❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
Best fried
Bu owqovoqlar òylab òylame qaror chiqariwaveradi.
5 ta OTM ga topshirilganku qaysi biriga borib kuriladi xammasiga bormaymizku viloyatlarni kezamizmi endi
DTM dagi shu qarorni chiqargan mutaxasislarni tasavvur ham qilolmayman. Bu xato qaror ekanligini maktab o’quvchisi ham biladiku hozir 🤦‍♂️
kmdr “Samarqand ipak yo’li turizm” ga borsa maniyam ismim bor yo’ligini ko’rvorsn ☺️ rahmat, ismm Humoyun
Qanaqa yol bilan bolsa ham tezroq elon qililar
ʀᴀʜᴍᴏɴᴏᴠ ᴛᴀʟᴀʙᴀ ɪɴsʜᴀᴀʟʟᴀʜ
Ozi chiqdimi mandat ??? Shaxsiy kabinetda hec qanday yangilik yoqku
...onlayn...
Yòq
Iyii nega chiqmasligi ham mumkinmi
DTMdagilarni ham almashtirish vaqti keldi menimcha yangi daraxtlar ekash kerak
S a n j a r b e k
5ta viloyatga yozgan bo'lsa o'zbekistonni aylanib chiaqadimi agar 5 tasiga ha kirmagan bo'lsa
Janjalni oldini olmoqchi bular aniq ballar yuqori shunchaki kirdingiz yo kirolmadingiz deyadi qoyadi shu bilan qutulishadi
Umurova Feruza
Koʻriladigan shuncha chora tadbirlarga tupurvoribdi dtm
Ăşțofîřûļļôh
Qanaqasiga endi hamma narsani internet orqali qilib , oxiriga kelganda bunday vaziyatda axmoqona fikrda bolish mumkin , o‘zi vaziyat ogrlashgani uchun kopchilik yana karantin elon qilinsin deb turgan vaziyatdaya , oliy talim osish orniga , tubszlikka chokmoqda , davlat tepasida qanaqa insonlar turibdi ozi
Manimcha Dtm ha adashibb qoldii
Bularda katta qo'y kalla bor. Ichida miyasi borligiga shubham bor.
Javoblarni OTM saytiga joylashtirilsa yahshi bo'lardi undan ko'ra. Nima keragi bor ortiqcha ovoragarchilikni. DTM yuborgan javoblarni bitta skaner qilinadi va OTM saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlariga joylashtiriladi bo'ldi.
PDF formatda rasmiy saytda yoki kanalda e'lon qilgan ma'qul bugunning o'zida.
Undan kõra tezroq umumiy natijalar e'lon qilinsa edi
Hamma õziga maqul yõl bilan natijalarni kõrar edi
Saytda elon qilish kere hammasini 😒
Bo‘lajak studentlar sabr qilamiz hammasi yaxshi bo‘ladi
Viloyatdagilarga qiyin buladiku
Saidova O'g'iloy
To'ppa to'g'ri
Show next 100 comments