Prezidentimiz qarori bilan Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etilgan edi.
27-dekabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi IT maktab ochilishidagi uchrashuvda yurtboshimiz menga qarata
“Senga rahmat, seni ishga tavsiya qilganimda yurtimizda fan olimpiadalari harakatini vujudga keltirishingni kutgandim, sen buni uddalayapsan. Seni kuzatib yuribman, to’xtama! Menga qolsa har kuni olimpiada o’tkaz, shunda o’quvchilar ertaga olimpiada bo’lar ekan deb bugun kitob ochib o’qiydi, menga shu kerak!
degandilar. Shu bir yil davomida butun kuch-g’ayratimni olimpiadalarni ommalashtirishga, iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlashga bag’ishladim. Meni qo’llab quvvatlagan ustozlarim, departament jamoasi a’zolari, shogirdlarim va albatta sizga minnatdorchilik bildiraman. Har doim sizdan kelgan takliflarni inobatga olib ishlaganman, bundan keyin ham aynan shu yo’ldam borishga harakat qilaman.
Quyidagi manbaalarda ish boshlaganim haqida xabar e’lon qilingan ekan:)
salom Sardor aka ishlaringizga omad,bizlar ham sizga o‘xshab yuraylik! bir iltimosim bor edi 26-maydagi 6-sinflarga berilgan savolning javobini e'lon qilsangiz.
Toʻlqinbek
Сардорбек, сиз амалга ошираётган ишлар тахсинга сазовор. Ишларингизга ривож тилаган холда озгина такоифим бор эди. Макта балрда утказилаётган хар Бир фан олимпиадасини туман, шахар ва вилоят боскичларини адолатли амалга ошириш учун олимпиада жараёнини ва уни текшириш жараёнини видеокамерага ёзиб бориш керак. Ёки олимпиадада иштирок этаётган укувчилар, назоратчилар ва текширувчиларни боди камера Билан таъминлаш керак. Шунда адолатни урнатишга эртшилган булармиди. Бу хам битта таклиф...
Assalomu alaykum Juda to'g'ri va ulug' ishni amalga oshirayapsiz Har kuni yangi, bir- biridan qiziqarli, antiqa savollar hattoki biz ustozlarni ham o'yga toldiradi. Kelgusida ijodingizga rivoj, baraka tilayman, sog'-omon bo'ling
Farzandlarim sizga o'xshab el nazariga tushgan inson bo'lishini xohlayman.