Хориждан ўқишини кўчирмоқчи бўлганларнинг 72 фоизи ўтиш балини ололмади, 50 фоизи эса 56,7 баллдан паст тўплади

ДТМнинг хабар беришича, ўқишини хорижий давлатлардаги ОТМлардан Ўзбекистонга кўчириш бўйича тест синовларида иштирок этиш учун 87 минг 486 нафар талабага рухсат берилган.

Ўқишни кўчириш учун ўтиш бали анча паст белгиланган бўлса-да, талабгорларнинг 72 фоизи минимал талабни бажара олмаган.

Атиги 6,3% талаба 100 баллдан кўпроқ балл ололган. ОТМларнинг жуда катта қисмида ўтиш бали сифатида белгиланган 66,1 баллни эса жами 30% талаба тўплай олган.

Тест синовида иштирок этган талабгорларнинг 50 фоиздан ортиғи 56,7 балл (максимал баллнинг 30 фоизини) ҳам тўплай олмаган.

Шунга кўра, ДТМ ота-оналарга мурожаат қилиб, хорижга имтиҳонсиз ўқишга олиб кириб, 1 йилдан кейин осонгина “перевод” қилиб беришга ваъда бераётган фирмаларга ишонмасликка чақирди.

Аввалроқ бакалавр босқичи учун тестга кирган 892 минг абитуриентнинг 36,8 фоизи 56,7 баллни ҳам тўплай олмагани ҳақида хабар бергандим.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Zamira
Talim qayerga ketyabdi bu ketishda ertaga ular bitrib kelishsa yosh avlod kimdan nimani organadi jamiyatga savodsz bolalar yetishib chiqaveradimi biz qayerga qarab ketyabmiz pul ishlashni boshqa yolini topsin talim vaizrlari
Мактаб билими билан укишга кириб булмаяпти, фарзандимни репититорга бериб укитишга пулим йук шароитим йук ногиронман перевод имконияти бор учун хорижга юбордим 9 балл етмади стомотологияга. Хаммани хам репититорга пули йук Укишда укиб биладиганини укитсин Яхши укитсин
Укишга киришни осон килсин.коррупсия булмасин укитишни кийин килсин укиб билган укисин
Утган йили 130 балл билан стомга киролмади ноилож хорижга кетди Кучириш имконияти бор учун
Xorijdan koʻchirib kelayotganlar Oʻzbekiston da 2kursdan oʻqiydimi yo 1kursdan oʻqiysiz deydimi biladiganlar
O'sha yaxshi ballarni berayotgan abituriyentlarning aksariyati litsey talabalari, yoki ixtisoslashgan maktab o'quvchilari
Maktablarga e'tibor yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lyapti, lekin akademik litseylarga e'tibor esdan chiqib qolyapti. OTM qoshida litseyi borligini o'ylamasa ham kerak. Hali qog'ozbozlik ko'p. Dasturlar har doim kech chiqadi. Mandat 22-sentabrda deb, bugun 23-sentabr hali beri chiqmadi. DTM shuncha abituriyentlarni mandatini chiqarganda, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nisbatan oz bo'lgan litsey mandatini chiqara olmay yuribdi. Shu yerlariga qoyil qolmayman-da.
66.1ball ololmaganlar super qilib oʻqiydimi shuncha perevod qilib oʻtganlar universitetlar qabul qildimi oʻqiyotgan lar bormi perevoddan oʻtganlar
Assalom alayko'm aka chetdan kelganlarni aqilsiz ahmoqga chiqarish kerek emas. Men utgan yili yuridikga 164 bilan yiqilganman. Yuridikga qolganlar qanday kirganini ham bilaman bitta xonaga qamalib x varyand yodlab kirganlarham 30dan kam emas. O'z ko'zim o'zimning aniq fatlarim bilan bilaman 30ming$ bilan kirib o'qiyotganlargacha bilaman. Siz o'ylaysizda hozir OTM da o'qiyotganlar hammasi savotli, aka qo'ysangizchi mendan yaxshi bilasiz qanchalik bilimga egaligini va OTMda qancha bilim berishini. O'tgan yili o'qishga kirganlardan agar test olinsa nima deb o'ylaysiz qancha ball to'plashadi. O'sha tarafini o'ylab ko'rdingizmi. Chetda yurganlarni hammasiham xoja ko'rsinga borib kelgani yoq. Chetda bir o'zi tanish-bilish yoq yashashham oson emas sizga aytsam. Agar DTM ichida x varyant chiqarish bo'lmasa va yana qanaqadur yo'l bilan o'qishga kirish bo'lmasa nima deb o'ylaysiz OTM da kimlarning farzandlari o'qirdi.
Dᴀᴠʟᴀᴛᴍᴜʀᴏᴅ
