❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
ulugbek
e bularga bir bala db bomidi axmoqlardan axmoqona fikr ciqadi torsn etsam dtm sga xam tupurdm
Mandat.dtm.uz sayitini ishga tushirish kerak abituriyent oʻz oʻrnini koʻrishi kerak menimcha
Assalomu alaykum! Bu yil o‘tish ballari keskin oshib ketmagan degan umiddaman. Chunki, bu yil men ham abituriyentman.
Odamlarni chalgitishmi bu.hamma shu bilan ovora bo'lib vaqt o'tadi oradan.Keyin DTM fikr bildiradi bunga.qarabsizki oktabr oyini qarshilagan bo'lamiz
S a n j a r b e k
O'tkan asrni sog'inganlar bormi
Tòppa tòģri qòshilaman shu fikrga internetda ham elon qilsa bòladiku
Enni kamiga 5ta OTMni hammasiga borib yurishimiz qolgandi. Viloyatdagila nima qilsin?
Интернетда берилса яхши буларди.
Xozirgi pandemiya davrida bu juda noto'g'ri ish
Shunda javoblar chiqganmi?
Kimdir kasal yuqtirsa siz javob berasizmi DTM direktori????
Yo'q menimcha mandat online tarzda e'lon qilingan yaxshiroq to'g'ri aytasiz hujjatlarni online topshiraoldik, ruxsatnomalarni online oldik, natijalarni ham online tarzda bilib oldik. Endi mandatga kelganda bunaqa qilish yaxshi emas buyog'i hamma joyda karantin bo'lsa biroz xalqni fikriga ham qarash kerak menimcha.....
Туппа тугри! Буларканку! Шу Хушнудбек халкнинг кунглидагини топадиган йигитда, барака топгур. Аллох ишларига барака берсин
To'ppa tug'ri qaror. Bunaqa qilish yarawmaydi. Internatda e'lon qilgani ma'qul
Да правилно
Barcha abuturientlarga sabr. "Raxbar"laga insof.
Hali mandatdan darak yo'q shuncha vahima,oldin chiqsin,DTM o'zi qaysi gapini bajardida,endi 24-sentabrgacha chiqadi degan so'zini ustidan chiqsa,oddiy o'rinni biladigan sayt ishga tushmadi,mandatni 24 da chiqishiga yo'l bo'lsin,hali shu oktabrgacha oboradi bahonalar qilib,DTM bahonalar to'qishga ustasi farang bo'lib ketgan!
Juda ham to'g'ri taklif.
Hozirgi sharoitda eng muhimi ijtimoiy masofani saqlash. Kimningdir farzandi o'qishga kirgan yoki kirmaganligini bilish uchun o'zi va yaqinlari hayotini xavf ostiga qo'yishiga zamin yaratib bergan bu ahmoqona qarorga imzo chekkan rahbar nahot bo'lajak ishlar ehtimolligini hisobga olmagan bo'lsa. Juda ham ajablanarli holat.
mandat.dtm.uz nega chiqarildi unda? Qaydnomani univerga borib ko'rsa?!
Show next 100 comments