❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
Bularda katta qo'y kalla bor. Ichida miyasi borligiga shubham bor.
Javoblarni OTM saytiga joylashtirilsa yahshi bo'lardi undan ko'ra. Nima keragi bor ortiqcha ovoragarchilikni. DTM yuborgan javoblarni bitta skaner qilinadi va OTM saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlariga joylashtiriladi bo'ldi.
PDF formatda rasmiy saytda yoki kanalda e'lon qilgan ma'qul bugunning o'zida.
Undan kõra tezroq umumiy natijalar e'lon qilinsa edi
Hamma õziga maqul yõl bilan natijalarni kõrar edi
Saytda elon qilish kere hammasini 😒
Bo‘lajak studentlar sabr qilamiz hammasi yaxshi bo‘ladi
Viloyatdagilarga qiyin buladiku
Saidova O'g'iloy
To'ppa to'g'ri
5 viloyatni aylanib chiqamiz ekanda qaysi biriga kirgan ekanmiz deb
Musharrafxon
5ta oliygohga ham borib bilish kerakmi endi🤔🤔🤔
Darslar qachondan ananaviy shaklga otadi 1-kurslarga qachon dars boshlanadi aytib yuborilar shu haqida ham
Princess
Entenetda e'lon qilinsa juda yaxshi bo‘lar edi
Shu yil DTM dagilar ham bir umirligini ishlab oldi testni soyib. Hamma tamonni kasha qilib tashadi
Hozirgi sharoitda ular shokka tushib qoganmi yoki ular aqilsizmi. Nahotki ular oylamasdan qarorlar chiqarsa . Huddiki dokonga kirib sotuvchi qoliga nima tutqazsa shuni kotarib chiqqan xaridor kabi "Dtm aqillilari"
Ra'no Esonova
5 ta viloyat o'rtasida hamma sarson bo'lish ekanda. Viloyatlarda shundogam ham virus yetarlicha.
Нозимжон Неъматович
Умуман ОТМ ларга натижаларни илиш халқимиз соғлиғига хиёнат бу хозир айни касаллик авж олган пайитда.
Men Toshkentda yashayman Termezga Chirchiqda Buhoroga namanganga Gulistonda aylanib kelaman 3ta bolamni uyga tashlab yomonam aqllida
Pdf bolsin azizlar va cabinet orqali talabalikka tavsiya etilgan va etilmaganini bilib olsin!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Muhriddin O'tanov
Mandat chiqsa bo'ldi edi uni ko'rish uchun Tinch okeaniga ham borardim
Show next 100 comments