66.1ball ololmaganlar super qilib oʻqiydimi shuncha perevod qilib oʻtganlar universitetlar qabul qildimi oʻqiyotgan lar bormi perevoddan oʻtganlar
Aka sizga aytsam vapshi super qilmang yaxshisi chetga keting. Xozir qiyin emasku nima qilasiz shuncha pul sarflab OTMga kirib shu pulga tayorlaning ILTS oling yevropani eng yaxshi joylarida o'qiysiz
Dᴀᴠʟᴀᴛᴍᴜʀᴏᴅ
66.1ball ololmaganlar super qilib oʻqiydimi shuncha perevod qilib oʻtganlar universitetlar qabul qildimi oʻqiyotgan lar bormi perevoddan oʻtganlar
Kerekmi sizga 124 milon atrofida super qilib 4 yildan keyin 2 yo 3 milyon oylik uchun yashash. Undaham ishga joylasha olsangiz olasiz bu 2 3 milyon pulni
Assalomu alaykum .Yuqoridagi tibbiyotga oid postizda komment ochib qoying iltimos .Oʻzim shu yil tibbiyot talabasi boʻldim lekin tibbiyot institutini bu darajada deb oʻylamagandim toʻgʻrisi.Komment ochishizni kutib qolamiz juda koʻp muammolar bor hali gapiradigan
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men oqishimni perevod qilgan edim. Oqiyotgan OTMim hujjatlarimni berdi lekin perevod qilishni xohlagan OTMimda qabul qilinmadim. Endi oqiganan OTMimga hujjatlarimni olib kelsam qabul qilishmadi. Sen talabalar safidan chetlatilgansan deyishyapti. Meni nima qilishim mumkin oxshamagan perevodimni orqasidan talabalikdan ham quruq qolamanmi? Bu haqda hali oila azolarim ham yaqinlarim ham bilishmaydi. Sizdan sorashni maqul kordim. Iltimos javob bering🥺🥺🥺
Abdurasulova_Z
Men supperga ariza bergandim bir kundan kegin arizez bekor qilindi online royhatdan oting deb sms keldi sizlarda ham shunday boldimi????
Assalamu alaykum. Meni fikrimcha 66.1 ball yoki 100 ball juda kam ball. Bemalol testni 30 %ini ishlab ham 66.1 ball tòplasa bòladi. O'zbekistonda imtixon topshirib kirgan talaba bilan xorijiy otmdan perevod qilgan talabani solishtirsangiz kòp hollarda shuni anglaysizki, ôzi shu yònalishiga topshirib kirgan talabalarning kòpchiligi bilimga chanqoq, zehni ham òtkir. Perevod qilganlarni esa hatoki òqiyotgan fanini nima maqsadda òzlashtirayotgani, nima uchun kerakligini ham bilmaydi. Yana ustozlardan noliydilar. Allohga shukur kirish imtixonlarida 100% shaffoflikka erishildi. Savollar ham juda oson. Qòshnim bu yil maktabni bitirib pastroq ball tòpladi lekin talaba bôldi. Ba'zida mendan testlar sòrab turishini inobatga olmaganda deyarli repititorga bormadi. Ózim ham birinchi yili tibbiyot oliygohiga kira olmadim aybni o'zimdan qidirib, puxta tayyorlandim. Keyingi yili esa davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildim. Atrofimdagi talabalarni ko'pini ko'rib perevodni imtixon bilan qilinganiga juda xursandman. Menimcha òtish bali 100balldan kam bòlmasligi kerak. Chunki biz oliy ta'lim muassasasida òqiymiz. Kelajakda esa kimdir shifokor, kimdir òqituvchi kimdir esa boshqa kasbning mutaxassisi bôladi.
Ихтиёр Абдураззаков
Millat haqida gap ketmayapti bu yerda.O‘zimdan Karol ham yasab olmaganman.O‘zi shu yozayotgan yozuvingizdan savodingiz ancha sustligi, ishlovga muhtojligi bilinib turibdi.Yillab repititorga borishga ham hojat qolmayapti oxirgi 2 yilda. Maqsad ezgu bo‘lsa marhamat qilib kirgan OTM sini bitirib kelaversin. Ishga kirsin el qatori. Super kontrakt to‘g‘ri hammaga ham emas. Lekin super kontrak to‘lamaslik uchun ham ko‘o roq o‘qish kerak.
