🇺🇿Урааа! Насаф ОФК кубоги финалида!

Ҳозиргина Қарши шаҳрида ОФК кубоги яримфинали ўз ниҳоясига етди. Унда «Насаф» Ҳонконгнинг «Ли Ман» жамоасини қўшимча дақиқаларда мағлуб этиб, ўз тарихида иккинчи бор ОФК кубоги финалига йўлланма олди.

«Насаф» 1-бўлимда ишонарли 2:0 ҳисобида танаффусга чиқиб кетганди. Аммо рақиб жамоа ҳам тасодифан бу ергача келмаганини исботлади ва 2-бўлимда ҳисобни 2:2 га етказди. Қўшимча таймнинг биринчиси энди тугай деганда Калудеровичнинг супер зарбаси дарвоза тўрига аниқ бориб тушди.

Шу билан «Насаф» 2011 йилги ОФК кубогидаги чемпионлигидан 10 йил ўтиб, яна финалга чиқди.

👏👏Баракалла, йигитлар! Финалда омад тилаймиз!!!

ОФК кубоги. Яримфинал.
«Насаф» - «Ли Ман» (Ҳонгконг) – 3:2
Голлар:
Фернандо Ресио (автогол) - 4', Ҳусайн Норчаев - 26', Андрия Калудерович - 105' – Живанилтон - 47', Хосе Анхель Мартин - 65' (пенальти)


👉 @xushnudbek 👈

107 comments

Show 66 more comments
Shunaqa nohalollikka botgan chempionatda haqiqat borligiga bir ishora buluvchi uyinlar odamni chalg'itadi lekin.Mayli omad Nasaf!
Qoʻshimcha daqiqadagi gol super ajoyib urildi , ofarin. Terma jamoamiz ham shunday irodali oʻynasa edi...
Dilshod Berdiyev
Насаф чемпион худо хохласа
Финал қачон, қайси мамлакат вакили, қаерда бўлиб ўтади...Шу каби маълумотларни энди излаш керак...
Nasaf Qashqadaryo Chiroqchi ketdik
Chiroqchidan kim bor?
Omad Nasafga.Nimaga bu Blogerlar jamoa yuqorilagandan keyin maqtab qoldi tushunmeman.Qaytamiga boshlanmasdan oldin futbol chilarga muxlislarga omad tilab padeshka qilib turmedimi.Xushnudbek aka bu gaplarni aytshim joyizmasdir.In ishingizga gap yo ko'z tegmasin.
Насаф олға
Nasaf Qamashilikla sen bilan
Omad tilaymiz!!!
Yoshligimda tumanimizda bir yosh yigitni deputatlikka nomzodini quyganligi haqida eshitib qoldim! Buni bobom aytib bergandi! Bobom shu kungacha usha bolaga uxshashimni aytib uni menga urnak qilib kursatadi! Bobomni bir kuni xursand qilmoqchi bo'lib usha yosh deputat bilan uchrashmoqchi edim afsus nasib qilmadi! Bu deputat Xushnud aka edi. Buxoroga kelganlarida uchrashmoqchi edim, afsus nasib qimadi. Aka ishlarizga omad sizni izizdan borish nasib qilsin!
Xudoyberdiyev Komil Xalimovich
Do'stlar Nasaf baribir Nasafda. Axir bu klub nomi Nasafku!
Норчаев 👍
Ajdarlar jangida Qashqadaryo ajdari g'olib bo'ldi
Uzoqov Yusuf Axrol ogli
Omad yigitlar!!
Soatov Husan
Nasafga omad inshaalloh 2- bor kubokni olamiz
ILYOSBEK
Nasaf agar haqiqiy sudya qoʻyishsa Oʻzbekiston chempioni ham boʻladi faqat gʻirrom yoʻl bilan Nasafni pastga bosadilar lekin mana baribir Oʻzbekiston tarixida ikkinchi marta OFK ga chiqdi Oʻzbekistonda hali birorta komanda chiqmagan OFKga Hatto Paxtakor ham
Pardayev.О.Т.PP/227
Ўзб да фақат Насаф халқаро уйнларда чемпион бўлган, зўр матч бўлди
Omad Nasaf!
Show next 20 comments