❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
🍁🍁🍁🍁🍁
___
Oqidi
demak xammasi qabul qilinadi faqat kantrak wunaqami
Doʻstim bujetni bolibergan kantrakt bir chekadan ketoradi baliga qarab
Nahotki wuncha odam hech qanday chora ko'ra olmasa blogerlar ilrimos nimadir qilinglar qachongacha og'zi qiywiqlar gapiradi
Bu yil rosa o'yin qilishdida. Shuncha odamni ahmoq qilib. O'z xalqini aldagan odamlardan nimani kutish mumkin. Prezident tomonidan chora ko'rilsin bularga. Rosa qarg'ishga qolishdi. Butun avlodiga yetadigan bo'ldi.
Хушнудбек хозирги кунда автобус, метро, маршрутка катновларини кузатмаяпсиз чоги, одамлар шундок хам топланиб Бир бирига ковушиб транспортлардан фойдаланишяпти. ОТМ га 10 дакика учун шунча фикр, ундан аввал транспортлардаги тикилинчларни бартараф этиш керак.
Assalomu alaykum 24 da javoblar chiqsa qatan bilamiz man tushunmayapman internetanmi yo borib ko'rib kelamizmi topshirgan oliy ta'limimizga
Muyassar Mengliboyeva
Assalomu alaykum, o' tgan o' quv yilida hammasi yaqqol ma' lum edi. Bu yil ham o" sha usulni kutgandik. Oynadek ravshan, test ballari aniq ko' rsatilgan edi. Tushunarsiz qaror. Innovatsiya qayoqda qoldi?
Abdulatif
Juda tõĝri pdf varianti chiwarish kerak Otm larga borishni nima keragi
Зулхумор
Хушнудбек,Сизга катта рахмат.Долзарб мавзуларни кутариб чикасиз.
Assalomu alaykum hammaga, Juda to‘g‘ri pdf qilish kerak hozir pandemiya ahvolini yana ham og‘irlashtirmasdan.
Xushnud aka universitetga kirishning 5 ketma ketligini batafsil tushuntirib bersangiz Iltimos
Assalomu Alaykum ! Xammaga yaxshi kayfiat uzim xudoga shukr o`qishga kirganman boshqalargayam iloyim nasib qilsin kirish.o`sha siz aytkandek OTM tes natijalri ilib qo`yiladigan yili kirganman faraz qilaylik bir viloyatning qaysidir tumanining qaysidir chekaroqdagi bir qishlog`idan bitta qiz shaxarga kirgan kirmaganini bilish uchun 5ta OTM borish judayam kulgili va achinarli.
Birinchidan.U qiz 5ta OTM borish uchun ota onasidan 2 kunlar ruxsat so`rash kerak.
Ikkinchidan.Albatta ruxsat ogandan keyin mablag` kerak qishloq aholisi ish kam tan olishimiz kerak mablag tarafdan sal qiynalgani xisobga olsak bu xam qiyin!
Uchinchidan.Xop mablagni xam ruhsatni imkoni topdi.endigi vazifa masofani saqlab OTM borib kelish siz xoxlaysizmi yoqmi oraliq masofa amal qilinmaydigan shaxslarga to`gri kelasiz.
To`rtinchidan.OTM xop saytlarda e`lon qildi deylik mandatni ko`p tushunarsiz bo`ladi men to`gri tushinishim mumkin lekin 70% abiturent tushunmaydi (vaqtinchalik va savol javob judayam ko`payib ketadi) xammaga raxmat bir mazza qigandek bo`ldim.:-D
Sanjar_ bek
"Космик кемаларимиз коинотни кезиб юрган бир пайтда" нима кераги бор.. Шунча инсонни овора килиб.
Фикрларингизни ку́ллаб кувватлайман!
اكبَر مَدَطَو
Joningiz omon bulsin Xushnudbek aka
DTM XODIMLARI TEST NATIJALARINI TEZROQ CHIQARISHI KERAK EDI. BUNCHA PAYTDAN BERI SUKUT SAQLASHIGA 2XIL IZOH BOR:

1. XODIMLAR DANGASA VA OʻZ ISHIGA MASʼULIYAT BILAN YONDASHMAYDI

2. QANDAYDIR ICHKI OʻYIN BOR. KIM BILADI BALKI ULAR BALLI PAST KISHINI NATIJASINI OʻZGARTIRIB JINOYATGA QOʻL URMAGANINI???
HAMMA OʻZINI NATIJASINI BILADI, BOSHQALARNING NATIJASINI KOʻRISHGA HAQQI YOʻQ.

MASALAN: 160BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT OʻZINI NATIJASINI BILADI. 100BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT KORRUPSIYA YOʻLI BILAN NATIJASINI ENG YUQORI QILIB OLSA VA 160 BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT YIQILSA, OʻSHA ABITURIYENTNI BOSHQA KISHINING NATIJASI BOʻYICHA MUROJAAT QILISHGA HECH QANAQA HAQQI YOʻQ.


DTM NIMA BOʻLGANDA HAM KIRISH NATIJALARINI QISQA MUDDATDA CHIQARISHGA MOSLASHISHI KERAK. XOHLASA QOʻSHIMCHA XODIM OLSIN? AXIR IMTIHONGA KIRISH HAM AYRIM QATLAM ABITURIYENTLARI UCHUN PULLIK BOʻLDI-KU !

YUQORIDAGI GAPLAR SHUNCHAKI BU VAZIYATDAN QANDAY XULOSA CHIQARISH MUMKIN EKANLINI IZOHLAGAN.
BU SHUNCHAKI BIR KISHINING FIKRI, ASLIDA NIMA SODIR BOʻLAYOTGANI – DTM XODIMLARI VA YOLGʻIZ ALLOHGA AYON.
Dtm xodimlarining shafyorlar bilan shartnomasi bormi deyman😅, minglab abituriyentlar yana, hudud markaziga borib kelishiga ancha-muncha pul sarflaydi. Tinchgina internetdan bilib qoʻya qolsa nima boʻladi, hayronman
Ha, albatta, bu 💯 foiz to'g'ri
Telegram orqali pul ishlashni xohlovchilar uchun 100% ishonchli bot
Link: https://t.me/Halol_ish_bot?start=1222574068
Assalom aleykum Xushnudbek aka òtgan mavsumda yakuniy nazorati dan qarzdorligi bor bòlgan talaba ..... qarzdorlikni qayta topshirish jarayonida yana bitta fandan yiqiladigan bòlsa u holatda qanday yòl tutiladi? Karantin davrini hisobga olib qaralganda albatta
Azamat
Mandat chiqdimi ?
Shunda 5 ta OTMga borib keladimi bechora abiturientlar? (Xuddiki issiqda oftob tagida yoki yomğirda sellofan tagida imtixon topshirishgani yetmaganday 🤦) Nega ötgan yildagidek natijalarni ochiq-oydin qilib testlar tugagach mandat.dtm.uzda e'lon qilishmayapti? 😡
Show next 100 comments