❗️Нотўғри қарор!

Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди.

Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғри қарор. Чунки натижалар қайдномасида шахсий кабинет ёки SMSдагидан кўпроқ маълумот бўлади. Масалан, бошқа абитуриентларнинг натижалари, квотадаги эгаллаган ўрни, қўлланган имтиёзлар ва ҳ.к. Шу сабабли ҳам юз минглаб абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари жавобларни кўришга боради, бу вирус тарқалишининг янги ўчоғига айланиши шубҳасиз.

✅ ТАКЛИФ:

Тест натижалари қайдномасини ҳам интернетда эълон қилиш керак! 1 ярим миллион абитуриент интернетдан ҳужжат топширишни эплади, жавобларни кўришни эплолмайдими? Агар бунинг учун махсус платформа қилинмаган ёки бу ҳақда ҳали ўйланмаган бўлса, шунчаки қайдномаларнинг PDF вариантини эълон қилишсин, одамлар ўзи кўриб олади.

‼️ Лекин ҳар қанақасига ҳам жавоблар қайдномасини ОТМларга илмаслик керак! Йўқ, бунақа қилиб бўлмайди. Барака топгурлар, пандемия шароитида бунақа иш қилманглар.


👉 @xushnudbek 👈

1109 comments

Show 100 more comments
БАХТИ🌼
Нима булаяпти узи уз конунчиларимиз уз фукорасига Карши иш килсая онлайн булса Нима кийинчилиги бор шунча йил онлайн билаетган эдику хали яна нима уйинлари бор бу юкоридагиларни
Izoxga hojat yo'q. Shunchaki sharmandachilik. Covidga qarshi ko'rilgan shuncha ishlar.
Bu nimasi endi har kuni telefonga tikilamiz. Onlaynda hamma narsani eplayapmizku. Bu fikr kimdan chiqdi ekan. Shunday zamonda ham shunaqa bo'lishi mumkinmi?
Dtm ga abituriyentlardan qancha millionlab pul tushdi .. shu olgan puliga yarasha qulaylik qilsin. Mijozlarga qulaylik yaratish uchun ham salohiyat kerak ..
Men Toshkentga qanday borib ko'raman? Qoroqolpoqqa ham borolmayman hozir, o'zimizni viloyat yo'q tanlovimda?!
DUNYA
nmala bb ketottiyaaa tovbaaa
Kirgan boʻsam guruh rahbarim tel qilish qilmashidan bilvolaman yoqasam yaxshisi.
hali oʻqish jinnisi boʻpketvormaganman
Boʻlajak guruh rahbarimga alangali salomlar!😡😡😡
Sabr qililar abiturientlar azgina qoldi endi.Oldinlari 1 avgustda imtixon topwirilib kerak bosa 3 xafta kutganmiz.Natijalarni xam ertasi kuni bilib oliwni iloji yo'q edi xamasi mandat kuni aniq bolardi.Xozir xamma toplagan balidan kirgan kirmaganini taxmin qib bogandur.Internet orqali xujjat topwiriwni endi bundan keyin xar yili wunday qiliw kerak.
Haromtomoqlar
Dtm ga ming laʼnat iploslar
Haromilar men bormasam ham boʻlarkin unda yuridikga 400 puldor kirib boʻldi
Bu yil 5 ta yo'nalishga topshirdik ,natijalarni bilish uchun 5 ta oliy dargohha boramzmi, ham hatto imtihon topshirish uchun ozimiz yashaydigan viloyatni tanladigu ,bitta natija uchun katta xarajat qilish shartmikan karantinda
Yana qolaversa shunisi qiziqki,nega oson yo'l turganda hammani ovvora qilib ,karantin payti kassaliklar yanada kopayayotkan paytda bunday yo'l tutishyapti ,yo bizni -mandat kutayotkanlarni shunday yolgon yangi xabarlar bilan band qilib vaqt o'tkazishmoqchi ,yoki buni ham ortida biz bilmagam Yana nimadur bor ,xattoki 1- holatda ham nima uchun vaqtni cho'zishayotkani qiziq!
Nima bo'lganida ham DTM Yana osongina ishonarsiz bahonalar bilan suvdan quruq chiqiqb ketadi , har qanday vaziyatda ham test imtihonlarini o'tkazish DTM vazifasi ekan unda bo'lgan har qanday holatlarga DTM javob berishi zarur ,shuncha noaniqliklar hamda testdagi jinoyatlarga DTM javob berishi zarur ,bunga esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansub ,nega ular ham Jim turibdi ,ahir ular bizning huquqlarimizni himoya qilishlari kerak emasmi ,yo ularning ham bu ishda qo'li bormikan!
Tugri internetda Mandat chiqarilsin
💎Qalandarov Maxmudjon
👍👍👍👍👍🙏🙏🙏
OTM telegram kanallari yoki rasmiy veb sayti orqali elon qilsa ham bòladikuu
Show next 75 comments