon bering uzi tayorlanib uqishga kirish u.n. Shoshmang bu yil bolmas keyingi yil uzini kuchi b.n kirsin. Zato bilimli boladi. Bitirib chiqgandan keyin ham qiynalmaydi. Zor mutaxasis boladi. Usha pullar uzi keladi keyin. Zor mutaxasisga hardoyim talab katta bolgan. Omad
Ha albatta qiyinchilik boladi. Hamma nars uz uzidan bolmaydi. Sabir qiling! Niyatni Holis qilning Olloh korguvchi va bilguvchi zot. Ollohni uzi qollaydi. Olloh etkazadi hammasini. Kantrak ham rozgorga etkazadi. Faqat yaxshi niyat. Agar niyatingiz bu yil kira olmasan qoshni davlatga document topshirib, keyin perevod qilaman desangiz huddi shunday boladi. Agar uqishga kira olmasam adam supper kantirakka kirgizadi desangiz huddi siz niyat qilgandek supper kantrak boladi. Agar bu yil qattiq tayorlanib Grantga kiraman desangiz Grantga, yoq menimcha grantga kirolmasam kerak, kantraktga kirsam ham boladi desangiz albatta kantrak boladi. Shuning u.n Hurmatli abyuturentlar Niyatni holis qilin va albatta shu niyat u.n qattiq intizom tartib b.n tayorlaning shunda natija boladi. Choyxona,toy, togga borish, uchrashuvlarni yigishtiring, ularni uylamang ham. Shunda siz albatta Yuridichiskiy, ToshMi, Diplomatya, Joxon tillariga kirasiz. Jaaavob...
М
Переводчиларга ичидаям кучли укийдиганлари куп купчилик хамма курсларни четда укишга маблаги етмайди юкори курсга утган сари иложсиз укишдан кетишади буларга хам ердам бериш кк
To‘gri ln oldindan shunday bo‘lishini bilgansizku yoki birinchi yili osongina perevod qilaman deb o‘ylaganmisiz o‘tgan yili karantin sabab osongina perevod chiqdi kn hamma chetga yugurdi masalani 2 tarafi borda bizam perevod qilganmiz imtixon bilan daje 1 yil akadem olganman shunaqalardan maslahat olish kk edida man hozir Hech kimga chetga ket perevod qilib kelasan deb maslahat bermayman.
JAHONGIR
uqish uyinchoq bup qoldi 5 yillab tayyorlanib kirolmaganmiz,yuridikka 70 ball bn kiryapti
Zamona
Chetga kirish oson o'qish qiyinda Bizda kirish qiyin ,o'qish oson😊
Chetda o‘qish hecham qiyinmas kim aytdi sizga tilini bilmasangiz to‘gri sal qiynalasiz ln oson
JAHONGIR
uqitish undan dahshat uzi ustiga ishlamayot uqituvchilar kupaydi Oliy ta'limda
Yuldasheva
Xorijdan perivod qganlarga darsla qacondan bowlanadi kim boladi aytvorilaa
Xorijdan Perevod qilganlar superga ariza topwirganlar bormii???
JAHONGIR
eplasayiz kiring depti ,lekin bunaqa laterea uynab emas...
JAHONGIR
pul bn yuridikka kirib prakuraturaga ham pul bn kirsa ,uzi uyoqda harom qib tashladi
JAHONGIR
aytgancha eplagan ,unaqa polechedus bn mas
Yuldasheva
JAHONGIR
eplasayiz kiring depti ,lekin bunaqa laterea uynab emas...
5 qol barobar bas bilimi yo savodszlardi dp bagde oqiganlaram nomi qora bolyapdi man 140 bal bn perivod qldim
Show next 100 comments