❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
Ахтамова Хилола
Магистратура жавобларичи?
A'zamatjon Bakirov
Bunday axmoqona ish qilish mumkin emas. Lekin bundan ham yomonlariga chidab kelganmizku. Ularni oldida bu hech narsa emas.
Yashang Xushnudbek aka!!! Barbir xalqni o'ylaydigan odamsizda joyida javob qaytarasiz taklif berib...Sizdek insonlarimiz ko'paysin jamiyatimizda ishlarizga rivoj
al_Mu'izz🌙
Хавотр омасам хам болад ишонаман кирганман 😁 оган балл Ози кирган кирмаганим малум киса ман кирдим
Xolida G'ayratovna
Xushnudbekni taklifini 100 % qo'llab-quvvatlayman!
Nega mandat kuni chòzilip ketyapti 18 degandi bugun 22 hali darak yo mandatfan
Aziza✨
ILOXIM XAMMAMIZ KIRVOLELIK
******
Мандат сайтини ишлатишни талаб килиш кк. Нимага ишламаябти шу кунгача?
Davron Norqobilov
Abiturientlar OTM ga test natijasini ko‘rish uchun borganda, taksi, obed xarajati, keyin vaqti ketadi.
yaxshisi shu pulni DTM olsin va online ko‘raylik, zato vaqtdan yutamiz.
Sayyora
Internetda elon qivorishsa bòmidimikan shuni ovora qimasdan
Asosiy Yangiliklar Tanlov natijalarini qanday bilish mumkin
Tanlov natijalarini qanday bilish mumkin
Yangiliklar
22-09-2020 | 2700

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.
Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

1. Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2. SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3. Test natijalari qaydnomasi orqali:
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Шахсий кабинет да хар кайси абитуриентга тушган саволлар курсатилиши керак
ótgan yili kabinetdan kòrishni ilojini qilishgandiku, nega bu yil qilolishmayapti. Òzlari abiturientlar un pandemiya deb 5ta fanni ikkitaga ozgartirishgan bòsa nega endi oxiriga kelib bunaqa qilishadi?
Dtm ni bir nmasi borde xamma publichna korwini xoxlamayapti
Хумоюн Каримов
Bu XAROMXORLARNI NOVBATDAGI uyini. DTM Davlat Test Markazi Magistraturani testini hamma uzi tuzsin degan. Hamma ins sotti javobini. It bular it.
Show next 100 comments