❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
اكبَر مَدَطَو
Joningiz omon bulsin Xushnudbek aka
DTM XODIMLARI TEST NATIJALARINI TEZROQ CHIQARISHI KERAK EDI. BUNCHA PAYTDAN BERI SUKUT SAQLASHIGA 2XIL IZOH BOR:

1. XODIMLAR DANGASA VA OʻZ ISHIGA MASʼULIYAT BILAN YONDASHMAYDI

2. QANDAYDIR ICHKI OʻYIN BOR. KIM BILADI BALKI ULAR BALLI PAST KISHINI NATIJASINI OʻZGARTIRIB JINOYATGA QOʻL URMAGANINI???
HAMMA OʻZINI NATIJASINI BILADI, BOSHQALARNING NATIJASINI KOʻRISHGA HAQQI YOʻQ.

MASALAN: 160BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT OʻZINI NATIJASINI BILADI. 100BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT KORRUPSIYA YOʻLI BILAN NATIJASINI ENG YUQORI QILIB OLSA VA 160 BALL TOʻPLAGAN ABITURIYENT YIQILSA, OʻSHA ABITURIYENTNI BOSHQA KISHINING NATIJASI BOʻYICHA MUROJAAT QILISHGA HECH QANAQA HAQQI YOʻQ.


DTM NIMA BOʻLGANDA HAM KIRISH NATIJALARINI QISQA MUDDATDA CHIQARISHGA MOSLASHISHI KERAK. XOHLASA QOʻSHIMCHA XODIM OLSIN? AXIR IMTIHONGA KIRISH HAM AYRIM QATLAM ABITURIYENTLARI UCHUN PULLIK BOʻLDI-KU !

YUQORIDAGI GAPLAR SHUNCHAKI BU VAZIYATDAN QANDAY XULOSA CHIQARISH MUMKIN EKANLINI IZOHLAGAN.
BU SHUNCHAKI BIR KISHINING FIKRI, ASLIDA NIMA SODIR BOʻLAYOTGANI – DTM XODIMLARI VA YOLGʻIZ ALLOHGA AYON.
Dtm xodimlarining shafyorlar bilan shartnomasi bormi deyman😅, minglab abituriyentlar yana, hudud markaziga borib kelishiga ancha-muncha pul sarflaydi. Tinchgina internetdan bilib qoʻya qolsa nima boʻladi, hayronman
Ha, albatta, bu 💯 foiz to'g'ri
Telegram orqali pul ishlashni xohlovchilar uchun 100% ishonchli bot
Link: https://t.me/Halol_ish_bot?start=1222574068
Assalom aleykum Xushnudbek aka òtgan mavsumda yakuniy nazorati dan qarzdorligi bor bòlgan talaba ..... qarzdorlikni qayta topshirish jarayonida yana bitta fandan yiqiladigan bòlsa u holatda qanday yòl tutiladi? Karantin davrini hisobga olib qaralganda albatta
Azamat
Mandat chiqdimi ?
Shunda 5 ta OTMga borib keladimi bechora abiturientlar? (Xuddiki issiqda oftob tagida yoki yomğirda sellofan tagida imtixon topshirishgani yetmaganday 🤦) Nega ötgan yildagidek natijalarni ochiq-oydin qilib testlar tugagach mandat.dtm.uzda e'lon qilishmayapti? 😡
Дилором Холбоевна
Pulni yeb qoygan bular xushnudbek ham shularni ham tavoqi aniq bloger degani ochiq gapirib tashlash kerak bularni tili bir .Hammangga ming lanat olib kirgizgan bolalaringga ham ming lanat .Olfan pullaring ming yoqlaringdan teshib chiqsin .Bularga ichki ishlarni ham kuchi yetmadikuuuu
Jamolova Aziza
Juda dahshatli qaror kim chiqardi bunaqa qarorni tavba! Manimcha o‘zga sayyoradan bo‘lsa kerak yoki hali virus degan baloni tamini totib ko‘rmagan. Man virus bo‘ldim juda yomon holat hech kimga ravo ko‘rmiyman bunaqa holatni! Va albatta bu qarorga barcha norozilik bildirsalar kerak!
Nega faqat ayrim postlar tagida izoh uchun joy qoldirasiz? Byudjet tashkilotlari maoshidagi qismartmalar haqidagi post tagida hechnima yòq. Chunki muhokama qilishga haqqimiz yòq, shunaqami?

Avvalgidan ishimiz oģirlashdi kerak bòlsa. Lekin maoshimizning anchagina qismi chegirib olinyapti. Karantin kuchli vaqtda indamadik. Tòģri qarordek edi. Endichi? Doimgidek mehnat qilyapmiz. Dars òtyapmiz sogligimizni xatarga qo'yib. Qolgan tashkilotlarda ham an'anaviy ish boshlangan....Tushunolmadim . Balki davlat budjeti kamaygandir. Lekin bizni ehtiyojlarimiz ortsa ortdiki, kamaymadi. Davlatdan ortiqcha pul sòramayapmiz. Òz halol maoshimizni talab qilishga ham haqqimiz yòq...
Aka fikrizga 100 prasent qoshilaman
Iltimos hama abiturentlar web saytga ciqarilaa internet orqali koreli deb yozib qõyilar
😂😂😂😂😂gulla yawna xur Uzbekistan
Poraxurlik
Va korupsiya bn uzoqqa boramiz
Зулхумор
Нима учун Кирилл харфларида езилган изохларни учириб юбордингиз.
БАХТИ🌼
Нима булаяпти узи уз конунчиларимиз уз фукорасига Карши иш килсая онлайн булса Нима кийинчилиги бор шунча йил онлайн билаетган эдику хали яна нима уйинлари бор бу юкоридагиларни
Izoxga hojat yo'q. Shunchaki sharmandachilik. Covidga qarshi ko'rilgan shuncha ishlar.
Bu nimasi endi har kuni telefonga tikilamiz. Onlaynda hamma narsani eplayapmizku. Bu fikr kimdan chiqdi ekan. Shunday zamonda ham shunaqa bo'lishi mumkinmi?
Dtm ga abituriyentlardan qancha millionlab pul tushdi .. shu olgan puliga yarasha qulaylik qilsin. Mijozlarga qulaylik yaratish uchun ham salohiyat kerak ..
Show next 92 comments