Sizga o'xshagan fikrlash doirasi - da turganlarni dastidan hamma yoq korrupsiya bo'p ketgan. Faqat pulli o'yliszla soqqani o'yliszla manapolya qvoganszlar. Super-kontraktni hech kim gapirmaydi, institutdagi poraxo‘rliklarni hech kim gapirmaydi. GM hech kim gapirmaydi va hokazo sababi ularga gapirolmisizlarda. Kim javob beroladi chetga chiqqan bollar biror bir diniy oqimga qo'shilib ketmasligiga. O'z vatani qabul qilmagan qolaversa vatanidan sovigan bolani yo'ldan urish juda oson. Ho'p siz etgandik usha bollar prevod bo'lmasa ham kirgan OTMni u 4-5 yildan kgn bitirib keladi. Sababi ular xalqaro diplom oladi. Ammo ularni qande maqsadda kelishi bizga nomalum. Mani mutasaddi shaxslardan talabim Yoshlarni vatanga qaytarila ahvolimiz Suriya, Afg'onistonga o'xshab qolmasiligi uchun ham , vatan hoyinlari chiqishini oldini olish u-n ham ularni qaytarish kerak.
Shokir
Salom Xushnudbek aka siz bilan bog'lanish qiyin juda. Telegram botiz yo'qmi birorta javob beradigan. Uzr oldindan mavzuga aloqasi yo'q masala yuzasidan sizni bezovta qilmoqchiman. Men Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Dashtig'oz mahallasi Sarqamish qishlog'ida yashayman. Bizga ichimlik suvi quvuri o'tkazilganiga bir-ikki yil bo'ldi lekin umuman ichimlik suvi kelmayapti. 3-4marta suv keldi 1-2soat oqdi xalos o'zim maktabda ishlayman o'quvchilar ichishga suv topish uyoqda tursin latta namlagani ham suv yo'q. iltimos shu masalada yordam bersangiz. Rahmat oldindan
O'g'iloy
Assalomu aleykum Xushnudbek. Menga maslahatingiz kerak. Jiyanim opamni o'g'li universitetda shartnoma asosida o'qiydi. Oila boquvchisi opam. shartnoma pulini to'lashga sharoiti yo'qligi sabab akademik tatil ololmayapti. Universitetga borib masul shaxsdan maslahat olganimizda akademik tatil farzandli bo'lgan va salomatligida muammosi bor talabalar uchun berilishini aytdi. Bu yil o'qiyolmasligini aytganimizda u holda talabalar safidan chetlatilishini haqida aytib o'tdi. Bu vaziyatda qanday yo'l tutishga hayronmiz. 176 ball bilan 6-o'rinda birinchi shartnoma bo'lib talabalikka qabul qilingan. Bilimlari mehnati uvol ketishini istamayman. Yoshlarga ajratilayotgan imkoniyat va etiborlar haqida eshitib tuman xokimiyatiga yoshlar agentligiga uchradik aniq gap aytishmaydi.
O'z maslahatlaringizni bersangiz.
Хакимбек Абдиназаров
Sizga o'xshagan fikrlash doirasi - da turganlarni dastidan hamma yoq korrupsiya bo'p ketgan. Faqat pulli o'yliszla soqqani o'yliszla manapolya qvoganszlar. Super-kontraktni hech kim gapirmaydi, institutdagi poraxo‘rliklarni hech kim gapirmaydi. GM hech kim gapirmaydi va hokazo sababi ularga gapirolmisizlarda. Kim javob beroladi chetga chiqqan bollar biror bir diniy oqimga qo'shilib ketmasligiga. O'z vatani qabul qilmagan qolaversa vatanidan sovigan bolani yo'ldan urish juda oson. Ho'p siz etgandik usha bollar prevod bo'lmasa ham kirgan OTMni u 4-5 yildan kgn bitirib keladi. Sababi ular xalqaro diplom oladi. Ammo ularni qande maqsadda kelishi bizga nomalum. Mani mutasaddi shaxslardan talabim Yoshlarni vatanga qaytarila ahvolimiz Suriya, Afg'onistonga o'xshab qolmasiligi uchun ham , vatan hoyinlari chiqishini oldini olish u-n ham ularni qaytarish kerak.
Fikrlash doirangiz shunchalik torligidan o‘tlab ketib qolyapsiz shep. Super kontrakt aynan sizga o‘xshagan bilim saviyasi yo‘qlar birovga pul berib o‘qishga kirmasin adashmasin deb yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan hech kimni vatani qabul qilmayman deb chetga o‘qishga yubormadi. O‘zlari ketgan o‘sha turist talabalarni. O‘wishga kirolmasa yuragi soviydi deganiz umuman xato. Diniy oqimga kirib ketishi ham o‘qimaganligi bilim saviyasi pastligidan. Maqsad qayergadir kirib olib boshqa joyga uchish bo‘lmasligi kerak. Tanladimi kirsin. Kirolmasa o‘qisin. Qozoq, qirg‘iz, tojikistonni emas boshqa Yevropa universitetlariga kirsin. Vatan xoini bo‘larmush. O‘ylab gapirish kerak
Show next 49 comments