Адлия вазири Русланбек Давлетов ТДЮУ профессор-ўқитувчилари билан учрашди. Унда билдирилган фикрлардан айримларини келтираман:

➖Одамлар чет элга бориб пул тўлаб университетга киряпти, ўқишга бормаяпти ҳам, бир йилдан кейин биздаги нуфузли университетга ўқишни кўчириб ўқияпти. Бу қанча ўқиб, бир балл, ярим балл етмай ўқишга кира олмаганларга нисбатан адолатсизлик-ку.

➖Айрим талабалар домлалар билан баҳо талашиб, унинг устидан ёзиб, шантаж қилиб баҳо олиб кетяпти. Унақа бўлмаслик керак. Ўқиш бунчалик осон бўлмаслиги керак, унга киргандан кейин меҳнат қилиб ўқиш лозим. Талаба ва домлалар муносабати уйғун ва мувозанатли бўлиши керак. Талаба аввало ўқиши, кейин талаб қилиши лозим.

➖Дарсликлар тили мураккаб, бир жумласи ярим бетлик. Талаба уни ўқиб тушунмайди, ёдлайди. Кейин таҳлил қилмай, тўтиқушдек қайтариб беради. Бу таълим эмас-да. Талаба асосий билимни дарсликдан олиши керак, маърузалар йўналтирувчи бўлади. Бизга янги ва яхши дарсликлар керак. Юридик дарсликлар бўйича инқироз бор.


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 5 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Togri gap hamma abituryentlar oqishga kirish uchun malumotlarni yodlaydi xolos tushunmaydi nimani oqiyotganini
Assalom aleykum .man TDYU oʻqiman kontrakda kontrak miqdorini maksimal oshishi qanchalik toʻgʻri ekan juda koʻpchilik norozi boʻlyapti siz qanday fikrdasiz hammani ham sharoiti koʻtarmaydi
Supperlaga oqish qachondan boshlanadi ilitimos etila
Аббос Ураков
Tuppa tug‘ri aytibdi
Qachon super kantrakt narxlari chiqadi
Abbos
Afsuski endi kech bu gaplardi quruq aytib otiribmiz
Nodira
Juda o'rinli savollar
1-fikrga 100 foiz qo'shilaman qolgan fikrlar haqida xabarim yo'q
Maftuna Murtazoyevna
Tòģri lekin bu hol qachon tòģrilanadi
To'g'ri aytganlar
Hamma fikrlarga qoʻwilaman. Perevodni yoʻq qilish kerak. Yoki Faqat yoʻnaliwidan yoʻnaliwiga qiliw kerak. Masalan. Bitta qoʻwnimiz iqtisodga tayyorlanib oʻtalme oʻwga oʻtdi. U yerdan admiga perevod qildi. Endi u qanaqa doktor boʻladi🙄🙄🙄
Togri kitoblar ancha qiyin
Juda toʻgʻri fikrlar, buni yanayam davom ettirsa boʻladi. OTMlarda oʻqishni tubdan isloh qiladigan vaqt keldi
Assalomu alaykum Xushnud aka perevodchilani qachon chaqirarkan xabariz yuqmi
Tushunarsiz darsliklar boʻyicha juda toʻgʻri gapiribdi. Masalan men oʻzim QDU Yurisprudensiya fakultetiga oʻqishga kirdim darslikarni oʻqiyapman ammo, oʻlay agar biror narsa tushungan boʻlsam. Bu aqilsizligimdandur deb oʻylab qayta qayta oʻqidim lekin bir tiynga qimmat keraksiz gaplar bari. Aniq bir konkret maʼlumot YOʻQ 🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Chunki kopchilik tavvakal tashlab oqib turib tayyor langan abiturentlarni hafsalasini pir qilyapti
Namangan davlat universiteti yurisprudensiyada ham adabiyot yetishmovchiligi bor. Òqituvchilar ham yetishmaydi(bilim darajasini aytyapman) zero Nobel olish un nobel olgan insondan òrganish kerak shundagina maqsadga intilish va erishish samara beradi menimcha. Òzbekistonni rivojiga ham bu ta'lim tizimi katta ta'sir qilyapti.
super kantirak qachon aniq boladi
Assalomu alaykum albatta fikr to'g'ri
Show next 100 comments