❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
Doimgiday bular chappasini qiladiku bular bosaverilar sizlarga gapirgandi foydasi yo'q 🤣
Agar abituriyent 5 ta viloyatga topshirgan bulsa, shu 5 ta viloyatga borib kelishi kerakmi. Umuman mantiqsizlik. Agar DTM saytlarida yoki shaxsiy kabinetida quyishga qiynalayotgan bulsa, har bir institutnikini sifatli variantda yetkazib bersin. Har bir OTM o'zini saytida e'lon qilib boradi. Abituriyent ham birdaniga kirgan OTMi bilan aloqaga chiqib ma'lumot olaveradi. Faqat DTM o'zini saytida har OTMning ishlayotgan web saytini joylashtirib quyishi kerak deb o'ylayman.
Онлайн курилса кузга зарар ушани уйлаёпти улар манимча😂😂😂
SH,,,U,,,M,,,Q,,,O,,,R
💥Zarnigor Farhod qizi💥
Asosiy Yangiliklar Tanlov natijalarini qanday bilish mumkin Tanlov natijalarini qanday bilish mumkin Yangiliklar 22-09-2020 | 2700 Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi. Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi. 1. Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali: Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin. 2. SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud). 3. Test natijalari qaydnomasi orqali: Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Mana bu yerda 3xil kurishni iloji deganku
Yoki notùģri tushundimi
Bu nima degani endi mabdat.dtm.uz sayti orqali ko'radi demagamnmidi.Bu har tomanlama yaxshiku.Bolmasa xushnudbek aka aytgandek pdf varianti
🅑🅔🅗🅩🅞🅓
Уйлаб уйлаб шу йулни топишибдида койил колиш керак. Абитурентлар мисоли куй каёкка етакласа шу ёкка кетишувради
Aslida bu narsani DTM mas'ullari chuqur òylab qaror qilishsalar bòlar edi. Axir bunda bir mantiq qani ming minglab insonlar farzandini tòplagan bali uchun respublikani turli xududlariga tarqalishadi. Fikrimcha tòliq qaydnomani OTM xar bir abituriyent shaxsiy kabinetiga joylasa ham bòladi qiyin ish emas axir. (Tanlovdagi 5ta OTM albatta )
Abituriyent hammasini yuklab olib bemalol kòrib chiqadi.
🌱_dora_👩‍🎓
Assalomu alaykum.Unaqa qimeylar
Я не поддерживаю.у кого мозги есть он будет соблюдать дистанцию.пусть вывести.и пусть гтц лучше скажет какие предметы будут сдавать абитуриенты в 2021 году.конкретно уже в октябре.
OTM 5 ta bolsa. Yana abituriyent 5 ta viloyatga yuborgan bolsa qayerga kirgan ekanman deb 5 viloyatga borishga togri keladi kamiga osha abituruyent covid bolsa 5 ta viloyatdagi OTM ga yuqtirishi aniqku. Kamiga pandemiya davrida bunga ketadigan sarf harajatchi.
Хушнудбек раҳмат сизга! Чиройли сўзлар билан юракларига етиб борасиз. Менимча, улар ҳам жуда яхши билади. Фақат аввал кимдир фикр, эътироз билдиришини кутиб туришади. Кимларгадир шу ҳам туртки бўлса керак. Ўзлари раҳбарига айтса, эътибор бермайди. Ана блогерлар ёки ташқаридан шунақа дейишяпти деса кейин бажаришса керак
Kh 703
жуда жуда ахмокона карор кабул килишибти 👎🏻👎🏻👎🏻
Show next 100 comments