❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
Aniq qachon chiqadi ekan o‘zi DTM
Shunchasini online kôroldik qolgani ham qölimizdan keloladi
Madina
Bitta gapde
Qaysi instga kirdiz kiromadiz hammasi yoziladimi
Yo ulaniyam owa 5ta joyga borib koriwimiz keremi
Endi bu gap nimasi edi
Qanaqa tushunish kerak bu gapni DTM nima odamlarda qasdi bormi
Òzi shuncha qilinayotgan karantin tadbirlarni bari rasmiyatchilikmi yoki DTM raxbariyatini taksichilardan qarindoshi bòlsa aytdimikin san shu boxona soqqa ishlab olasan deb aa
Qiziq judayam qiziq bu qarorni orqasida nima òylab qoyilgani
Hali taksichilarni ketmonchasi uchub qoladimi deymanda
E xa mayli nima bòlgandayam xalqga sabr kissaga daromat
عزيزة
тупизм зашкаливает. мне кажется они в другой планете живут где нет корона вируса вот и делают такие дела
Наима Якубова
189 бал куплигини хамма курмасин деишаетгандирда
Kimlarga kunimiz qoldi o'zi? Bitta organ uyda o'tir, masofa saqla, to'planma desa bittasi g'irt teskari ishni qilishga majbur qiladi. Kallang bo'la turib ishlamasa qiyin bo'lsa kerak.
Viloyatdagilarga maza yana towken ga boradi natijani koriw uchun borib qarasa oqiwga kirolmagan yana lishni rasxod
DTM blan UzTransport shartnoma qgan bo’sa keregoov, konpensatsiya zo’r bo’ladi 1 yarm million passajirdan uyoga buyoga 3 million yo’l haqi. Masalan-da
Qiziq virus kopaymasin deb register qilayotganda online bajardik, endi bunisi nima boldi.
Sal g'alatimasmi, Hop o'sha univerga borib ko'rdikham deylik, o'qishga kirgan abiturient hursand, ertasi kuni paaq etib virus bolib, o'lib qosa kim aybdor bo'ladi.


P.s Mandatniyam Stadionda elon qilishamikin
K.K.K
Man ham shunaqa dep oylavoman
Aniqku bu.Masalan man o'zimi yonalwimii koraman.Yuridicheski bn iwim yo.Uyoda rostanam 400 ta odam 189 mi qzqsamam borb korwga vaqtim yo.Onlayn bosa qziqiwdan bowqa inst.lanyam korb chqaman.O'zini familyasiniyam notogri yozadgan tanw dostlarimi inst.ga krganini korwimam xch gapmas
ULUG'BEK_INOMJONOV
Assalomu alaykum barchaga.
Aziz yurtdoshlar mandat.dtm.uz sayti qachon ishga tusharkin. Mandatdan oldin ishlaydi deyishgandiku. Mana shu xabarlarni bizga 1-2 oylab berayotganlar qayerda qolishdi? Mutasaddi xodimlar qayerga qarashyapti? Kottalardan iltimos qilib qolardik biz yoshlar 3-4 yillab qiyinchilik bilan olgan bilimlarimiz sarhisobini shunchaki ko'rmoqmiz holos. Sizlardan ortiqcha narsa talab qilganimiz yo'q. Iltimos bizi mehnatlarimizni suvga oqizmanglar!!!!
Odamlar uchun uchta yo‘l bo‘lsa ham barbir 3 yo‘lni tanlashadi ko‘z bilan ko‘rganga nima yetsin deb
Doimgiday bular chappasini qiladiku bular bosaverilar sizlarga gapirgandi foydasi yo'q 🤣
Agar abituriyent 5 ta viloyatga topshirgan bulsa, shu 5 ta viloyatga borib kelishi kerakmi. Umuman mantiqsizlik. Agar DTM saytlarida yoki shaxsiy kabinetida quyishga qiynalayotgan bulsa, har bir institutnikini sifatli variantda yetkazib bersin. Har bir OTM o'zini saytida e'lon qilib boradi. Abituriyent ham birdaniga kirgan OTMi bilan aloqaga chiqib ma'lumot olaveradi. Faqat DTM o'zini saytida har OTMning ishlayotgan web saytini joylashtirib quyishi kerak deb o'ylayman.
Онлайн курилса кузга зарар ушани уйлаёпти улар манимча😂😂😂
Show next 100 comments